наверх
Новие фото

Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 172
Гостей: 172
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

06:17
Matematik oʻz formulasi bilan 14 marta lotereyada yutdi
Rumin matematigi va iqtisodchisi Stefan Mandel oʻzi ishlab chiqqan tizim boʻyicha 14 marotaba lotereyada yutuq egasi boʻldi. Uning formulasidan xabar topgan ayrim mamlakatlar davlat lotereyalarini oʻzgartirish tartibiga majbur boʻlishdi, biroq Stefan bironta qonunni buzgani yoʻq, deb yozmoqda “Xabar” nashri.

“Omad formulasi”

Stefan Mandel kommunistik Ruminiyada tugʻilib, voyaga yetgan, turgan gapki, boy boʻlish haqida orzu qilmasa ham boʻlardi. Biroq u taqdirni aldadi — bir emas, oʻn toʻrt marotaba. Matematik qobiliyatini ishga solib shunday tizim yaratdiki, oltitadan beshta raqamni toʻgʻri topib berardi.

Formula pishganidan soʻng toʻrt yil oʻtib uni ishga solgan va ehtimoliy raqamlarga ega barcha lotereya chiptalarini xarid qilgan Mandel jek-pot sohibi boʻldi. Bu pullarga amaldorlarni sotib olgan Mandel amallab mamlakatdan chiqib ketdi va Isroilga borib oʻrnashdi.

Dogʻda qolgan kapitalistlar

Bu koʻhna zamin uning uchun oxirgi manzil emasdi. Mandel koʻp oʻtmay koʻch-koʻronini ortmoqlab barqaror iqtisodiyotiga ega, eng asosiysi, fuqaroligi hamdoʻstlikka kiruvchi barcha mamlakatlarning davlat lotereyalarida qatnashish huquqini beruvchi Avstraliyaga ravona boʻldi.

Britancha lotereya tizimiga ham formulasini tatbiq eta olgan matematik “katta ish”ni boshladi.

Stefan Mandel oʻz formulasi asosida yutuq chiqishi ehtimoli eng katta lotereya chiptalarini yoppasiga sotib olish uchun sarmoyadorlarni jalb qildi. Shu tarzda u 12 marotaba lotereya tashkilotchilarini dogʻda qoldirdi. Avstraliya hukumati har safar lotereyani oʻtkazish tartibini isloh qilar, biroq Mandel aylanma yoʻllarni topib, jek-potni oʻziniki qilib ketardi.

Matematik boʻlsang oʻzingga, ammo...

Besh qoʻlni baravar ogʻizga tiqish yaxshi emas: Mandelning ishtahasi ochilib ketib AQSHni koʻzlab qoldi.

Unga sarmoyadorlari ham ergashishdi. Ular Virjiniya shtati lotereyasida qatnashib, naq 27 million dollar yutib olishdi (Bunga ular olgan minglab yutuqlarni kiritmayapmiz, axir ular sotib olgan juda koʻplab chiptalarga ham yutuq chiqqan). Matematikning xatti-harakatlarida qonun buzilishi alomatlari aniqlanmaganidan soʻng, unga yutuqning oxirgi sentigacha toʻlab berishdi.

Boshqa odam boʻlganida toʻxtarmidi-yoʻqmi — dargumon. Ammo Mandel oʻziga, foormulasiga haddan ziyod ishonib yuborgan koʻrinadi.

Keyin u Isroil davlat lotereyasida qatnashishni istab qoldi, sarmoyadorlarni chaqirdi, ammo chuchvarani xom sanagan ekan: formula shu yerda pand berdi, jek-pot tugul qarzga olingan pullarni ham qaytara olmadi. Oqibatda firibgarlikda ayblanib 20 oy oʻtirib chiqdi.

Panjara ortidan chiqqanidan soʻng matematik olis orol-davlat Vanuatuga ketib, oʻsha yerda yashayapti.

Darvoqe, Stefan Mandelning formulasidan foydalanish endi mumkin emas. Matematik foydalangan usullar hozir noqonuniy hisoblanadi. Shunday ekan formulaning yangisini (agar oramizda matematiklar boʻlsa) oʻylab topishga yoki pul ishlashning boshqa yoʻllarini (albatta, qonuniy) qidirishga toʻgʻri keladi.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 237 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar