наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 19
Гостей: 19
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:27
Elektr energiyasini o‘g‘irlashning yana bir "antiqa turi" aniqlandi
Yaqinda qashqadaryolik tadbirkorning elektr energiyasi hisoblagichining ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi bilan o‘g‘irlik sodir etib kelganligi aniqlangan edi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar boshqarmasining qo‘shma ish rejasiga asosan iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilganda elektr energiyasini o‘g‘irlashning yana bir antiqa usuli aniqlangan.

O‘rganishlar mobaynida Jizzax shahridagi MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan “Mercury 230 ART” elektr hisoblagichidagi ishlab chiqaruvchi zavodning golografik muhriga ziyon yetkazilganligi shubha uyg‘otdi. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida, ushbu turdagi elektr hisoblagichlar ishlab chiqaruvchining O‘zbekistondagi vakili - “Neotech Group” MChJga murojaat qilindi.

Elektr hisoblagichning standart talablariga mosligi tekshirilganda elektr energiyasini o‘g‘irlashning “antiqa” turi aniqlandi. “Neotech Group” MChJning bergan xulosasiga ko‘ra, MChJning elektr hisoblagichdagi zavod tomonidan o‘rnatilgan golografik muhr va kafolat yorlig‘i buzilganligi, eng muhimi - elektr hisoblagichning ichki xotira bloki almashtirib, boshqa hisoblagichning ichki xotira bloki o‘rnatilganligi oshkor bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha Jizzax shahri Majburiy ijro byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy bo‘limi mutaxassisi xulosasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan, ya’ni iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ko‘z bilan aniqlanmaydigan usulda o‘g‘irlangan turi uchun korxona 302 mln. so‘m jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, o‘tgan o‘n kunlik davrida elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan 33 ta qoida buzilish holatlari sodir etilganligi aniqlanib, ularga jami 707 139 285 so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Jumladan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Istirohat bog‘i”ga - 425 213 721 so‘m, Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi iste’molchi fermer xo‘jaligiga - 95 685 480 so‘m, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi iste’molchi fermer xo‘jaligiga - 37 866 400 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilindi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 57 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: turi, Yana, elektr, aniqlandi, antiqa, ogirlashning, Bir, energiyasini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar