Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Buxoroda 25 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Jinoyatchilikдата: 21.01.2020
Buxoroda 25 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik 25 yoshli qizning o‘limi holati bo‘yicha bir guruh fuqarolarning murojaati tarqaldi. Buxoro viloyat prokuraturasi ushbu murojaatni o‘rganib chiqib, rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 17 dekabr kuni soat taxminan 21:00 larda Qorako‘l tumanida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan qiz F.N.ning murdasi yashash xonadonining tandirxonasi tomiga elektr kabeliga osilgan holatda topilgan.

Shu kuni Qorako‘l tuman prokuraturasi hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi a’zolari hodisa joyiga yetib kelishib, bu joy ko‘zdan kechirilgan va zarur tergovga qadar tekshiruv tashkillashtirilgan.

Marhumaning o‘limi bo‘yicha tayinlangan sud ekspertizasi xulosasiga ko‘ra o‘lim osilish oqibatida nafas yo‘llarining sirtmoq bilan bo‘g‘ilishidan yuzaga kelgan.

Ushbu holatda jinoyat alomatlari mavjudligini tekshirib, haqiqatni aniqlash maqsadida 17 dekabr kuni Qorako‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan ishga aloqador shaxslar so‘roq qilingan, sudga oid tibbiy, biologiya, kriminalistika, psixiatriya, psixologiya ekspertizalari tayinlangan va boshqa bir qator tergov harakatlari o‘tkazilgan.

Mazkur holat keng jamoatchilik e’tiboriga sabab bo‘lganligi, manfaatdor tomonlar tuman prokuraturasining tergovidan noroziligi hamda jinoyat ishi bo‘yicha malakali tergov o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi Buxoro viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limida tuzilgan malakali tergov-tezkor guruhiga topshirilgan

Xabarda ta’kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilishi viloyat prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi.

Теги: Yangiliklar, Jinoyat, kunlik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.