наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 38
Гостей: 38
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

19:43
Deputatlar mashinalarning kunduzi chiroq yoqib yurishini bekor qilish taklifi bilan chiqdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Abdurashid Abduqodirov va Jamshid Pirmatovning yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish bo‘yicha maqolasi Rasul Kusherbayevning telegram-kanalida e’lon qilindi. Quyida u to‘liq holda keltiriladi:

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan edi.

Unga ko‘ra, jumladan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Aynan ushbu kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik fuqarolar tomonidan norozilik bilan qarshi olinib, bunday o‘zgartish kiritishga asoslar yetarli emasligi, transport vositalarining bugungi kundagi texnik holati mos kelmayotganligi kabi e’tirozli fikrlar bildirilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi ko‘plab murojaatlar qilinmoqda.

Biz bu o‘rinda yangi hujjatning ishlab chiqilishi va qabul qilinishidan asosiy maqsad haydovchi va piyodalarning xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarga erishish nazarda tutilganligini e’tirof etamiz. Ammo...

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu masala bo‘yicha quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Birinchidan, bizning sharoitimizdagi bunday qarorni qabul qilishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan, O‘zbekistonda yil davomida sutkaning asosiy qismi yorug‘ vaqtga to‘g‘ri kelishi sababli piyodalar va yo‘lovchilarning harakatlanishida inson ko‘zining atrofni to‘liq ilg‘ab olishi uchun quyosh yorug‘ligining yetarli ekanligi.

Ikkinchidan, mamlakatimiz iqlim sharoitini inobatga olsak, yil davomida kunlarning asosiy qismi issiq, yog‘ingarchilik kam, tuman va havo kam bulutli mintaqa ekanligi inobat olinmagan. Masalan, Moldovada bunday tartib faqat qish mavsumida amalga kiritilgan va tartibni buzganlik uchun jarima choralari qo‘llanilmaydi.

Uchinchidan, kunduz kunlari, shu jumladan, yoz faslida haroratning o‘ta yuqori vaqtida ham chiroqlarning yoqib yurilishiga eski rusumdagi avtomobillarning mos holda ishlab chiqarilmaganligi.

Mazkur masalada Yevropa mamlakatlari tajribasiga tayanilsa, ularda bunday tartib 2011 yildan amalga kiritilgan bo‘lib, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni o‘rnatishi shartligi belgilangan. 2011 yilgacha ishlab chiqarilgan, avtomatik chiroqlari yonmaydigan avtomobil egalariga esa majburiy chiroqlarni yoqib yurish tartibi yo‘q.

Shundan kelib chiqib, mamlakatimizdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan avtomobil olib kiruvchilarga ham chiroqlarning avtomatik ravishda yonib turishini ta’minlovchi faralar bilan jihozlash majburiyatini yuklash zarur bo‘ladi.

To‘rtinchidan, so‘ngi yillardagi amaliyotga mos ravishda ijtimoiy ahamiyatga ega muhim normativ huquqiy hujjatlar keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilib, shunga mos ravishda ko‘rib chiqish bo‘yicha huquqiy asos va amaliyot bo‘lishiga qaramasdan hujjatda jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.

Beshinchidan, 2016 yil sentyabr oyiga qadar amalda bo‘lgan Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasiga “tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik” uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahriridagi dispozitsiyasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, qonun qabul qilingan edi.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandiga kiritilgan “Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart” degan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 23 sentyabrdagi 2016 yildagi O‘RQ-411-sonli Qonunining tegishli qismi konsepsiyasiga mos kelmaydi.

Oltinchidan, ushbu tartibga rioya etmaslik oqibatida to‘lanishi kerak bo‘lgan jarima miqdorlari o‘rtacha oylik ish haqlariga nisbatan Italiyada 85 marta, Latviyada 146 marta, Sloveniya 56 marta, Finlyandiya 82 marta kamni tashkil etadi. Bizda esa belgilangan jarima miqdori o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 16-17 marta kamni tashkil etmoqda.

Ushbu asoslardan kelib chiqqan holda, biz, bir guruh deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga “kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishni bekor qilish yoki jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomiliga yetkazish shu jumladan, bunday qoidabuzarlik uchun jarima belgilamaslik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritdik.

Umid qilamizki, tez kunlarda mazkur masala o‘zining ijobiy yechimini topadi».
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 14 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar