наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 67
Гостей: 67
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:30
HAMMABOP TEST: «BOShQARUVChILIKKA QOBILIYaTINGIZ BORMI?»
Shunday odamlar borki, ular har bir ishni amalga oshirishdan oldin kimningdir ko'magini, ko'rsatmasini kutib turishadi. Ular o'zlaricha mustaqil harakatlanishga odatlanmagan. Boshqaruvni kim eplashi mumkin? Mana bu savolga quyidagi testni yechgach, javob topasiz, degan umiddamiz.

1. Turli voqea-hodisalar haqida o'z fikringizga egamisiz?

A) Doimo (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

2. Fikringizni o'zgartirish osonmi?

A) Hamisha (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

3. Sizni boshliqlar, direktor yoxud rahbaringiz bilan gaplashish hayajonga soladimi?

A) Doimo (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Ba'zida (5 ball)

4. O'zingizga yoqmaydigan odamlar bilan uchrashishdan qochasizmi?

A) Doimo (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

5. Yo'lingizga to'g'anoq bo'lishsa, jahlingiz chiqadimi?

A) Hamisha (15 ball)

cool Sira (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

6. Sizga ortiqcha baho berib yuborishdi. Qarshi so'z ayta olasizmi?

A) Hamisha (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

7. Sizga tengqurlarga nisbatan yoshroq kishilar davrasida bo'lish yoqimlimi?

A) Hamisha (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

8. Boshqalarga noqulaylik tug'dirgandan ko'ra shu noqulaylikni o'zingizga ravo ko'rasizmi?

A) Hamisha (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

9. Jamoangizda osoyishtalik hukmronmi?

A) Hamisha (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Gohida (5 ball)

10. Siz o'z fikringizni og'zaki aytishni yoqtirasizmi, yo yozma ravishdami?

A) Og'zaki (15 ball)

cool Yozma ravishda (0 ball)

V) Vaziyatga bog'liq (5 ball)

11. Biror qarorga kelishdan oldin kim bilandir maslahatlashasizmi?

A) Hamisha (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

12. Suhbat davomida suhbatdoshingizning ko'zlariga tikilishga qiynalmaysizmi?

A) Doimo (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

13. Jamoa bo'lib ishlagandan ko'ra yolg'iz faoliyat yuritishni yoqtirasizmi?

A) Ha (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zan (5 ball)

14. Ba'zilar sizning ojiz jihatlaringizdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishlari mumkinmi?

A) Doimo (0 ball)

cool Hech qachon (15 ball)

V) Gohida (5 ball)

15. Ko'rsatma berish siz uchun yoqimlimi?

A) Hamisha (15 ball)

cool Hech qachon (0 ball)

V) Ba'zida (5 ball)



Natijalar:



120 BALLDAN PAST. Siz kimlardir o'zingizni boshqarib turishiga qarshi emassiz. Chunki, siz rahbardan ko'ra, ajoyib xodim bo'lishga ko'proq moyilsiz.

125-180 BALL. Kimlardir sizga ish buyurishini yoqtirmaysiz. Ammo o'zingiz ham kimlargadir buyruq berishni istamaysiz. Xullas, ikki yo'l orasida qolib ketgansiz.

185-200 ball. Siz boshqalar ustidan hukmronlik qilishga moyil odamsiz. Adashmasak, hozir ham rahbarlik lavozimidasiz.

200 VA UNDAN ORTIQ BALL. Siz fikrimizcha rahbar bo'lib tug'ilgansiz. Har kim ham sizchalik bo'la olmaydi. Iltimos, o'zingizdan past pog'onadagilarga yordam qo'lingizni cho'zing.
Категория: Psixalogik testlar! | Просмотров: 51 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: test | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar