Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Barcha OTMlarda 16 noyabrdan boshlab an'anaviy ta'limga qaytiladi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 27.11.2020
Barcha OTMlarda 16 noyabrdan boshlab an'anaviy ta'limga qaytiladiO‘zbekistonda barcha oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 noyabr, dushanba kunidan e'tiboran an'anaviy shaklda davom ettiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining 12 noyabrdagi qaroriga asosan, an'anaviy ta'lim jarayonlari OTMlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta'limda an'anaviy shaklga qaytish haqida 17 oktyabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi yig‘ilishda qaror qilingandi.

O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangach, 16 martdan boshlab barcha ta'lim muassasalari karantinga yopilgan, o‘quvchi va talabalar ta'tilga jo‘natilgan edi. Bir necha haftalik ta'tildan so‘ng darslar masofaviy tarzda davom ettirildi. Yangi o‘quv yili maktablarda gibrid (ham masofaviy, ham an'anaviy) shaklda, OTMlarda esa masofaviy tarzda boshlangandi.

O‘tgan hafta ayrim xususiy OTMlarda, jumladan Toshkentdagi Yodju texnika institutida 1-bosqich talabalari an'anaviy shaklda ta'lim ola boshlagandi.

Теги: #Yutrimiz #yangiliklari

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.