наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 65
Гостей: 65
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:00
Har qanday og'ir kasallikning ham davosi bor, ammo…
Ulamolar “Ilm ikkiga bo'linadi: din ilmi va tib ilmi” deyishgan. Din ilmi insonning ruhiyatidagi muvozanatni saqlash hamda uni tarbiyalashga xizmat qilsa, tib ilmi inson tanasi va unda kechadigan jarayonlarni o'rganadi. Shuning uchun qadimdan dinni mukammal bilgan insonlar tibbiyotdan ham xabardor bo'lishgan. Zero, mashoyixlar “Kim o'zini tanisa, Robbisini taniydi” deyishgan. Ya'ni kim o'z tanasi haqida tafakkur qilsa, Alloh taoloning qudratiga shak-shubha qilmaydi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bugungi rivojlangan zamonaviy tibbiyot odam tanasini hali to'lig'icha o'rgana olmagan. Shu sababdan shifokorlar ba'zi bir xastaliklar va fiziologik jarayonlarning holatini izohlab bera olishmayapti.

Ba'zan yon atrofimizda og'ir dardga chalingan bemorlarga mutaxassislar tomonidan: “Sizning kasalligingizga davo yo'q” kabi juda qo'pol va loqaydlik bilan aytilgan javoblarni ham eshitib qolamiz.

Xo'sh, aslida shifokorlarning kasallikka nisbatan bunday munosabatda bo'lishi to'g'rimi?

Bundan bir necha ming yil avval odamlar oddiygina shamollash tufayli ommaviy tarzda halok bo'lishgan. Tib ilmining otasi, Shayxur rais Abu Ali ibn Sino davrigacha suvchechak va qizamiq eng xavfli kasalliklar sirasiga kirgan. Bizning davrimizda bu kabi kasalliklarga oddiy ko'z bilan qaraymiz. Sababi o'z davri uchun xavfli bo'lgan bu kabi dardlarning bugunga kelib davosi topilgan. Demak, tibbiyot uchun noma'lum bo'lgan biror bir patalogik holatni ko'rganda, “Buning davosi yo'q” demasdan, balki, “Bu kasallikning davosi hali tibbiyotda aniqlanmagan, ammo izlanishlar ketyapti” deyish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Hadisi shariflarda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo o'limdan boshqa barcha dardlarning davosini tushirgani haqida xabar berganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qaysi bir dardni nozil qilgan bo'lsa, albatta, uning shifosini ham tushirgandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Imom Muslimning lafzida bunday deyilgan: «Har bir dardning davosi bordir. Qachon davo dardni topsa, Alloh azza va jallaning izni ila tuzaladir».

Insondan (shifokorlar, tadqiqotchilar, olimlar va boshqa soha vakillaridan) esa, Alloh ato etgan shifoni izlash va ilmiy tadqiq etishga intilish talab qilinadi.

Zero, Alloh taolo O'z Kalomi – Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi:

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

“Bemor bo'lganimda menga shifo beradigan ham Uning O'zi” (Shuaro surasi, 80-oyat).

Alloh taolo barcha bemorlarning dardlariga shifo berib, tib ilmi mutaxassislarining ilmini ziyoda qilsin, omin!

Manba:Zamin.uz
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 39 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar