наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 59
Гостей: 59
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:52
100 000 soʻmlik pul qachondan muomalaga chiqarilishi maʼlum qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida maʼlum qildi.

Qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk oʻzbek olimi Mirzo Ulugʻbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bagʻishlangan.
Banknotning oʻlchami 144 x 78 mm. boʻlib, maxsus himoyalangan qogʻozda chop etilgan.

Banknotning oʻng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulugʻbek surati koʻrinishidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami koʻrinishida filigran suv belgisi joylashgan. Banknotning oʻng tarafidagi qogʻoz qatlamida kengligi 5 mm. 3D effektga ega boʻlgan, yuqori himoyali, shoʻngʻuvchi, banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan. Yorugʻlik manbaida ip toʻliq koʻrinishga ega boʻlib, banknotning istalgan qiyalik koʻrinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo boʻladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan och jigarrang va havo ranglaridan iborat.

Banknot old tomonining chap qismida Mirzo Ulugʻbek haykali tasvirlangan. Banknotning yuqori qismining chap tarafida rangi oʻzgaruvchan 100000 raqami joylashtirilgan boʻlib, maʼlum qiyalik burchagida qaralganda uning rangi qirmizi rangdan jigarrangga oʻzgaradi.
Просмотров: 64 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar