наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 32
Гостей: 32
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:35
Avgust oyi so‘ngida jang qiladigan pofessional bokschilarimiz haqida
Yakuniga yetib borayotgan avgust oyining sanoqli kunlarida bir qator professional bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Mazkur baxslar orasida himoya, kamar uchun hamda reyting janglari o‘rin olgan. Ushbu janglarni anons tarzda va ba’zi bir fikrlarimiz ostida sizlarga taqdim etamiz.

25 avgust
Ravshanbek Shermatov - Bingcheng Zu (Xitoy)
Shohrux Ashurov - Jung Son Kang (Janubiy Koreya)
Olimjon Nazarov - Ivan Soriano (Filippin)
Vetnamning Xo Shi Min shahrida tashkil etiladigan ushbu boks oqshomida uch nafar hamyurtimiz ringa ko‘tariladi. Ular orasida tajribali Olimjon Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari uchun jang qiladi. Qolgan ikki hamyurtimiz Ravshanbek Shermatov hamda Shohrux Ashurov reyting jangida ishtirok etadi.

Mazkur uch jang orasida shubhasiz “Kichik Tayson” nomi bilan mashhur Olimjon Nazarovniki shiddatli o‘tishi tabiiy . Chunki, kamar uchun jang, qolaversa ulkan tajriba to‘qnashuvi. Sababi, har ikkisi bir necha yillardan buyon professional ringlarda javlon urishadi. Odatda, filippinlik bokschilar asosiy urg‘uni tezlikka qaratishadi. Soriano ham shunday tezkor bokschi sanaladi. O‘z vaqtida Menni Pakyao, Nonito Doniyer izdoshi sifatida ham e’tirof etilgan edi. Bizning “Kichik Tayson” esa undanda tez va aqlli jang olib boradi deb o‘ylaymiz. O‘z o‘rnida har uch yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.


23 avgust
Shohjahon Ergashev – Abdiyel Ramirez (Meksika)
AQShning Oklaxoma shtati Broken-Errou shahrida tashkil etiladigan, “Showtime” dasturidan o‘rin olgan jang kechasida ringa ko‘tariladi. Aytib o‘tish mumkinki, mazkur meksikalik bokschi profi ringda juda katta tajribaga ega sanaladi. Yurtdoshimiz faoliyatidagi eng jiddiy raqiblardan biri bo‘ladi desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Meksikalik charmqo‘lqop ustasi profi ringda 29 bora jang o‘tkazib, ularning 24 tasida zafar quchgan. To‘rt bora mag‘lubiyat va bitta durang bor. Odatda, meksikalik bokschilar chidamli bo‘lishadi va professional boksda o‘ziga xos Meksika uslubi ham mavjud. Qolaversa, hamyurtimiz faoliyati mobaynida ushbu yurt vakillariga to‘qnash kelmagan. Shu nuqtai nazardan, bu jang oson bo‘lmasligiga sha’ma qilgan edik. Lekin yurtdoshimizning qanday salohiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Shunday ekan, g‘alabalar bardavom bo‘lishiga umid qilamiz.


24 avgust
Azizbek Abdug‘ofurov –Andrey Sirotkin (Rossiya)
Rossiyaning Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan, markaziy jangida Sergey Kovalyov hamda Entoni Yard to‘qnash keluvchi, boks oqshomida yurtdoshimiz mezbon bokschiga qarshi ringa ko‘tariladi. Mazkur jangda Azizbek WBC Silver kamarini himoya qiladi. Hamyurtimiz g‘alabalarga chanqoq va katta ringni sog‘inganligi aniq. Chunki bu jang tashkil etilishi uchun ham uzoq kutishga to‘g‘ri keldi. Nasib qilsa, navbatdagi himoya jangida ham “AAA” o‘z so‘zini ayta oladi.


29 avgust
Xurshidbek Normatov – Valter Rayt (AQSh)
AQShda faoliyat olib borayotgan yana bir yurtdoshimiz Konnektikud shtatida bo‘lib o‘tuvchi jang kechasida ringa ko‘tariladi. Unga mezbon bokschi raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik ham reyting jangi maqomida bo‘ladi. Ma’lumki, Xurshidbek mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. O‘ylaymizki, bu jangda ham an’ana davom etadi.


24 avgust
Shahram G‘iyosov – Derley Peres (Kolumbiya)
Muxlislar diqqat e’tiboridagi yana bir jang bu shubhasiz Shahram ishtirokidagi bo‘lsa ajab emas. Kolumbiyalik bokschiga qarshi ringa ko‘tariluvchi hamyurtimizga ham oson bo‘ladi deb o‘ylash noo‘rin. Chunki, Derley yurtdoshimizdan profi ringda besh barobar ko‘p jang o‘tkazgan. Tajribali va o‘ziga xos bokschi sanaladi. U faoliyati davomida 40 ta jang o‘tkazib, ularning 34 tasida zafar quchgan. To‘rt bora mag‘lubiyat va ikki bor durang qayd eta olgan. Shunday bo‘lsada, bizning nazdimizda bu jangda yurtdoshimiz favorit...


31 avgust
Anvar Turapov –Roldan Aldea (Filippin)
Filippinda ringa ko‘tariladigan hamyurtimizga mezbon bokschi qarshilik ko‘rsatadi. Anvar professional boksda faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Olti marotabagina ringa ko‘tarilgan. Raqibi esa, 22 bor jang o‘tkazishga ulgurgan, profi ringni xavosiga moslashib olgan charmqo‘lqop ustasi sanaladi. Bu reyting jangi hisoblanib, eng qizig‘i Aldea bir xaftadan so‘ng, Yekaterinburgda yana bir yurtdoshimiz Ravshanbek Umurzaqovning kamariga da’vogar sifatida unga qarshi jang o‘tkazadi. Tasodifni qarangki, shu ikki bokschimiz yana bir filippinlik Roberto Gonsalesni ham nokaut bilan mag‘lub etishgan edi. Bu safar ham shunday bo‘lishini istar edik. Albatta, yurtdoshlarimizning iste’dodiga shubhamiz yo‘q. Shunday ekan yaxshi natijalardan umid qilaveramiz.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 26 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: haqida, qiladigan, bokschilarimiz, Avgust, jang, pofessional, oyi, songida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar