наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:46
Millionlardan mahrum etayotgan «mahluqlar»
2019 yilning boshidan 19 fevralgacha (bir yarim oydan ko‘proq) O‘zbekistondan Qozog‘iston Respublikasiga 700 tonnadan ziyod anor mahsuloti eksport qilingan. Natijada aynan anor eksportidan 1 million AQSh dollariga yaqin daromad olingan. Aslida, bu raqamdagi nollar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Biroq bunga — anordan «Pseudococcus comstocki» yoki o‘zimizning tilda aytganda «Komstok qurti» topilgani xalal berdi.

Keyingi voqealardan, ya’ni qo‘shni davlat O‘zbekistondan anor olib kirishga taqiq ko‘rinishidagi vaqtinchalik karantin fitosanitar cheklovlari joriy etgani hamda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng — 14 martdan taqiq olib tashlanganidan xabaringiz bor, albatta. Afsuski, bu yagona holat emas. Deylik, 2016 yilda o‘zbek qovunlari tarkibida qovun pashshasi aniqlangani tufayli Koreya Respublikasi ham ayni chorani qo‘llagan edi...

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, mamlakatni millionlardan mahrum etayotgan zararkunandalarga qarshi qanday kurashilayapti? O‘simliklarni «Komstok qurti» yoki «Qovun pashshasi»ga o‘xshash kushandalardan qanday himoya qilish mumkin?

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning 50 foizi zararli organizmlar ta’sirida nobud bo‘lmoqda. 1939 yilda Yaponiyadan keltirilgan tut ko‘chati orqali O‘zbekistonda ham tarqalgan komstok qurti ana shunday o‘ta xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Ushbu hasharot tut daraxtidan tashqari, shaftoli, anor shuningdek makkajo‘xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, qovun, tarvuz kabi 300ga yaqin o‘simliklar uchun ofatning o‘zginasi. Ular daraxt tanasi, shoxlari va barglarida koloniya bo‘lib joylashadi va daraxt shirasini so‘rib, o‘sishini zaiflashtiradi hamda quritadi.

Komstok qurtining biologik xususiyatlari, har qanday daraxtda uchrashi, panada hayot kechirishi tufayli unga qarshi kurashish juda qiyin. Ammo bu — zararkunandaning «xotirjam» hayot kechirishi uchun hamma sharoit yaratilgan, degani emas. Bu borada O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, biologik va kimyoviy usullarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xususan, ushbu zararkunandani aniqlash bo‘yicha 6544 gektardan ziyod maydonda monitoring o‘tkazildi.

Bundan tashqari, iqtisodiy zarari jihatidan komstok qurtidan qolishmaydigan boshqa hasharotlar, jumladan shu kunlarda dehqon va fermerlarning eng katta «dushmani»ga aylangan qovun pashshasiga qarshi kurash ham soha mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, qovun pashshasi poliz ekinlari vegetatsiyasi davrida qovunning 90-100 foizi, tarvuzning 20-25 foizi, qovoqning esa 5-10 foizini isrof qiladi.

«Myopardalis pardalina», ya’ni qovun pashshasi yurtimizga 2002 yilda Kavkaz va Kavkazoldi hududlaridan Turkmaniston orqali kirib kelgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida keng tarqalgan. Hasharot qish mavsumida bir necha santimetr tuproq ostida soxta g‘umbak holida yashaydi. May oyi oxiri va iyun oyining birinchi o‘n kunligida, ya’ni qovun palaklarining gullashi va meva tugishi davrida uchib chiqadi. U bilan zararlangan mevalarning et qismi nihoyatda achchiq bo‘ladi va hatto chorva mollari iste’moli uchun ham yaroqsiz hisoblanadi.

2012 va 2016 yillar mobaynida yurtimizda ushbu zararkunandaning o‘choqlari kengayishi oqibatida katta maydondagi qovunzorlarga zarar yetgan va Koreya Respublikasi tomonidan qovun eksportiga cheklov o‘rnatilishiga sabab bo‘lgan edi.

Yaxshi ma’lumki, mamlakatning iqtisodiy qudrati, eng avvalo, uning eksport salohiyati bilan belgilanadi. Shundan bo‘lsa kerak, milliy mahsulotlar uchun xorijdan yangi bozorlarga yo‘l ochish — davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. So‘nggi yillarda bu borada sezilarli muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Masalan, hozirgi kunda birgina qovun eksporti bo‘yicha Yaponiya, Hindiston, Marokash, BAA, Malayziya, Singapur kabi davlatlar bilan kelishuvga erishilgan bo‘lsa, joriy yilda yana Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Vetnam, Tailand, Indoneziya, Iordaniya singari mamlakatlar karantin xizmatlaridan eksport uchun ruxsat olinishi kutilmoqda.

Qancha ko‘p mahsulot chetga chiqsa, bu — taraqqiyotga, odamlarning yaxshi yashashiga, xorijda O‘zbekiston brendi shakllanishi, imijining oshishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz eksport salohiyatining yanada yuksalishi uchun karantin tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llash, zararkunandalarga qarshi kurashning tizimli va kompleks dasturlarini tatbiq etish talab etiladi.

Inspeksiya tashabbusi bilan o‘simliklarni turli zararli organizmlardan himoya qilishda muayyan hasharot yoki zararkunandaga qarshi kurashning dolzarb 15 kunligini e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, (joriy yilning 20 iyunidan 5 iyuligacha qovun pashshasiga qarshi kurashning dolzarb 15 kunligi e’lon qilingan), Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 200 dan ziyod «O‘simliklar klinikasi» tashkil etilishi bu boradagi vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biroq, faqat mutasaddi tashkilotlarning sa’y-harakatlari bilan ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun eng avvalo samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatish, odamlarda fitosanitar madaniyatni shakllantirib borish zarur. Shundan kelib chiqib, barcha yurtdoshlarimizni, fermer va dehqonlarni mas’uliyatni chuqur his etishga, mashaqqat bilan yetishtirgan mahsulotlarini zararkunanlardan asrashda inspeksiya mutaxassislari va «o‘simliklar klinikasi» bilan doimiy hamkorlik qilishga chorlab qolamiz.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 29 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar