наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:27
Dunyoning eng sara 100 inflyuyenseri O‘zbekistonga kelmoqda
Toshkent shahrida World Influencers Congress ("Jahon Inflyuyenserlari Kongressi") birinchi xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida dunyoning eng sara 100 nafar blogeri O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyuradi. Tadbir O‘zbekiston rahbariyatining yurtimizga kelayotgan sayyohlar sonini oshirish hamda xalqaro maydonda mamlakat imijini yaxshilash uchun innovatsion usullarni qo‘llashga doir topshirig‘i ijrosi sifatida tashkil etilmoqda. Kun.uz nashri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi Behruz Hamzayevdan olingan ma’lumotlar asosida shu haqida xabar berdi.



Ma’lumot uchun: «Inflyuyenser» yoki nufuzli shaxs (inglizcha - influencer) - bu muayyan auditoriya uchun fikri muhim ahamiyat kasb etuvchi kishilar. Inflyuyenserlarning Facebook, YouTube, Instagram, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda obunachilari ko‘p bo‘ladi. Ular bugungi kunda brendni ommalashtirishdagi eng mashhur, tejamli va samarali usullardan bo‘lgan raqamli marketing lokomotivi hisoblanadi.

Behruz Hamzayevning ta’kidlashicha, Birinchi Jahon Inflyuyenserlari Kongressi - bu dunyoning yetakchi blogerlari, raqamli fikrlar yetakchilari, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontentlar yaratuvchilar va trendsetterlarga mo‘ljallangan platformadir. Kongressga tashrif buyurishi kutilayotgan har bir inflyuyenserlarning obunachilari 1-15 million kishini tashkil qiladi.

"Kongress doirasida yangi «B2I» (Business2Influencer) formatidagi uchrashuvlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda, unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda inflyuyenserlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishga doir kelishuvga erishish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o‘z mahsulotlari, brend va korporativ imijini zamonaviy usullar orqali targ‘ib qilishdan manfaatdor barcha kompaniyalar uchun ajoyib imkoniyatdir. Bugunga kelib inflyuyenserlar ishtirokidagi kampaniyalar eng muvaffaqiyatli hisoblanadi, zero milleniallar fikrlar yetakchilari postlarini yovlarcha yoki reklama sifatida qabul qilishmaydi, aksincha, ularning fikriga quloq tutishadi", - deya ta’kidladi Hamzayev.

Konferensiya 2019 yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda dunyoning eng sara fikrlar yetakchilari, inflyuyenserlari, blogerlari, nufuzli shaxslari, media-personalar va internetdagi boshqa taniqli kishilar ishtirok etishadi.

Ma’lum qilinishicha, kongress doirasida 100 ga yaqin xalqaro darajadagi inflyuyenser ishtirok etishi kutilmoqda, bugunga kelib ularning 70 nafari tadbirda qatnashishini tasdiqlagan.

Tadbirning rasmiy qismi tugashi bilan O‘zbekistonning yirik shaharlari - Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga promo-tur tashkil qilinadi va u yerlarda O‘zbekistonning turistik salohiyatini ochib beruvchi ajoyib foto, video va yozma materiallar tayyorlanadi.

"World Influencers Congress» (WIC) tadbirimizda o‘z ishtirokini tasdiqlagan inflyuyenserlarning «Instagram», «Facebook» va b., shuningdek «Youtube» videoxostingidagi obunachilarining umumiy soni 109 millionga yaqinni tashkil qiladi. Shunday ekan, ushbu inflyuyenserlarning platformalarida nashr etilgan materiallarning ko‘zdan kechirilishi 7,7 milliard martani tashkil qiladi", - deya ma’lum qildi Behruz Hamzayev.

Mazkur kongressning o‘tkazilishi mamlakat brendi tanishilishini hamda xalqaro raqamli maydonda O‘zbekistonning turistik salohiyatini ochib beruvchi kontent sifatini sezilarli darajada oshiradi, bu esa, o‘z o‘rnida, mamlakat imiji bilan chambarchas bog‘liqdir.

“Kongressning ijobiy tomonlaridan yana biri turistik oqimning “yosharishi”dir, zero inflyuyenserlar auditoriyasining asosiy qismi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan kishilarni tashkil qiladi. UNWTO ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yosh toifasidagi kishilar tomonidan amalga oshiriladigan turistik sayohatlar soni 2020 yilgacha 320 milliondan oshishi kutilmoqda. Bu esa yosh toifalari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi va sayyohlar umumiy sonining 29 foiziga tenglashtiriladi”, - qo‘shimcha qiladi Qo‘mita raisi maslahatchisi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 21 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: kunlik, Yurtimizda, Yangiliklar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar