наверх
Новие фото

Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018


Rasimliy sherlar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 51
Гостей: 51
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

16:41
Alisher Usmonov «Arsenal»dagi ulushini sotdi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov «Arsenal»dagi 30,05 foizlik ulushini (18 ming 695ta aksiya) jamoaning asosiy aksioneri, amerikalik sport magnati Sten Kronkega sotgan. Bu haqda Financial Times'ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Usmonovning klubdagi ulushi uchun Kronke 550 million funt (713 million dollar) to‘lagan. Shu tariqa, aksionerlar o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat barham topgan, rossiyalik milliarder ko‘p yillardan buyon klubning asosiy aksioneriga aylanish uchun harakat qilib kelar va Kronkeni tinimsiz tanqid qilardi.

Bundan oldinroq, may oyida Usmonov Kronkega uning 67,09 foizlik ulushi uchun 1,3 mlrd dollar (klubning umumiy qiymati 2 mlrd dollar) taklif etgan va rad javobini olgandi.

O‘tgan yil oktyabrida Usmonovning o‘zi o‘z paketini Kronkega 525 mln funtga sotishga rozi bo‘lmagandi.

Financial Times nashri manbasi iyun oyida Usmonov «Arsenal»ning xo‘jayini bo‘lishdan umid uzgani va aksiyalari uchun xaridor izlayotgani haqida xabar tarqatdi.

Usmonov klub aksiyalarini 2007 yilda sotib olgandi. Xarid Usmonov va uning hamkori, eronlik milliarder Farhod Moshiri rahbarligidagi Red and White Holdings Ltd tomonidan amalga oshirilgandi. Keyinroq rossiyalik milliarder kompaniyani butunlay sotib oldi. Avvaliga u «Arsenal»ning 14,5 foiz aksiyasini 75 mln funtga (150 mln yevrodan ortiq) qo‘lga kiritgandi, keyinroq Usmonov klubdagi o‘z ulushini 30,05 foizga oshirdi va klubning ikkinchi yirik aksioneriga aylandi.

Shu bilan birgalikda, ushbu milliarder bir necha marta klubning asosiy egasiga aylanishga uringan, u amerikalik biznesmen Sten Kronkega bir necha marta aksiyalarini sotishni taklif qilgan va hamisha rad javobi olgan. Kronke AQShda basketbol jamoasi (Denver Nuggets), futbol klubi (Colorado Rapids), xokkey jamoasi (Colorado Avalanche) va shuningdek amerikacha futboldagi professional klubga (Los Angeles Rams) egalik qiladi.

OAV doimiy ravishda bu ikki milliarderning klub boshqaruvi uchun raqobati haqida yozardi. Forbes nashriga 2012 yilda bergan intervyusida Usmonov klub muxlisi ekani va aksiyalarini sotmasligini ma’lum qilgandi. U o‘tgan oyda esa klub aksiyalarini jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan istalgan funksionerga sotishga tayyorligini, faqat Kronkega sotmasligini aytgandi.

Usmonov «kanonirlar» tarkibi kuchaytirilishi uchun yetarli mablag‘ ajratilmasligini tanqid qilar va o‘z mablag‘lari hisobidan transferlar amalga oshirishga tayyorligini aytardi. U klubga 20 yildan ortiq vaqt davomida bosh murabbiy bo‘lgan Arsen Vengerni qo‘llab-quvvatlardi. O‘tgan mavsum oxirida Venger klubdan ketishi va uning o‘rniga Unai Emeri tayinlanishi ma’lum bo‘lgach, Usmonovning klubga qo‘l siltashi ayon bo‘lib qoldi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 74 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: yangiliklari, Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar