наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:39
Bu orada men ham Olganing tepasiga bordim. Ochig'i, tunda ko'rganlarim holva ekan, uning basharasi shunaqangi dahshatli tus olgan ediki, ko'rgan odamning yuragi orqaga tortib ketadi. Olganing afti xuddi men kechasi osig'liq holda ko'rgan murdanikiga o'xshardi. Kapalagim uchib ketdi.
— Tashqariga chiqaylik, — dedim Batinkovning qo'lidan ushlab.
U jimgina menga ergashdi. Tashqariga chiqib, toza havodan o'pkamni to'ldirib simirdim-da, kecha Olga bilan o'tirgan daraxtning tagiga bordim.
— Sening ham xayoling joyidamasga o'xshaydi, — dedi Batinkov.
— Bo'lishi mumkin, agar tundagi voqeani ko'rganingizda balki siz ham mening ahvolimga tushgan bo'lardingiz, — dedim-da, so'ng voqealarning hammasini birma-bir bayon qilib berdim.
Batinkovning goh qoshlari chimirildi, goh peshonasi tirishdi. Bitta-ikkita gap ham qo'shib turdi. So'zimni tugatganimdan keyin esa meni mahkam bag'riga bosdi.
— Bizning boshimizga shunday balolarni solganlarning padariga la'nat… — deya so'kindi.
Shundan keyin ustozim uyga kirib ketdi. Men esa ko'lga termilgancha xayol surib o'tiraverdim. Oradan qancha vaqt o'tdi, bilmayman, Petkaning mashinani yurg'izganidan o'zimga keldim. O'girilib mashina tomonga qaragan edim, Batinkov Olgani opichib olgancha uydan chiqayotganiga ko'zim tushdi.
— Ketamiz, Sobir, — dedi u.
Mashinada o'n daqiqalar chamasi unsiz ketdik, katta yo'lga chiqib olganimizdan so'ng Petka gap boshladi:
— Otam bu dala hovlini menga meros qilib qoldirgan, — dedi u menga oyna orqali qarab qo'yib. — O'lishidan bir kun oldin yoniga chaqirdi. Borsam, bir ahvolda. Ukol-pukol qilib qo'yay, deb o'zim bilan olvolgan dorilarni tayyorlayotganimda qo'li bilan “Kerakmas!” ishorasini qildi. Keyin past ovozda: “O'g'lim, anavi dala hovliga ehtiyot bo'l, har yigirma uch yilda bir marta u yerga jin-ajinalar, yovuz ruhlar bayram qilgani keladi. Agar ularning kelganini ozgina bo'lsa-da, sezib qolsang, darrov qoch. Yo'qsa, zarari tegadi”, — dedi.
O'shanda men otamni og'ir kasal bo'lganligi uchun alahsirayapti, deb o'ylagan edim. Uning o'lib ketganiga o'n besh yildan oshdi. Lekin men biror marta bo'lsin, otam aytgan dev yoki ajinaga duch kelmadim. Keyinchalik uning aytganlari butunlay esimdan ham chiqib ketibdi. Manavi voqealarni ko'rganimdan keyingina otamning aljiramaganligiga ishondim…
U shu gaplarni gapirganidan keyin Olga ingrab yubordi. Hammamiz baravariga unga qaradik. Olganing peshonasidagi g'urra yorilib ketibdi. Undan sarg'imtil suv chiqib, yuziga oqib tushayotgan edi. Petka darrov mashinani to'xtatdi. Keyin shosha-pisha ukol qildi. Olganing yuzida tobora ko'payib ketayotgan yara-chaqalarni artdi, so'ngra yana rulga o'tirdi-da, birdan tezlikni oshirib:
— Ertaroq kasalxonaga olib bormasak bo'lmaydiganga o'xshaydi, — dedi.
Ammo o'sha kuni Olganing dardiga malham topadigan odam topilmadi. Kasalxonada jarrohlar bir necha bor muolaja qilishdi. Lekin foydasi bo'lmadi. Quyosh ufq og'ushiga ketayotgan mahali uning joni uzildi. Olganing kechagi sho'x-shodon so'zlari, kulgilari talay muddat qulog'im ostida yangrab turdi. Bir kunda odam shunday ahvolga tushib, o'lib qolishiga hecham ishongim kelmadi, ammo xudoning irodasi ekan-da.
Olga jon taslim qilganidan so'ng do'xtirlar mening ham qonimni tekshirib ko'rishdi. Baxtimga menda shubhali biron nima topilmadi.
Kasalxonadan chiqqanimizda hammayoqni qorong'ilik egallab bo'lgan edi. Men “Endi qayoqqa boramiz?” degan savol nazari bilan ustozimga qaragandim, u yelkamga qo'lini qo'ydi.
— Xudo xohlasa oxirgi ko'rgiliging shu, bundan bu yog'iga yaxshi yashaysan, — dedi.
U meni yupatayapti, deb o'yladim. Ammo keyingi voqealar men o'ylaganimdan boshqacha bo'ldi.
Petka kasalxonada qolganidan keyin (u Olganing qanday kasallik bilan o'lganligini aniqlamoqchi edi), biz taksi to'xtatdik. Qaerga, nima uchun ketayotganligimizni Batinkov menga aytmadi. Faqat mashina ko'p qavatli uylarning yonida to'xtaganidan so'ng, tushishga shoshilmasdan menga yuzlandi:
— Biz hozir Aleksandr Petrovichning sen uchun olgan uyiga keldik.
Bu gapni mutlaqo kutmaganligim bois unga hayrat bilan tikilib qoldim.
— Xullas, — deya gapini davom etkazdi Batinkov, — seni Petkaning dala hovlisida qoldirganimdan keyin Aleksandr Petrovichning kultepaga aylangan uyining yonida poyloqchilik qildim. Ko'nglimda Petrovichni o'ldirib ketishganiga negadir shubham bor edi. Agar uning uyi atrofida aylanib yursam, odamlaridan biri albatta keladi, deb o'yladim. Chunki hali qizini ko'rmagan, uning sen bilan birga shu yerga kelishini Petrovich yaxshi bilgan, shuning uchun odam jo'natishiga shubha qilmasa ham bo'lardi. Xato qilmagan ekanman. Haqiqatan ham yigitlaridan biri keldi. Avval menga ishonmadi. Ikkalamiz ozgina do'pposlashdik. Darrov uning aqli kirdi-qo'ydi. Keyin Petrovichga qo'ng'iroq qilib, mening senga tegishli odam ekanligimni aytdi. Meni olib borishga ruxsat olgach, yo'l ko'rsatdi.
— Shuni mendan yashirib yurganmidingiz? — dedim ustozimning ko'ziga tik qarab.
— Seni bezovta qilgim kelmadi. O'zi shundog'am charchab ketding. Ozgina dam olsin, degan edim. Shuyam senga nasib etmadi… Masha shu yerda. Petrovich ham uning yonida bo'lsa kerak. Xullas, hamma ishlaringga nuqta qo'yildi. Sashaga ko'nglingda aytadigan gaplaring bo'lsa deb seni olib keldim.
— Men uning turqiga ham qaragim kelmayapti. Qizini topgan bo'lsa, tamom, endi men ketaversam ham bo'larkan.
— O'jarlik qilma. Hartugul shunchaki qon kechganing yo'q.
— Shunaqa, lekin men undan hech nima umid qilmaganman. Qarzim borday edi. To'ladim, endi u bilan oramiz ochiq.
— Nima bo'lgan taqdirdayam, yur. Qolgan gaplarni keyin gaplashib olaveramiz, — deya Batinkov eshikni ochdi.
Noiloj unga ergashdim.
Azbaroyi borgim kelmaganidan bazo'r oyog'imni majburlab bosar edim. Darvoqe, oyog'imdagi yara endi bezovta qilmay qo'ygandi.
Uchinchi qavatga ko'tarilganimizdan keyin Batinkov chiroyli naqshlar bilan bezatilgan ko'k eshikning qo'ng'irog'ini bosdi. Ikki-uch daqiqa kutganimizdan so'ng, qulf “sharaq-shuruq” qildi-da, eshik ochildi. Ostonada yelkalari keng, bo'yi ikki metrlar chamasi, qop-qora mo'ylovi qalin, sochini tap-taqir qilib oldirgan, qora kostyum-shim kiygan yigit labida nimtabassum bilan bizni kutib oldi.
— Sizlarni xo'jayin anchadan beri kutib turgandi, — dedi u yo'g'on ovozda.
Ichkariga kirishimiz bilan qarshimizda Aleksandr Petrovichning o'zi paydo bo'ldi. U Batinkov bilan quchoqlashib ko'rishdi. Navbat menga kelganida, boshdan-oyoq qarab chiqdi-da:
— Sen qahramonsan! Sen mening tutingan o'g'limsan! — deya quchog'ini ochdi.
Biroq men o'zimni tortdim. Qahr bilan unga tikildim.
U mening qilig'imdan kuldi va bosh barmog'i bilan burnini artib qo'yib:
— Tushunaman, o'rningda men bo'lganimda peshonangdan otgan bo'lardim, — dedi va Batinkovga jilmayib qarab qo'ydi. So'ng: — Masha! Masha! — deb orqasiga baqirdi. — Kim kelganini bir ko'rmaysanmi?
— Edik! — degan qiz bolaning qichqirig'i keldi ichkaridan.
Bu Masha edi. Bir paytlar, men Aleksandr Petrovichni ismim Eldor deb aldagan edim. O'shanda endigina o'n sakkizga kirgan qizaloq — Masha, ismimni

ismimni o'ziga moslashtirib, Edik qo'yib olgandi. Ko'z o'ngimdan zumda o'sha — bundan bir necha yil oldingi lahzalar kino lentalaridek o'tib ketdi.
Ko'p o'tmay qarshimda paydo bo'lgan Masha uzoq vaqt ko'zimga tikilib turdi-da, so'ng sekin quchoqladi, yuzimdan o'pdi. Uning ko'z yoshi yuzini yuva boshlagan edi.
— Meni kechir, — dedi Aleksandr Petrovich yonimga kelib yelkamga qo'lini ohista qo'yar ekan. — Sharoit shunaqa bo'p qoldi. Hammasini tushuntirib beraman.
Men indamadim. Nima ham derdim.
Biz mehmonxonaga o'tdik. Devorlari och ko'k rangga bo'yalgan, shiftiga antiqa qandil osilgan keyingi xonaning to'rida kichkinagina shkaf, uning tepasiga qo'lda chizilgan manzarali surat kirgan kishining dilini yayratar ekan. O'rtaga qo'yilgan uzun stolning usti turli noz-ne'matlaru tansiq taomlar bilan to'ldirilibdi. Aleksandr Petrovich, Batinkov, Masha va men uning atrofiga qo'yilgan stullarga o'tirdik. Mashaning otasi chiroyli shishali aroqlardan birini ochib, qadahlarni to'ldirdi-da:
— Hozir mana shuni ichamiz, undan keyin men sizlarga hamma gapni aytib beraman, — dedi tabassum bilan va boshqalarni kutib o'tirmay qo'lidagi qadahni bo'shatib qo'ya qoldi.
Uning ortidan boshqalar, shuningdek, men ham qadahni ko'tardim. Aftidan, Aleksandr Petrovich bu bilan qanoatlanmadi va yana bir qadah ichdi. So'ngra gazak qilmasdan labini artdi. Uning yuzi darrov qayg'uli tus olgan edi.
— Sobir, — dedi mungli ohangda, — men sening oldingda qanchalik qarzdorligimni yaxshi bilaman.
— Bu gaplarni aytishning hojati yo'q, — dedim va kayfiyatim tushib ketganidan menga aroq quyib mulozamat ko'rsatishlariga qarab o'tirmasdan o'zim qadahni to'ldirdim hamda xuddi Aleksandr Petrovichday ichib, labimni artib qo'ya qoldim.
— Sobir, — dedi yonimda o'tirgan Batinkov, — senga hammaning gapini eshitishni o'rgatgan edim-ku, har qanday sharoitda, o'zing o'rgangan narsadan chetga chiqib ketmasliging kerak.
— Miyamga hech narsa sig'mayapti, hammasidan bezib ketdim, — dedim men va boshimni kaftlarim orasiga oldim.
— Bilaman, — dedi Aleksandr Petrovich, — gaplarimni eshitish u yoqda tursin, o'zimni ko'rishga ko'zing yo'q. Shunday bo'lsayam, ichimda senga aytishim kerak bo'lgan gaplar to'lib ketgan. Aytmasam yorilib ketaman… Xullas, uyimni yoqib yuborishimga ko'p sabablar bor edi. Anavi, sizlar yo'q qilgan Seryoga o'zi yaqindagina paydo bo'lgandi. Shunga qaramay uning qo'li juda uzun edi. Albatta, o'z-o'zidan uzun bo'lib qolgani yo'q. Xalqaro ekstremistik tashkilotning buyurtmalarini bajarardi. Chet eldan pul suvday oqib kelardi unga. Qizimni o'g'irlab, evaziga besh million so'radi. Umuman olganda, bu pullar uning uchun sariq chaqaday bir gap. Maqsadi, to'g'rirog'i, olgan ko'rsatmasi boshqacha edi…
— Agar shularning hammasini bilsangiz, mening aralashishimga nima hojat bor edi? — dedim men uning gaplarini oxirigacha eshitishga sabrim chidamay.
— Sabr qil, — dedi Batinkov va mening qadahimni yana aroqqa to'ldirib: — Ich, — deya qo'limga tutqazdi.
— Mast qilmoqchimisizlar, o'shanda hamma gaplarimizni quloq qoqmay eshitadi, deb o'ylayapsizlarmi?
— Hech kim unaqa deb o'ylayotgani yo'q. Ichsang sal o'zingni bosib olasan, — dedi ustozim.
Men ichdim. Kayfim bir oz oshdi. Shu bilan kayfiyatim ham ko'tarildi.
Mening Batinkov bilan gaplashishimga, uzatilgan aroqqa bir oz termilib, uning ichidagi suyuqlikni sipqorishimni bardosh bilan kutib turgan Aleksandr Petrovich sekin gapini davom ettirdi:
— Ularga xizmat qilishim kerak edi. Lekin men bosh tortdim. Chunki qaerlarnidir portlatishni, odamlarning tinchini buzishni istamayman. Avvalgi ogohlantirish uchun Seryoga qizimni o'g'irlab ketdi. Agar men u aytgan besh millionni berganimda ham Mashani qaytarmasdi… Shuning uchun men senga odam yubordim. Shuning uchun uyimni yoqib yubordim… — u gapidan to'xtab, bir oz o'ylanib turdi-da, shishaning og'zini tag'in ochdi. — Sobir, men senga qattiq ishongandim. Baribir, Mashani olib kelishingni bilardim. Ammo yongan uyimning yonidagi bo'lgan voqealarni kutmagan edim. Xayriyatki, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Hozir mening avvalgisidan ham ko'rkamroq uyim bor. Uni hatto Mashayam ko'rmagan, — deb Aleksandr Petrovich qiziga jilmayib qarab qo'ydi.
Masha esa otasiga hayrat bilan tikildi-da, o'rnidan turib otasini quchoqladi, so'ng yuzidan sekingina, nozikkina qilib o'pdi va otasining ko'zidan sizib chiqqan yoshini kafti bilan artib qo'ydi.
— Seryoga talab qilgan pulni men senga beraman, — dedi kutilmaganda Aleksandr Petrovich, qizi joyiga kelib o'tirganidan keyin.
Men joyimda qotib qoldim. Batinkov o'rnidan turib ketdi.
— Petrovich, — dedi u, — esing joyidami? Besh million…
— Esim joyida bo'lgani uchun shunday deyapman. Arzimaydimi? Yoki kammi?
— Buncha pulni qayoqdan olasiz? — hayrat bilan so'radim men.
— Bu yog'i mening ishim.
— Judayam ko'p, — dedi Batinkov.
— Men pul uchun qilganim yo'q. Bir tiyin ham olmayman, — dedim men.
— Og'aynilar, — dedi Aleksandr Petrovich, — men shuncha pulni go'rimga olib ketamanmi? Bitta qizim bor. Unga keragicha to'plab qo'yibman — Shveysariya bankida. Ortig'ini o'g'limday bo'lib qolgan Sobirga beraman. Uning qilgan xizmatlari uchun emas, azbaroyi o'zim yaxshi ko'rib qolganim uchun.
— Baribir, — dedim men, — bunaqa pullarni ololmayman. Hammasini peshona terim bilan topmoqchiman.
— Unda bir gap, — deb gapga aralashdi Masha, — Edik biznes bilan shug'ullanadi, boshlang'ich kapitalni esa qaytarib bermaslik sharti bilan otam to'laydi.
— Mengayam yoqdi shu fikr, — dedi birdan Batinkov uning gapini ma'qullab.
Mening esa ilgari qilgan niyatlarim esimga tushdi. O'zim ham tadbirkorlik bilan shug'ullanishni o'ylab yurgan edim. Shu boisdan ham Mashaning so'zlari jo'yaliday tuyildi. Lekin shunday bo'lsa-da, o'ylanib turgan edim, Aleksandr Petrovich:
— Ana, — dedi kulib, — Masha hamma muammoni hal qilib berdi. Peshona tering bilan mol-dunyo orttirib olasan.
— Lekin foyda ko'rganimdan keyin pulingizni, baribir, qaytaraman.
— U yog'ini o'zing bilasan. Mayli, juda qaytarging kelsa, qaytararsan, — rozi bo'ldi Aleksandr Petrovich.
Shundan keyin mening nazarimda oradagi anglashilmovchiliklarning hammasi havoga ko'tarildi. Avval yangi fikr uchun, so'ngra mening biznesim rivojlanishi uchun ichdik. Ko'p o'tmay hammamiz yaxshigina mast bo'lib qoldik…
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 19 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar