наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 37
Гостей: 35
Пользователей: 2
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

05:47
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti dunyoda yangi o'lat paydo bo'lish pallasida ekanini rasman ma'lum qildi…
Tashkilot mutaxassislarining aytishiga ko'ra, yangi xastalik xavflilikda Ebola va Lassa jazavasidan sira qolishmas ekan. Bu yangi xastalikni Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari «Iks» deb atashibdi.

— «IKS» xastaligi, — deydi olimlardan biri. — Biz hali tushimizda ham ko'rmagan xavfga ega ekaniga shubha yo'q. Ammo biz qo'l qovushtirib o'tirganimiz yo'q. «IKS» xastaligi taxminan qanday belgilarga va funksiyaga ega ekanini aniqlagan holda vaksinalar ishlab chiqarishni boshladik. Afsuski, bu xastalik asosan jonivorlar bilan muloqot natijasida yuqishi kutilmoqda. Biz uning dastlabki belgilari haqida ham hozircha hech narsa deya olmaymiz…

Xuddi shu xabardan keyin odam yana bir marta o'yga toladi. Tibbiyotchilar, dorishunoslar, dunyoning rivojlangan davlatlari razvedka tashkilotlari, xavfsizlik tashkilotlari birgalikda, hamkorlikda biznes qilish, mo'may daromad ko'rishning oson va tezkor usulini topib olishgan. Bu hamkorlik zanjirni eslatadi. Oxiri, boshi qaerdan boshlanishini aniqlashning sira imkoni yo'q. Bilganimiz, dunyo ahli shunchalar sodda va ishonuvchan, loqaydki, o'sha pul topish jazavasiga tushgan olimlar, shaxslarni bir zarb bilan joyiga o'tqazib qo'ya olishmaydi. Ularga ishonishadi. Axir, Ebolani ham, cho'chqa, parranda grippini va yana boshqa xavfli xastaliklarni ham «ishbilarmon» mutaxassislar o'ylab topishgan!..

Xastalik asosan Afrikaning eng qashshoq davlatlari aholisi orasida tarqatiladi. Uni chaqadigan pashsha yoki boshqa qumursqalar, yoki jonivorlar orqali yuqtirishadi. Ko'ribsizki, bemorlar ko'paya boradi. Hamma ham yashashni istaydi. Shu sababli xastalikka qarshi emlashlarini so'rab kasalxonalarga murojaat etadi. Ana shundan keyin «olim», «ishbilarmonlar»ning kuni tug'adi. Xastalikka qarshi vaksinalarni juda qimmat narxlarda pullay boshlashadi. Afrikada ish deyarli tugay boshlagach, virusni Yevropa tarafga olib o'tishadi. Achinarlisi, yuqori tashkilotlar xastalik tarqatib, yana o'zlari davolash payiga tushgan olimlarning, tibbiyotchilarning tanobini tortib qo'yishmaydi. Nega? Sababi oddiy. Aynan ularning ham o'sha vaksinalardan kelib tushadigan daromadda yetarlicha ulushi bor.

Eslatib o'tamiz, bunday katta xavfga ega viruslar aksar holatlarda Yevropa davlatlari va Amerika Qo'shma Shtatlarida yaratiladi. Barchalari zanjirga ulanadi-yu, xotirjamlik bilan virus tufayli halok bo'layotgan bandalarning jon taslim qilishini kuzatishadi, shu kasallikni davolash uchun o'zlari yaratgan dori vositalarini sotish, kelib tushayotgan pullarni sanash bilan band bo'lishadi.

Iloyim, bizni xuddi o'sha olchoqlar ta'qibidan, yovuzlikda tengsiz «tibbiyotchi»lar nazaridan asrasin!
Категория: Tibbiyot olami | Просмотров: 404 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Tibbiyot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar