наверх
Новие фото

Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 54
Гостей: 54
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

16:51
Avgust va sentyabr oyida necha kun dam olamiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari belgilangan edi, deb yozmoqda Kun nashri.

Mazkur farmon asosida avgust hamda sentyabr oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu masala yuzasidan qisqacha sharh berib o‘tiladi.

Eng avvalo haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni haftasiga 5 kun yoki 6 kun ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari o‘rtasida tafovut bo‘ladi.

Qurbon hayiti kun dam olish qanday tashkil qilinadi?



O‘tgan safar Ramazon hayitida dam olish kunlarining taqsimlanishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Yil boshida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, ko‘pchilik Prezident farmonidagi faqat Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari arafasidagi ko‘chirilgan dam olish kunlariga e’tibor berishgan edi. Lekin avgust oyining so‘nggi 10 kunligida ko‘chirilgan dam olish kunlari nazardan chetda qolgandi. Farmonga ko‘ra, 25 avgust – shanba 23 avgust – payshanbaga hamda 26 avgust – yakshanba esa 24 avgust – jumaga ko‘chirilgan.

Mazkur ko‘chirishlar ayrimlar o‘ylagandek Mustaqillik bayramiga aloqador emas. Aksincha, bu muqaddas Qurbon Hayiti bayrami arafasida aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan bog‘liq.

Ushbu o‘zgarishlardan anglashiladigan birinchi jihat shundaki, 2018 yilda o‘zbekistonlik xodimlar ko‘chirilgan dam olish kunining hisobiga bir marta yakshanba kuni ham ishga chiqishlari kerak bo‘ladi. Aniqrog‘i 26 avgust – yakshanba kuni ommaviy ish kuni sifatida e’lon qilinib, ushbu dam olish kuni 24 avgust – juma kuniga ko‘chirildi.

Ikkinchi jihati, mazkur o‘zgartirishlar jarayonida Qurbon Hayitining birinchi kuni taxminan 22 avgust kuniga belgilanishi hisobga olingan. Albatta barchamizga ma’lumki, Hayit bayramlarini oldindan aniq kunini belgilash imkonsiz, bu oy chiqishiga qarab hal qilinadigan masaladir. Shu sababli ham Farmonda Hayit kunlariga hech qanday ishora berilmagan. Lekin o‘tgan yili yurtimizda 1 sentyabr kuni Qurbon Hayiti nishonlangani inobatga olinib, fuqarolarga ushbu muqaddas bayram arafasida qo‘shimcha dam olish kunlarini tashkil etish uchun oldindan zamin hozirlanganini aytish mumkin.

Agar oy taqvimi bo‘yicha Qurbon Hayiti bayrami 22 avgustga belgilansa, unda haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket 3 kun (22, 23, 24 avgust) dam olishlari mumkin bo‘ladi. Agar Qurbon hayiti bayrami oy chiqishi hisobiga boshqa kunga, masalan 21 yoki 23 avgustga belgilansa, bunday holda biroz tushunarsiz vaziyat paydo bo‘ladi. Lekin shunda ham, shaxsiy fikrimcha, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qurbon Hayitining birinchi kunini belgilash to‘g‘risidagi Prezident Farmonida ayni bir paytda dam olish kunlarini ko‘chirish masalasi ham nazarda tutilishi, ya’ni, 23-24 avgustga ko‘chirilgan dam olish kunlaridan biri mos ravishda 22 avgustga ko‘chirilish ehtimoli yuqori.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, 25 avgust (shanba) va 26 avgust (yakshanba) kuni barcha xodimlarga ish kuni hisoblanadi – 5 kunliklarga ham, 6 kunliklarga ham.

Mustaqillik bayrami arafasidagi dam olish kunlari



Endi Mustaqillik bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanishiga guvoh bo‘lamiz.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr – yakshanba;
3 sentyabr – ko‘chirilgan dam olish kuni;
4 sentyabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.

Izoh: 8 va 15 sentyabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr – yakshanba.

Izoh: 3 va 4 sentyabr (dushanba-seshanba) kunlari haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 181 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: sentiabr, nechakun, DAM, oylarida, VA, olish, Avgust, Uzbekistanda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar