наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 57
Гостей: 57
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:50
Bumerang va portal. Ba’zi tashkilotlarni yopish vaqti kelmadimikan?
Men bu rasm orqali uning nima ekani haqida ma’lumot berib kifoyalanmoqchi emasman. Shunchaki, uni bir holatga bog‘lashga urinmoqchiman.

Bu asbobning nomi – bumerang. Odatda yog‘ochdan yasaladi. Ba’zan metalldan yasalganlarini ham uchratish mumkin. Xususiyati - otganda havoda aylanib-aylanib egasiga qaytib keladi. Uning yoshi taxminan 50.000 da. Paleolit davridan beri foydalaniladi. O‘sha vaqtlari ov qilish uchun foydalanishgan bo‘lsa kerak. Alloh bilguvchi.

Yoshligimda bir chet el filmini ko‘rgandim. Nomi esimda yo‘q. Muzeyda sevishganlar bumerang orqali o‘g‘rilik qilishadi. Uni panada turib, o‘marishni rejalashtirishgan qimmatbaho buyumiga otadilar va signalizatsiyani ishlatishadi. Shu zahoti qo‘riqlov guruhi yetib keladi. Lekin buyumni joyida ekanligini ko‘rib hayron bo‘lishadi. Voqea bir necha bor takrorlangach zerikkan qo‘riqlov xizmati xodimlari signalizatsiyani buzilgan deb o‘ylab uni o‘chirib qo‘yishadi. Bundan o‘g‘rilar unumli foydalanishadi va buyumni o‘g‘irlashadi.

Xullas bumerang desa shular ko‘z o‘ngimga kelar edi, shu vaqtgacha.

Xabaringiz bor, prezident tashabbusi bilan virtual qabulxona – portal ishga tushirildi. Unga millionlab murojaatlar kelib tushdi va tushmoqda. Murojaatlar har xilidan bo‘ldi. Er so‘ragan ham, birovning mulkini prezidentdan olib berishini so‘ragan ham, xullas bo‘lar-bo‘lmas murojaatlar ham keldi. Portal avvaliga yaxshi ishladi. To‘liq o‘rgandi. Murojaatlarning nazoratini ham amalga oshirdi. Aksariyatini ijobiy hal etildi. Unga xodimlarga oylik, tashkiliy ishlar, texnika va boshqalar uchun davlat byudjetidan ham mablag‘ ajratilgan bo‘lishi kerak.

Hozirgi kunga kelib esa xatlarni tegishliligi bo‘yicha joylarga yuboradigan tashkilot bo‘lib qoldi. O‘tmishda yaxshi ishlab (atigi bir yil), mukofotiga hozir ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelayotgani sal g‘alati emasmi? To‘g‘risini aytsam, davlat tashkilotlarining o‘zi ham pochta xizmati orqali bu ishni eplay oladi. O‘zlaridan quyi tashkilotga xatlarni bemalol yo‘naltiradi. Biz davlatga soliqlarni buning uchun to‘lamaganmiz, axir.

Tasavvur qiling! Sizga nisbatan biror davlat organi xodimi noqonuniy xatti-harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirdi. Undan siz norozisiz. Uning yuqori turuvchi tashkilotiga ishonchingiz yo‘q. To‘g‘rida! Qaysi ona o‘z bolasini boshqaning gapiga ishonib jazolaydi. Yuqori va quyi turuvchi tashkilot ham xuddi shunday munosabatda bo‘ladi. Sir emas, odatiy hol. Siz buni bilasiz va portalga murojaat qilasiz. U vazirlikka jo‘natadi. Vazirlik boshqarmaga. Boshqarma hududiy bo‘limga. Uning rahbari siz norozi bo‘lgan xodimga yo‘naltiradi. Rahbar ham “nima balo xodimingni eplay olmaysanmi” degan gapdan qo‘rqib, uni o‘zlarining foydasiga hal qiladi. Portalga bir varaq xat yetadi. Murojaat o‘rganib chiqilib tegishlicha qonunan hal etiladi. Portal muddati yopiladi. Tamom. Hayot go‘zal. Xatingizda esa bumeranglik hislati. Ya’ni, qarabsizki u aylanib-aylanib qo‘lingizda.

So‘nggi vaqtlarda bu oddiy holga aylanib qoldi. Bu jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunning 25 moddasiga zid emasmi? Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Undan ko‘ra menda bir taklif bor. Soliq to‘lovchi oddiy fuqaro sifatida fikrim - portalni yopish lozim. Davlat byudjetini maqsadsiz sarflash kerak emas. Ayniqsa davlatimiz islohotlarga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda. Xodimlari nima qiladi deysizmi? Xodimlari ham bizga, 33 million aholiga o‘xshab kadrlar poygasiga qo‘shiladi. Bozor iqtisodiyoti-ku! Yaxshi kadr bo‘lsa ko‘chada qolmaydi.

Rivojlanayotgan davlatlarda davlat tashkilotlari ozayadi. Maxsuslashadi. Keraksiz yoki vazifasini boshqa tashkilotlar ham bajara oladigan tashkilotlardan voz kechiladi. Vaqtincha bo‘lsa ham. Byudjet maqsadli va konkret g‘oyalarga tikilishi zarur. Ana shunda o‘zimiz orzu qilgan buyuk kelajak kelishini ozgina tezlashtirgan bo‘lamiz. Bularning barchasi IMHO, albatta.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 31 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar