наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 27
Гостей: 27
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

13:07
“Missis Rossiya — 2019” tanlovi gʻolibi aniqlandi
Gelenjiklik Yekaterina Nishanova “Missis Rossiya — 2019” tanlovi gʻolibasiga aylandi, deb xabar beradi “Daryo.uz” nashri.

“Missis Rossiya Globe” nominatsiyasi esa kemerovolik Kseniya Krivkoga nasib etdi. “Mrs Russia Globe Classic” unvoniga Nijniy Novgorod shahridan boʻlgan Larisa Kitova loyiq topildi — u mamlakat nomidan Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan tanlovda qatnashadi.

Tanlov finali 10-avgust kuni Lyudmila Ryumina rahbarligi ostidagi Moskva madaniy folklor markazida boʻlib oʻtdi. Finalda “Turmushga chiqqan eng chiroyli rossiyalik ayol” nominatsiyasi uchun 27 nafar ishtirokchi oʻzaro kurashdi.

«Joriy yilda qiziqishlari turlicha boʻlgan turfa soha vakillari ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari bir nechta oliy maʼlumotga ega, turli xayriya va jamoat tashkilotlarida faoliyat koʻrsatsa-da, oʻzlarining tashqi koʻrinishini ajoyib holatda saqlab qolgan», — deydi tanlov vitse-prezidenti Yekaterina Kamilleri.

Aprel oyida “Miss Rossiya — 2019” unvonini 20 yoshli Alina Sanko qoʻlga kiritgan edi. U mamlakat nomidan “Dunyo goʻzali”, “Koinot goʻzali” xalqaro tanlovlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 22 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: yangiliklari, Dunyo, kunlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar