наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 40
Гостей: 40
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:21
Dollarni paypoqlari ichiga berkitib chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali chiqib ketayotgan fuqaro Ch.F. kiyimlari orasiga va paypoqlari ichiga 11 ming 750 AQSh dollari hamda 170 ming qozoq tengesini yashirgancha olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mazkur postda qo‘shni davlatga yo‘l olgan yana bir fuqaro S.Sh. ham kiyimlari orasiga yashirgancha 7 ming 625 AQSh dollarini olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

2000 AQSh dollari va undan ortiq bo‘lmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishda esa ularni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish talab etilmaydi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 78 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar