наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:08
Hamon “mardikor bozor”lari gavjum. Nega​?
Poytaxtimizdagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda bir martalik, vaqtincha ish bilan band bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish haqida fikr almashildi.

Maqsuda VORISOVA,
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari:

— Insonning eng asosiy huquqlaridan biri mehnat qilish huquqidir. U mehnat qilish orqali nafaqat daromad topadi, balki o‘zini jamiyatga, atrofdagilarga kerakligini his etadi. Davlatning fuqaro oldidagi burchi mehnat qilishga sharoit yaratib berishdir. Bir necha yildirki, O‘zbekistonda demografik o‘sish holati ko‘zga tashlanmoqda. Mehnat bozoriga har yili oldingiga qaraganda ko‘proq ishchi kuchi kirib kelyapti. Shu bois ham mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammoga aylanyapti.

Natijada aholi ko‘p yig‘iladigan joylarda, xalq tili bilan aytganda, “mardikor bozorlari”ga ko‘zimiz tushyapti. Chetdan qaraganda bu juda xunuk holat. To‘g‘ri, bizning bolaligimizda ham shunday “bozor”lar bo‘lardi. Ularda asosan talabalar yoki erkaklarni uchratish mumkin edi. Hozirgi vaqtda ayollarning alohida ana shunday bozorlarini ko‘rish muammo yechilmay qolayotganini ko‘rsatadi.

Yana bir jihat. Mazkur jarayonda qonun buzilish holatlari bormi yoki yo‘q? Aytaylik, uyimizda ta’mirlash ishlari ketyapti. Ishchi kerak. Ular bilan og‘zaki shartnoma tuzib, ishga yollaymiz. Lekin ularning mehnat muhofazasi bo‘lmaydi. Demak, jamiyatda o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlayotgan kishilarning mehnat muhofazasini kafolatlashimiz kerak. Bu borada partiyamizning o‘z pozitsiyasi bor va takliflarimizni tayyorlayapmiz.

Shuhrat TURSUNBOYeV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Partiyamizning Saylovoldi dasturida mehnatga layoqatli aholini munosib haq to‘lanadigan ish bilan ta’minlash, ularga maqbul sharoit yaratish asosiy maqsad etib belgilangan. Shu bois partiyamiz Markaziy Kengashi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati ustidan parlament va deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘ygan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axboroti tinglanmoqda.

Joriy yilda bu borada bajarilgan amaliy ishlar tahliliy o‘rganildi. Xalq deputatlari Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalarida o‘ttizdan ortiq masala ko‘rib chiqildi. Ammo shu bilan muammolar yechim topdi, deya olmaymiz. Negaki, mamlakatimizning turli hududlarida norasmiy tarzda shakllangan “mardikor bozorlari” hamon yollanma ishchilar bilan gavjum. Bu yerda bir martalik, kunlik, qisman oylik ishlar o‘z egalarini topadi. Ko‘p hollarda ish beruvchilar tomonidan arzimas sabablarga ko‘ra xizmat haqini qisman yoki umuman bermaslik holatlari uchraydi.

Yollanma ishchilar deyarli hech qanday haq-huquqsiz faoliyat olib boradi. Masalan, og‘zaki kelishuvlar, mehnat daftarchasining yuritilmasligi kabi holatlar unga pensiya yoshiga yetganda pand berishi tayin. Ular o‘zlarini sug‘urta qildirmaydi. Vaholanki, uy buzish, daraxt kesish, chuqur kovlash, yuk tashish kabi ko‘plab og‘ir va xavfli ishlarni bajarishadi. Bu holatlarda jarohat olish ehtimoli juda yuqoriligi barchaga ma’lum. Davolanish borasidagi imtiyoz haqida esa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Shuning uchun sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha izlanishimiz kerak. Vaqtinchalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini himoyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Boymurod YuSUPOV,
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri:

— Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan, o‘z-o‘zidan shakllanayotgan joylarda jamoat tartibi va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar ham mavjud emas. Vaqtinchalik, bir martalik ish bilan ta’minlash byurolarini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori va Nizomi talablarining to‘liq ijrosi ta’minlanmayapti. Unga ko‘ra, vaqtinchalik, bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tarkibida tashkil etilishi belgilangan. Ammo vazirlik tomonidan yetarli darajada ishlar olib borilmagan. Natijada bugungi kunda mintaqamizda ishsiz fuqarolar katta yo‘l yoqalarida yoki chorrahalarda to‘planyapti.

Xalqaro amaliyotda bozor iqtisodiyoti sharoitida noqonuniy mehnat bozorlari faoliyatini tugatish bo‘yicha “autsorsing” tushunchasi kiritilgan. Bu tashqi mehnat resurslaridan vaqtinchalik foydalanishni anglatadi. Maxsus xizmatni shirkatlar amalga oshiradi. Ishchilar o‘z navbatida bu korxonada vaqtinchalik emas, balki doimiy ishga olinadi.

Shirkatlar shartnoma asosida boshqa subektlarga vaqtinchalik yoki doimiy xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekiston XDP ishchilarga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish uchun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan norasmiy bir martalik ish bilan ta’minlash jamoat joylarida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan ta’minlash shirkatlarini tashkil etish va unga yuridik maqom berish, “autsorsing” tizimini amaliyotga tatbiq etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Shu orqali ishchilar uchun mehnat sharoiti, qonuniy himoya, tibbiy ta’minot va kelajakda nafaqa olish imkoni yaratiladi. Bu bilan norasmiy “mardikor bozorlari” ko‘payishining oldi olinadi, deb o‘ylaymiz.

Bu tizim Isroilda keng qo‘llaniladi. Autsorsing shirkatlarini Isroilda “koax adam” deb atashadi. Bu shirkatlar odamlarni doimiy ishga yollaydi, malakasini oshiradi va kerak bo‘lsa yangi kasbga yo‘naltiradi. “Koax adam” shirkatlari bo‘yicha hattoki alohida qonun qabul qilingan. Fermer xo‘jaligiga besh kunga chopiq uchun 50 ta ishchi kuchi kerak. Shu vaqt oralig‘ida fermer doimiy ravishda 50 kishini ishga ololmaydi. Vaqtinchalik ishga shartnoma orqali qonuniy ishchi olish vaqt va ortiqcha ovoragarchilik talab qiladi.

Shuning uchun fermer noqonuniy ravishda vaqtincha odam yollashga majbur bo‘ladi. Autsorsing sharoitida bu 50 kishini maxsus shirkat fermerga yetkazib beradi. Besh kundan so‘ng ular boshqa ishga yo‘naltiriladi. Autsorsingning afzalligi ishchilar mustaqil ish izlamaydi va bo‘sh turmaydi. Mamlakatimizda ham shu tizim joriy etilsa, bu borada targ‘ibot, tushuntirish ishlarini kuchaytirish ayni muddao bo‘ladi. Ish qidirayotgan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha muhim qadam bo‘ladi, deb hisoblaymiz.

Temur MAHMUDOV,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i:

— Bugungi kunda bandlikka ko‘maklashish markazlari tarkibida 25 vaqtinchalik ish bilan ta’minlash byurolari rasman faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrining o‘zida bizning ro‘yxatimizdan tashqari o‘nlab “mardikor bozorlari” ishlab turibdi. Albatta, bu bizning kamchiligimiz.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida vaqtincha ish bilan ta’minlash byurolariga 11 ming nafarga yaqin fuqaro murojaat etgan. O‘tgan yilga solishtirganda bu raqamlar bir necha barobarga kamaygan. Demak, murojaatchilarning haqiqiy soni ko‘rsatilmagan. Bu byurolarning ko‘ngildagidek faoliyat olib bormayotganidan dalolat beradi.

O‘zim ham tumanda ishlaganman. Shu vaqtga qadar byuro xodimlari apparat tarkibida ishlab, hududlarga vaqtinchalik biriktirilardi. Joriy yildan boshlab byurolarga alohida shtat ajratiladigan bo‘ldi. Ularga odam to‘planishiga qarab 2-3 nafardan xodim beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoridagi vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida yangi qonun loyihasini ishlab chiqdik. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun bo‘ladi. Shuningdek, 20 ga yaqin idoraviy-me’yoriy hujjatlarni bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Yana bir yangilik. Mehnat bozorida ish qurollariga ega hunarmand yoki duradgor qolganlariga qaraganda ko‘proq haq oladi. Biz yaqin kunlarda byurolar tashkil etilgan hududlarda mehnat qurollarini ijaraga berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. E’tiborlisi, ijara haqi olinmaydi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 27 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar