наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 66
Гостей: 66
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

04:58
Filippinda yangi turdagi odam qoldiqlari topildi (foto, video)
Ko‘pchilik olimlarning fikricha, Luson orol sifatida 2,6 million yil avval shakllangan. Ungacha esa Osiyoga quruq yo‘l orqali bog‘langan hamda dastlabki aholi ham shu yerdan kelgan. Bu haqda National Geographic'ga tayanib "Daryo" nashri xabar berdi.

2007 yildan beri Lusonda o‘tkazilib kelinadigan tadqiqotga ko‘ra, orolning shimoli-sharqiy qismidagi Kallao g‘orida 66,7± 1 ming yil avval Homo sapiens turiga tegishli odamning yumshoq miyasi topilgan. Keyin Lusonning shimoliy qismidagi Kagayan vodiysida tosh qurollar va Rhinoceros philippinensis turiga mansub hind karkidonining skeleti topilgan. Hayvon bundan 777 va 631 ming yil avvalgi bo‘lgan davr orasida odamlar tomonidan o‘ldirilgan.


2011—2015 yillardagi tadqiqotlarda esa xalqaro mutaxssislar guruhi Kallao g‘oridan odam tishlari, 2 nafar yoshi katta odamning qo‘l va oyoq barmoq suyaklari, shuningdek, yosh bolaning bo‘ksa suyak qismlari topilgan. Tadqiqotlar natijasi 2019 yil 10 aprelda taqdim qilingan: ma’lum bo‘lishicha, auyak qoldiqlari noma’lum turga mansub odamga tegishli bo‘lgan. Orolning sharafiga ushbu turga Homo luzonensis deb nom berilgan.

H. luzonensis qanday ko‘rinishda bo‘lganini aniqlash qiyin. Chunki topilgan suyaklar uning to‘liq ko‘rinishini tiklash uchun yetmaydi. Lekin tish hajmidan taxmin qilinsa, bu odamning bo‘yi 1,2 metrdan oshmagan. Chunki sut emizuvchilarning tishlari odatda tananing o‘lchamiga proporsional bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, bu turni boshqa qadimiy tur bo‘lgan floress odam (Homo floresiensis) bilan solishtirish mumkin. Ular past bo‘yi sabab norasmiy tilda «xobbit» deb ham ataladi.

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 25 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar