наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 47
Гостей: 47
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:32
Besh tashabbus Milliy gvardiya yetakchiligida
Yurtboshimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha” 5 ta muhim tashabbuslarining barcha yo‘nalishlarida respublika bo‘ylab Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining hamkor tashkilot va vazirlik vakillari bilan birgalikdagi tizimli ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan hafta mobaynida yoshlar o‘rtasida madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida, kitob o‘qishga va axborot texnologiyalariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan bir qator madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Navoiy shahridagi Navoiy olimpiya zahiralari kollejining sport majmuasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan 10, 11-sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlarning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati, Jizzax shahrida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Bolalar ijodiyoti festivali”, Surxondaryo viloyat bo‘linmasida “Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burchdir!” bosh g‘oyasi asosida “Harbiy bo‘lish mening orzuim!” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni, Qashqadaryo viloyatida ta’lim muassasalari yoshlar ittifoqi yetakchilari va yo‘nalish sardorlari o‘rtasida “Yugurish marafoni”, Toshkent viloyatida “Eng yaxshi sportchi oila” tadbirlari va Harbiy-texnik instituti tashabbusi bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha Olmazor tuman birinchiligi musobaqasi hamda tumanda joylashgan o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan barcha tadbirlar yuqori saviyada tashkillashtirilib, 4000 dan ortiq yoshlarni qamrab oldi. Barcha musobaqalar va tadbirlar
yakunida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy boshqarma mutasaddi rahbarlari tomonidan g‘oliblar va faol yoshlar medal, diplom hamda esdalik uchun qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 12 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar