наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:12
Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi
Joriy yilning 21 avgust kunidan 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. 26 avgustdan esa ushbu apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, apellyatsiya jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Bunda har smenada 110 nafardan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Zarur va tegishli hamma darsliklar tayyorlab qo‘yilgan.

Apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqishda tadbirning barcha jarayonlari va bosqichlari muntazam videokuzatuvga olinishi ta’minlangan holda ikki smenada tashkil etilmoqda.

Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida abituriyentlarning binoga kirishi, test materiallari bilan tayyorgarlik ko‘rishi, fan ekspertlari bilan ishlashiga qadar barcha holatlarni ota-onalar uchun katta ekranlarda namoyish etib borish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bulardan tashqari, Davlat test markazining fuqarolarni qabul qilish xonasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish davom etmoqda va buning uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan, deyiladi DTM ma’lumotida.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 27 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: kunlik, Yangiliklar, Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar