наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

19:36
Distillangan suvni ichsa bo‘ladimi?
Distillangan suv xavfli degan cho‘pchakka ko‘pchilik ishonadi. Lekin aksariyati uning oddiy vodoprovod suvidan farqini aytib berolmaydi. Xo‘sh, distillangan suvni ichish chindan ham zararlimi? U qanday oqibatlarga olib keladi? Bu haqda «T-online»ga asoslanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Distillangan suv tarkibida minerallar ham, mikroelementlar ham yo‘q. Bu qo‘shimchalarsiz toza H2O: u qaynatish yo‘li bilan kondensatsiya bug‘idan hosil qilinadi.

Uzoq vaqt ichilganda zarar
Ko‘pchilikning fikricha, distillangan suv detoksiyalovchi va tiklovchi ta’sirga ega. Bu noto‘g‘ri. Tana suv tarkibiga kiruvchi mineral va mikroelementlarga ehtiyoj sezadi.

Shu bois o‘z-o‘zidan navbatdagi savol kelib chiqadi: distillangan suvni ichish zararmi? Uzoq vaqtgacha shunday hisoblab kelingan. Hatto mineral tuzlardan tozalangan suv iste’moli o‘limga olib keladi, degan taxminlar ham ilgari surilgan.

Unga ko‘ra, tana hujayralari distillangan suv bilan aloqaga kirishishi oqibatida yorilib ketadi. Negaki mazkur vaziyatda ular mikroelementlar tanqisligini muvozanatga solishga hamda haddan tashqari ko‘p suyuqlik shimishga urinadi.

Biroq bu nazariya, xolos. Amaliyotda tana hujayralari bevosita oziq-ovqat bilan kamdan-kam hollardagina aloqaga kirishadi. Hazm qilish jarayonida distillangan suv boshqa suyuqliklar bilan aralashib, tanqislik o‘rnini qoplaydi. Faqat shundan so‘nggina hujayralar bilan aloqaga kirishadi.

Shunday ekan, qandaydir muammo kelib chiqishidan xavotirlanmaslik kerak. Mabodo bir qultum distillangan suvni ichib yuborsangiz, «Tez yordam» chaqirishga shoshilmang.

Sog‘liqqa zarar hayot uchun xavfli degani emas
Garchi qo‘shimchasi yo‘q suvni ichish hayot uchun xatarli bo‘lmasa-da, qanchadir darajada sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Tanamiz mineral moddalarsiz uzoq vaqt yasholmaydi. Shu bois uzoq muddat distillangan suv ichishdan saqlanish kerak. Aks holda tanadagi almashinuv jarayonlari izdan chiqishi va jiddiy xastaliklar yuzaga kelishi hech gap emas.

Distillangan suv qayerda ishlatiladi?
Distillangan suv barcha dorixona va supermarketlarda sotiladi. Eng avvalo, toza H2O maishiy hayotda ishlatiladi: uni havoni namlantiruvchi qurilmalarga, avtomobillarning oyna yuvgichlariga yoki, masalan, bug‘li dazmollarga quyishadi. Bundan tashqari, distillangan suv sanoatda katta ahamiyatga ega. Chunki u ko‘pgina mahsulotlarni ishlab chiqarishda faol ishlatiladi.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 24 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar