наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 60
Гостей: 60
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

05:14
Folbin qanday qilib “berk yo‘l”ni ochdi?
Hayot qiziq. Ko‘ngil deganlari ham. U nimalarni tusamaydi, deysiz? Mana, G‘ijduvon tumanida yashovchi Shuhrat Saidovni olib ko‘ring. Uning ko‘ngli ichki ishlar bo‘limi yong‘in xavfsizligi xizmatiga ishga kirishni tusab qoldi.

O‘sha paytlarda Kogon tuman ichki ishlar bo‘limi yong‘in xavfsizligi xizmati qism boshlig‘i vazifasida ishlab turgan A’zam Tog‘ayevga dardu hol qildi. Ishga kirish uchun nima qilish kerakligini so‘ragandi, A. Tog‘ayev unga yordam berishi mumkinligini aytdi. Buning uchun 1500 AQSh dollari bersa, bas. Ish xamirdan qil sug‘urgandek oson bitarmish.

Shuhrat rozi bo‘ldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Vobkent tuman Shakarkent mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A’zam Tog‘ayevning uyiga kelib pulni “hojatbaror”ga qo‘shqo‘llab tutqazdi.

Buni qarangki, oradan birr yilcha o‘tib, Shuhrat Vobkent tuman IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limiga erkin yollangan o‘t o‘chiruvchi vazifasiga ishga qabul qilindi. Tabiiyki, Shuhrat buni A. Tog‘ayevning “xizmat”i deb bildi. Holbuki, u hech bir kishining “ko‘magi”siz, mavjud mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq ishga qabul qilingandi. Ammo oradan uch oydan so‘ng Shuhrat o‘z xoxishi bilan ishdan bo‘shadi. Uni erkin yollangan o‘t o‘chiruvchiga to‘lanayotgan maosh miqdori qoniqtirmagan edi. Vaholanki, A’zam Tog‘ayev porani olarkan, uni shahodatlangan xodim lavozimiga ishga qo‘yaman, deb va’dani quyuq qilgandi. Shuhrat A’zam Tog‘ayevdan pulni qaytarishni so‘radi. “Hojatbaror” esa “Tushingni suvga ayt” qabilida ish tutdi.

Agar bir voqea ro‘y bermaganida ikki o‘rtadagi sir sirligicha qolib ketishi mumkin edi.

Gap shundaki, ishlari yurishmayotganidan xunob bo‘lgan Shuhrat folbinning huzuriga bordi. Folbin deganlari bu G‘ijduvon tumanida yashovchi Nurullo Qudratov edi. Sodda odamlarni “chuv” tushirish hadisini olgan bu chalamulla Shuhratga “Ishing yurishmayotgani sababi shundaki, yo‘ling berkilib qolibdi. Yo‘lingni ochaman” deb duoxonlik qilgan bo‘ldi. Shu asnoda Shuhrat ham boshidan kechgan savdoni unga oqizmay – tomizmay so‘zlab berdi. A’zam Tog‘ayevdan pulini ololmay yurganini aytishni ham unutmadi, albatta. Shunda folbin unga bu pulni olib beradigan va hatto uni ishga joylashtirib qo‘yadigan bir tanishi borligini bildirdi. Ertasi kuni uchovlon uchrashdilar. Folbin Bozor Ergashevni tanishtirarkan, “Bu odam oldin huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlagan, A’zam deganlaridan pulni olib berib, seni yaxshi bir ishga joylashtirib qo‘yadi” dedi. Shundan so‘ng Bozor Ergashev Shuhratdan bo‘lgan voqealarning hammasini yozdirib oldi. Uyali telefonda pulni qaytarmay yurgan A’zam Tog‘ayev bilan gaplashdi. Bozorning so‘zlari oldida andak – mundak aktyor ham ip esholmay qolardi. A’zam deganlari ertasigayoq aytilgan joyga hoziru nozir bo‘ldi. Bozor Shuhrat yozgan arizani unga ko‘rsatib, pulni qaytarmasa tegishli joyga murojaat qilishini bildirdi. ”Tegishli joy”nimaligini yaxshi bilgan “hojatbaror” ertasigayoq 1500 AQSh dollarini Bozorning ko‘zi o‘ngida Shuhratga qaytarib berdi.

Shu bilan hammasi joyiga tushib ketgandir, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. ”Uddaburon” Bozor Ergashev Shuhratga “Seni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyatining Navoiy viloyati bo‘limiga ishga joylashtiraman”, deb qoldi. Buning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerak ekan. Darhol shifoxonaga borishdi. Shuhrat yechinib, yurak tekshiruvidan o‘tayotgan chog‘da Bozor “xolis” xizmat qilib, boyagi pulni undan oldi. Keyin esa folbinning uyiga borishdi. Folbin ham anoyi emas. ”Mening ulushimni beringlar” deb qoldi. 100 dollarni bozorga borib so‘mga aylantirishdi. Shuhrat tishini sug‘urganday bo‘lib folbinga 500 ming so‘m uzatdi. 100 dollarni esa o‘zining cho‘ntagiga soldi. Qolgan 1300 AQSh dollari esa Bozor Ergashevda qoldi. ”Seni shu pul evaziga temir yo‘ldagi tanishlarim orqali ishga joylashtiraman” deya va’da berdi Bozor.

O‘shanda Shuhrat yomg‘irdan qochib, do‘lga duch kelganini xayoliga ham keltirmagandi.

Oradan bir, ikki oy o‘tdi. Ishdan esa darak yo‘q. Buyog‘ini so‘rasangiz o‘g‘rini qaroqchi urgandan ham battar ish bo‘lgandi. Sho‘rlik yigit folbin bilan Bozorning uyiga qatnayverib holdan toydi. Ularning A’zam degan firibgardan qolishadigan joylari yo‘q ekaniga, pulni qaytarib ololmasligiga ko‘zi yetgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.

— Yaqinda bu ish atroflicha ko‘rib chiqildi va har uchala jinoyatchiga qilmishlariga yarasha jazo tayinlandi, — deydi jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi vazifasini bajaruvchi Boborahim Achilov. — Har qanday jinoyatga jazo muqarrarligini ko‘rsatuvchi bu voqeani bayon etishdan maqsadimiz shuki, odamlarimiz hushyor bo‘lishsin. O‘z haq – huquqlarini bilishsin. Firibgarlarning tuzog‘iga tushib sarson – sargardon yurishmasin.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 32 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Qziqarli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar