Главная » 2018 » Yanvar » 12 » Mark Sukerberg odamlar Facebook tarmog'ida kamroq o'tirishini xohlayapti. Nega?
21:08
Mark Sukerberg odamlar Facebook tarmog'ida kamroq o'tirishini xohlayapti. Nega?
Facebook ijtimoiy tarmog'i asoschisi Mark Sukerberg sayt siyosatida yuz berishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'zgarishlar odamlar o'rtasida muloqotni mustahkamlash va taniqli foydalanuvchilar kontentini kamaytirishga qaratilgan.

Sukerbergning aytishicha, u barcha o'zgarishlarni ijtimoiy aloqalar foydasi uchun amalga oshirmoqda. Endilikda Feysbuk foydalanuvchilariga o'z do'stlari, oila a'zolari va guruhlardan ko'proq xabarga ega bo'lish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, kompaniyalar, brendlar va OAVlar tomonidan qo'yiladigan postlar soni esa qisqartiriladi va ular tomonidan qo'yiladigan postlar soni ham odamlar orasida muhim aloqalarni yo'lga qo'yishga yordam berishi kerak.

«Bu singari o'zgarishlarni kiritar ekanman, odamlar Facebookka kamroq vaqt sarflashlaridan umid qilaman, shuningdek, saytga kirish uchun vajlar soni ham kamayadi. Ammo, mening umidlarim shundan iboratki, Facebookda o'tkazayotgan vaqtingiz yanada qimmatli va foydali bo'ladi. Agar biz to'g'ri qaror qabul qilgan bo'lsak, ishonchim komil, bu ham jamiyat uchun samarali kechib, istiqbolda biznesimizga faqat foyda keltiradi», — deb xotima qilgan Sukerberg.
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 63 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: tarmog'ida, o'tirishini, xohlayapti, Mark, Nega, Facebook, kamroq, Sukerberg, odamlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar