наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 19
Гостей: 19
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:05
Birjada sotilgan avtoraqamlar hajmi 245 mlrd so'mdan oshdi
«O'zRTXB» AJning «AVTORAQAM» elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab O'zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining bo'linmalari tomonidan 245,0 mlrd so'mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bitta bitimning o'rtacha qiymati 5,0 mln so'mni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgust 683-sonli qaroriga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqam.uzex.uz saytida avtoraqamlar sotuvi bo'yicha o'tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya'ni bevosita o'zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etishadi. Ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgisini oshirilgan to'lov stavkasi bo'yicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o'zlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun to'liq javob beradi.

«Shu munosabat bilan, barcha savdo ishtirokchilardan avtoraqamlarni onlayn auksion orqali xarid qilishda vositachilarning xizmatlaridan foydalanmaslikni, hamda o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan «UZCARD» plastik karta ma'lumotlari, login va parolni uchinchi shaxslarga oshkora etmaslikni so'raymiz. Avtoraqam sotib olish bo'yicha savdoda qatnashish bo'yicha batafsil video ko'rsatmalar bilan avtoraqam.uzex.uz saytida tanishib olishingiz mumkin», – deyiladi Respublika tovar xomashyo birja xabarida.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 26 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: so'mdan, mlrd, 245, oshdi, sotilgan, avtoraqamlar, hajmi, Birjada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar