Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 20.01.2020
AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida “Zulmat ostonasidagi muhabbat” (“Twilight”) filmini koʻpchiligimiz koʻrganmiz hamda ushbu film qahramonlari bir qator yoshlarning koʻnglidan joy olgan. Qiziq, real hayotda ham vampir insonlar bormikan. Luiziana shtati universitetida doktorlik dissertatsiyasiga nomzod boʻlgan Brouning hayoti mobaynida haqiqiy vampir insonlarni qidirib topdi. Maʼlumotlarga qaraganda, Atlanta Vampir Ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlar AQSHda haqiqiy vampir deb hisoblanadigan kamida besh ming kishi borligini aniqladi.

Braunning aytishicha, faqat Yangi Orleanda 50 ga yaqin vampir insonlar yashaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, turli hududlarda yashovchi vampirlarning xarakterlari oʻrganilganda ular boshqa odamlardan biror belgisi bilan ajralib turmas ekan. Bu ularning yangicha hayot tarzi boʻlib, ular hozirda oʻzlarini qon bilan oziqlantirmaslikka koʻndirgan.

Yana vampir insonlarning ruhiy holatlari ham joyida ekanligi aniqlangan. Bunday insonlar jamiyatda oddiy odamlar kabi oʻzlarining oilasiga, doʻstlariga hamda ish joyi va kasbiga egadir. Tadqiqotchi Braun umrida ilk marotaba vampir ayolni Nyu-Orleanning Fransiya kvartalidagi doʻkonda koʻrib qolgan. Ayol juda ham oddiy va boshqalardan hech qanday farq qilmasdi.

Braunning fikricha, vampir insonlarning hech qanday ayblari yoʻq, shunchaki ularning organizmlari oʻzining ehtiyojlarining koʻp qismini qon orqali qabul qiladi. Bu shunchaki tabiatning yaratigʻidir. Vampirlar uchun hattoki Yangi Orlean Vampirlari Assotsiatsiyasi (NOVA) ham tashkil etilgan. Zamonaviy vampirlar imkon qadar oʻzlarini oddiy insonlardek tutishga hamda vampirlik xususiyatlarini unutishga harakat qilishadi.

Ularning vampirlik xususiyatlarining uygʻonishiga turli sabablar baʼzan turtki boʻlishi mumkin: juda yaqin doʻstlik yoki shahvoniy hirslar. Odatda vampirlarning ushbu xususiyatlari 18 yoshdan toʻliq sezila boshlar ekan. Vampirlar haqidagi turli xil film hamda asarlarning tarqalishi insonlar nazdida ular juda xavfli degan qarashni keltirib chiqargan.

Теги: Dunyo

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.