наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 24
Гостей: 24
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:27
Erkak va ayollarning huquqlari tengligi yagona qonunda aks etadi
O‘zbekistonda “Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va parlament quyi palatasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 10 avgust kuni mas’ul qo‘mita — Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining ekspertlari va ishchi guruhi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida mazkur qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

— Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston tarixida birinchi marta qabul qilinayotgan ushbu qonun loyihasi jamiyat hayotining barcha sohalarida erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyat yaratishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Lyudmila Koshelapova.

— Shuningdek, loyihada gender tenglik, ayollarni kamsitish tushunchasi va turlari, vakolatli organlarning vazifalari, davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha normalar, gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z aksini topgan.

Loyiha bilan erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Koreya, Ispaniya, Latviya, Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon kabi mamlakatlarning gender tenglikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik tajribasi o‘rganilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining “Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtirok etishi uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida BMTning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha bo‘linmalari ishtirokida maxsus ishchi guruh tuzilib, yuzdan ortiq takliflar ko‘rib chiqilgan, ular ko‘magida qonun loyihasi xalqaro standartlarga javob beradigan darajaga yetkazilgan.

Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan edi. Muhokama jarayonida qonun loyihasi 2 ming 200 nafarga yaqin fuqaro tomonidan ko‘rib chiqildi va 82 ta taklif bildirildi. Qonun loyihasini ishlab chiqishda ushbu fikr-mulohaza va takliflar inobatga olindi.

Bildirilishicha, loyihaning qabul qilinishi erkaklar va ayollarning tengligiga oid huquqiy munosabatlarning takomillashishiga, shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasining mustahkamlanishiga, sohaga doir huquqni qo‘llash amaliyotining aniq va bir xilda bo‘lishini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 81 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo, kunlik, yangiliklari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar