Главная » 2018 » Mart » 31 » KOFE SARATONGA DUChOR ETADI… MI?.. QAChON?..
08:03
KOFE SARATONGA DUChOR ETADI… MI?.. QAChON?..
Amerika hukumati kofe ishlab chiqaruvchilarga qadoqlangan mahsulot ustiga uning asosiy zararini ko'rsatish majburiyatini yukladi…

Amerikada ancha vaqtdan beri aholi o'rtasida kofe yetishtiruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga qarshi norozilik aksiyalari sodir bo'layotgandi. Aktivistlar kofe ishlab chiqaruvchilarni odamlardan bu ichimlik zararini sir tutayotganlikda ayblashgan. Ularning aytishicha, kofe doni qovurilganda, o'zidan akrilamid moddasini ajratadi. Ajralib chiqqan bu modda kofe ishqibozini turli ko'rinishdagi onkologik xastaliklarga duchor etarkan.

Kaliforniya sudi aktivistlar va aholi vakillarining shu masalada taqdim etgan shikoyat arizasini atroflicha o'rganib chiqib, kofe ishlab chiqaruvchilar zimmasiga alohida vazifa yukladi. Ya'ni, ular bundan buyon qadoqlangan kofe doni paketi ust qismiga ichimlik me'yordan ko'p iste'mol qilinganda, onkologik xastaliklarga chalintirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish belgilarini qo'yishlari shart. Agar sud hukmiga itoat etilmasa, qonunbuzarga nisbatan o'ta jiddiy choralar ko'riladi.
Manba: Hordiq.uz
Категория: Tibbiyot olami | Просмотров: 114 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: kofe, Tibbiyot, olami | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar