наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 68
Гостей: 68
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

20:02
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 17 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Kuningiz juda yoqimli va quvonchli kechadi. Siz nafaqat yurakdan ishlab huzur qilasiz, balki yo'l-yo'lakay uchraydigan qiziqarli lahzalardan azbaroyi ilhomlanganingizdan bajarayotgan ishingizda yangiliklar paydo qilar darajaga yetasiz. Faqat bugun pul masalasida tavakkalchilikka yo'l qo'ymang. Pul, hisob-kitoblar bugun aniqlik, ehtiyotkorlikni talab qiladi. Oilalilar kechki payt jufti bilan arzimas bahona tufayli janjallashib qolishlari mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

17 fevralda neki ishga qo'l urmang, go'yoki inqilob yasaysiz. Muammolarni ijobiy hal etishning eng qulay imkoniyatlarini topasiz. Ammo dam olish va to'yib ovqatlanishdan o'zingizni tiya ko'rmang. Bu salomatligingiz uchun faqat ziyon yetkazadi. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri sizga qo'shimcha daromad olsa bo'ladigan ish taklif etishi mumkin. Albatta rozi bo'ling. Kechqurun oila davrasidagina vaqt o'tkazing

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugungi kunni ko'tarinki, aniqrog'i, bayramona kayfiyatda o'tkazishingiz tavsiya etiladi. Mayli, buning uchun jiddiy sabab bo'lmasin, baribir o'zingizni o'zingiz shunday kayfiyatga jalb eting. Muammolarni ijobiy hal etish uchun sizdan o'ta faollik talab etiladi. Shaxsiy hayotingizda bugun muammolar ko'zga tashlanmaydi. Kuningiz sokin va ahillikda kechadi. Salomatlikni nazoratga olishni unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

17 fevral kuni qandaydir yoqimsiz xabarni yetkazishlari ishga bo'lgan shiddatingizni ham, ishtahangizni ham bo'g'ishi mumkin. Bu professional kasbingiz bilan bog'liq xabar bo'lib chiqishi ehtimolga yaqinroq. Muhabbatda oilasizlar har bir muammoni mustaqil tarzda va tez fursatda bartaraf etishga ulgurishlari kerak bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ayrimlarning xonadoniga aziz mehmonlar tashrif buyurishi ham ehtimoldan xoli emas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ertalabdanoq bir-biridan qiziqarli, yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi. Aynan ular sizga qo'shimcha pozitiv hadya etadi. Ish bajarishda, quvnoqlikda sizga yetadigani bo'lmaydi. Dam olish kuni ekanidan foydalanib, yangi loyihalarni o'ylab topishga harakat qilsangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Ish kuni boshlanishi bilan loyihani rahbarlar muhokamasiga qo'yardingiz. Moliyaviy masalada muammo bo'lmaydi. Ammo xaridlardan voz keching, ular sizni inqirozga yuz tuttiradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

17 fevralda ko'p vaqtingizni toza havoda kechirishga harakat qiling. Nima ish bilan band bo'lmang, toza havo sayri uzoqroq davom etishini ta'minlang. Yoqimli xaridlar, qo'shni shaharga safar va do'stlar bilan uchrashuvlar maroqli o'tadi. Kun davomida o'zingizga yoqib tushmagan ishlarga qo'l urmang. Bu behudaga vaqtingizni oladi xolos. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar salomatligini jiddiy nazoratda ushlashlari tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Maydakashlardan, ma'nan qashshoqlardan qoching. Qozonga yaqin yursangiz qorasi yuqqanidek, ularning ham balosi sizga yopishib yurmasin. Moddiy ahvolingiz me'yorda bo'lishi uchun tejamkorlikka alohida e'tibor qaratishingiz kerak. Shaxsiy biznesiga egalar, tadbirkorlar, yangi texnologiya yaratuvchilari uchun bugun konservatizm zarur bo'ladi. Muhim hujjatlarga nihoyatda hushyorlik bilan munosabatda bo'ling. Shunda o'tmishdagi xatoliklarga qaytishdan saqlanasiz. O'zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

17 fevral kuni turli davralarga tushishingiz ehtimoli bor. Lekin bu sizga muammo o'rniga ezgu maqsadlarga erishish yo'lida qulay imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi. Muhabbatda oila qurmaganlarning kuni tug'adi. Siz ajoyib bir inson bilan tanishasiz. Uni bir qarashda sevib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz kechki payt safarga otlanishlari mumkin. Biroq bu safardan mo'may daromad kutmasangiz ham bo'ladi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Afsuski, bugun ertalabdan nima ishga qo'l urmang, jiddiy to'siqlar yo'lingizga ko'ndalang bo'la boshlaydi. Bu holatlardan faqat jilmayish, ruhiy tetiklikning etagidan tutish orqali chiqib keta olasiz. O'zingizni o'zingiz xursand qilish yo'llarini qidiring. Hozirgi vaziyatingizda o'zingizni faqat o'zingizgina xursand eta olasiz. Kunning ikkinchi yarmida sizni nufuzli bir davraga taklif etishlari mumkin. Davra sizga qo'shimcha xush kayfiyat bag'ishlaydi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

17 fevralda yurakka haddan tashqari bosim o'tkazishdan saqlaning. Sport bilan shug'ullanishdan buguncha voz kecha turishingiz talab etiladi. Imkon topsangiz, yaqinlaringiz bilan tabiat qo'yniga dam olish uchun jo'nab keting. Immunitetingiz tushgan, vitaminlar kompleksini qabul qilishingizga to'g'ri keladi. Ayrimlar kechqurun safarga otlanadi. Oila qurmagan bo'lsangiz, safar davomida bir inson bilan tanishib qolishingiz kutiladi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz mushkulotlarga boy bo'lishi bilan birga xavfli kechishi ham mumkin. Ish bajarishda kuchni iqtisod qilish payida bo'ling. Aks holda salomatligingizga putur yetkazib qo'yishingiz mumkin. Ba'zilar esa jarohat olishdan, yuqumli xastaliklarni yuqtirishdan hushyor bo'lishlari kerak. Kechqurun sizni qiziqarli uchrashuvlar va kutilmagan sovg'alar kutib qoladi. Yaxshi dam oling

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

17 fevral kuni bilib-bilmay xatoliklarga yo'l qo'yishdan saqlaning. Bu yuradigan yo'lingiz, ishingiz va suhbatlar chog'ida yuzaga kelishi mumkin. Muhabbatda illyuziyadan qoching. Shaxsiy hayotingiz hadeganda izga tushib ketmayotgan bo'lsa, maqsadga erishishning qulay va yengil yo'llarini qidiring. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizni haddan ziyod idealga aylantirib qo'ymang.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 64 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munaajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar