наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:42
«Ayol» seriali qahramoni Bahor bilan intervyu (+foto)
«Ayol» seriali voqealar rivoji, qiziqarli va kutilmagan syujeti, eng muhimi, bir ayolning murakkab taqdiri hikoyasi bilan tomoshabinlarni jalb qildi. Unda bosh rolni o'ynagan, ya'ni Bahor Chashmelini gavdalantirgan O'zge O'zpirinji esa muxlislar uchun kuchli, irodali ayol timsoliga aylandi.



— Siz sevgi uchun nimalarga tayyorsiz?

— Men umuman sevgi so'zini sevaman. Sevgi qarama-qarshi jinsga nisbatan bo'lishi shart emas. Odam hamma narsani sevishi mumkin. Har kim sevgini o'zicha tushunadi. Kimdir sevgini bir qarashda tug'iladi, deb hisoblaydi, kimdir sevgan insonidan uzoqdaligida sevishini tushunadi. Men balandparvoz gapirishni yoqtirmayman. Hammasidan ham qismatdan va uning qasosidan qo'rqaman, shuning uchun bu savolga javob berishim qiyin.

Ammo meni, baribir, javob berishga majbur qilsangiz, rostini aytsam, erkinligimdan voz kecholmasam kerak.

— Kim ko'proq azob chekadi: ketganmi yoki qolgan?

— Bunday holatni boshdan kechirmay, bu savolga javob berish qiyin. Men odamlar nimani boshdan kechirganini tushunmay turib ayblolmayman. Har bir harakatning o'z sababi bor. Tushunish uchun to'g'ri qaray olishimiz kerak. Umid qilamanki, mening hayotimda ayriliq bo'lmaydi.



— Agar Burak Yamanturk bilan uzoq ajralishingizga to'g'ri kelganda…

— Yolg'on gapirmayman, azob chekardim. Juda sog'inaman. Agar ish tufayli shunday holat yuz bersa, hayotga bo'lgan mehrimni yo'qotmay, sabr bilan uning qaytishini kutaman. Bularning bari vaqtincha ekanligiga umidimni yo'qotmayman. Bizga loyihalardan takliflar tushganda, ikkimizning ham eng birinchi shartimiz: faqat shahardan uzoq bo'lmasin. Agar film suratga olinsa, ma'lum vaqt borligini va qachon qaytishingni bilasan, ammo bu katta ko'lamdagi loyiha bo'lsa, hammasi qachon tugashi noma'lum. Menimcha, Burak ham shu fikrda. Yomon xayolga bormang. Ha, biz bir uyda yashaymiz, ammo ikkimizning ham shaxsiy hududimiz va do'stlar bilan muloqotimiz bor. Biz uyda qolishni juda yaxshi ko'ramiz va tez-tez shunday qilib turamiz.

— O'zge qanday ayol? Siz qanday ayol bo'lishni orzu qilgansiz?

— Bolaligimda qanday bo'lishimni hech o'ylamaganman. Men doim o'yin bilan band edim. Xudoga shukr, yoshim 30da va hech nima o'zgarmadi. Men o'z ishimni sevaman! O'zim qanday odam bo'lishni istasam, shunday bo'lishga urinaman.

— Sizni qanday loyihada kutsak bo'ladi?

— Keyingi loyiha «Ayol» bo'ladi. Yapon seriali rimeyki. Birinchi marta Merve Gergin bilan ishlayapman, shuning uchun hayajondaman. Ijtimoiy tarmoqlardagi statistikaga qarasak, tomoshabinlarga ona rolida yoqyapman. Bu mavsumda mening ikki farzandim bo'ladi.

— Qaysi sahna va qaysi film sizga ta'sir qildi?

— «Leon» filmi va Leonning o'limi. Bu film suratga olinganidan beri ko'p yillar o'tdi…

— Burakdan tez-tez maslahat olib turasizmi?

— Uning fikrini eshitishni yoqtiraman. Ha, u o'z fikrini aytadi, lekin mening qarorlarimga aralashmaydi. Kimdir menga nima qilishni, qanday kiyinishni va o'zini qanday tutishni o'rgatib turishi yoqmaydi. Buni tarbiyasizlik va qo'pollik, deb o'ylamang. Buyruq ohangini qullik davri, deb hisoblayman.

— Aktyorlik tufayli yo'qotgan narsangiz bormi?

— Shaxsiy hayot hammaga qiziq. Meni har bir harakatim kuzatilishi va tanqid qilish uchun payt poylab turishlari tashvishlantiradi. Avvaliga doim o'z fikrimni yetkazishga urinardim, ammo endi har kim o'zi istagandek tushunishini va aksini isbotlash befoydaligini angladim. Shuning uchun bu haqda o'ylamaslikka urinaman. Ularga muhokama qilish uchun material bo'lsa, bas.

— O'zingizni erkin his qilasizmi?

— Qisqa va aniq aytadigan bo'lsam: «Sizning erkingiz tugagan joyda boshqasining erkinligi boshlanadi». Men o'zimni erkin his qilganim uchungina boshqa odamga ozor berolmayman. Ammo hech kimga erkimni toptashiga yo'l qo'ymayman. Kurashaman.

— Modaga munosabatingiz qanday?

— Qulay kiyim kiyishni yoqtiraman. Men uchun eng muhimi — qulaylik va shinamlik.
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 49 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: shov, biznes | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar