наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:37
Ammo buning uchun menda xohish yo'q. To'g'ri, u g'oyatda chiroyli, bir ko'rishdayoq odamni o'ziga tortadi. Lekin menda istak bo'lmasa, ne qilay? Buning ustiga, Barnoga uylangunimcha ko'p ishlar qilganman. Garchi u paytlarda xotinim bo'lmagan esa-da, o'zimni hamon uning oldida aybdorday his qilaman. Shu narsa boshqalarga qarashimga yo'l bermaydi.
— Bu yerlarga ko'p kelib turasizmi? — dedim gapni boshqa tomonga burish maqsadida.
U men tomonga ensasi qotib qarab qo'ydi-da:
— Bunaqa joylarga ko'p kelaman, hech qachon zerikmaganman ham. Aynan shu yerga birinchi kelishim-u, lekin yorilib ketay deyapman. Hartugul, hozir bir oz aylandik. Ozgina yengillashdim. Bilasizmi, men romantikman. Men uchun kutilmagan narsalar ko'proq qiziq. Mana, siz judayam ko'p gapirar ekansiz. Men esa ezmalanishni yomon ko'raman, — dedi shart-shurt qilib va xuddi nafas yetmayotganday bo'liq ko'kragini yanada kattaroq ochib qo'ydi.
— Mening o'rnimda boshqasi bo'lganida ham sizni zeriktirib qo'ygan bo'lardi. Bunday sharoitda har qanday odamning qo'lidan o'zga narsa kelmaydi, — dedim o'zimni oqlash uchun.
— Eh, erkaklar, — dedi Olga afsus bilan bosh chayqab, — biz ayollarga hecham tenglasha olmaysizlar. Biringizdan u bahona chiqadi, ikkinchingizdan tag'in boshqacha.
— Hayotda sen o'ylagan narsadan ham qiziqroq narsalar ko'p, — dedim men endi sensirashga o'tib.
— Tushunaman. Odam bir narsani astoydil xohlasa-yu, o'sha narsa bo'lmasa, judayam qiynalib ketar ekan. Mayli, mening gaplarimga quloq solmang… Aytganday, siz meni sensiradingiz-a, qulog'imga yaxshi eshitildi. Keling, men ham sensirayman.
— Ixtiyoring.
— Iltimos, aroq ichaylik, — dedi Olga yurishdan to'xtab men tomonga o'girilib qararkan, — hammayoq daraxtzor, yana ko'm-ko'k ko'l!.. Tabiat nihoyatda go'zal. Tashqariga joy qilamiz-da, maza qilib o'tiramiz. Bu yurishimizda, men “yorilib” ketaman.
— Bu fikrga men ham qo'shilaman, — dedim mavzu o'zgarganidan sevinib.
Olga quvonganini bildirish maqsadida burnimdan chimdib qo'ydi-da, uy tomonga yugurib ketdi.
Oradan yarim soat ham o'tmasdan ko'l bo'yidagi ulkan sosna daraxtining tagida mo''jazgina dasturxon yozildi. Olga bilan ro'parama-ro'para o'tirdik. U ikkita stakanga aroq to'ldirib, bittasini menga uzatdi.
— Xo'sh, — dedi ikkinchi stakanni qo'liga olib, — nima uchun ichamiz?
— Bilmadim, — dedim men uning moviy ko'zlariga tikilib.
— Avvalo sening tezroq sog'ayib ketishing uchun. Keyin mana shu zerikarli joyda, mutlaqo tasodifan tanishib qolganimiz uchun… Hozircha, shunisi yetarli, qani oldik!
Olga bir ko'tarishdayoq stakanni bo'shatdi. Gazak qilarmikin, deb qarab turdim. Qayoqda, hatto afti ham bujmaymadi. Undan keyin men ham ichdim. Shundan so'ng suhbatimiz qizib ketdi. Gaplashmagan mavzu qolmadi. Olga ko'proq ayol bilan erkak orasidagi munosabatlar haqida gapirdi. Va gapining so'ngida, hozirgi erkaklardan nolidi.
— Hammasi lallayib qolgan… To'g'risini aytaymi, ayol istab turgan narsani u istaganday berolmaydi. Tarixni yaxshi ko'raman. Shuning uchun ko'p o'qiyman. Avvalgi odamlarning kuch-qudrati hozirgi ayollar uchun orzu. Masalan, mana sen, kuchli jins vakilisan. Eshitishimga qaraganda, mushtlashishga usta ekansan. Boshqa narsaga kelganda shunday chayir yigit ham…
— Ojiz, — deya uning gapini o'zim davom etkazib qo'yaqoldim, — har narsaning vaqt-soati bo'ladi. Men…
— Yana o'zingni oqlashga tushib ketding, qo'y, mayli, boshqa narsa to'g'risida gaplashamiz. Xuddi men senga yalinayotganga o'xshab qolayapman, — deya Olga shishani qo'liga oldi. Ikkinchi marta stakanlar aroqqa to'lganidan keyin shisha bo'shadi.
Birinchisini ichganimda boshim bir ozgina aylanib, kayfiyatim ko'tarilgan edi, ikkinchisidan keyin esa kayfim anchagina oshib qoldi. Olga esa mast bo'ldi. Menga suykalishni boshladi. Avval yaralarimni obdon siladi. So'ng o'sha yerlarni tili bilan yalashga o'tdi… Qolganiga chidab turolmadim.
— Hozir, — deya sekin o'rnimdan turdim-da, uy tomonga yurdim. Ortimda Olganing ho'ngrab yig'lagani eshitildi. Yig'i uning bo'g'zidan shunchalik ayanchli bir tarzda otilib chiqdiki, joyimda qotib qoldim. “Barno, Barno! — deya ichimda takrorladim, — ishqilib senga xiyonat qilib qo'ymayin”. Shu birgina gap meni toshbag'irlashtirdi. Ortimga qaytmay yurishda davom etdim.
— Bundan ko'ra o'lganing ming marta yaxshi edi! — deya qichqirdi Olga.
Hech qanday erkak bunday haqoratga chidolmasa kerak. Boshqa vaziyatda eshitilsa, amallash mumkindir. Ammo qizi tushmagur mo'ljalni shunday aniq olgan ediki, endiyam undan qochadigan bo'lsam, betiga qaytib qarashim amrimahol bo'lib qolardi. Shu damda, ishonsangiz, bir paytlar Nafisa ismli qizning ortidan chopganlarim esimga tushib ketdi. U Barno yoki Olgadan chiroyli emasdi. Aniqrog'i, o'rtamiyonadan ham pastroqday. Lekin o'sha meni odam qatoriga qo'shmas, mensimas edi. Ko'rsa, aftini bujmaytirib o'tib ketardi. Bir-ikki marta sezganman, mening yonimdan o'tayotib yerga tupurib ham qo'ygan. Xuddi mening basharamni tupuklari bilan bezab qo'yganday bo'lgan. O'sha kezlari o'zimni nihoyatda badbashara, beo'xshov, hech kimga yoqmaydigan bola, deb o'ylar edim. Nafisaga nisbatan esa ko'nglimda zarracha nafrat uyg'onmas, qaytanga u mening nazdimda yanada ulug'lashib ketayotganday tuyilaverardi… Nafisani yodimdan chiqarganimga ancha bo'lgan edi. Hozir nima qilib yuribdi, turmushga chiqdimi- yo'qmi, mutlaqo xabarim yo'q. Armiyadan qaytganimdan keyin ham u haqda birovdan so'ramadim. O'zini esa ko'rmadim. Nazarimda, hozir ersirab qolgan Olga eslatib yubordi uni menga.
Zo'rg'a ortimga o'girildim. Ko'z yoshini yomg'irday oqizayotgan qizga achinib qaradim. E voh, u shunchalik g'arib ko'rindiki, yuragim ezilib ketdi. Asta-sekin yoniga bordim-da, oldida tiz cho'kdim. Qo'llarim bilan yuzini qoplagan sochlarini to'g'rilamoqchi bo'lganimda siltab tashladi.
— Ket, yo'lingdan qolma! — dedi achchiqlanib. Buning shunchaki arazligini yaxshi sezib turardim. Shu boisdan quchoqlab oldim-da, peshonasidan o'pib qo'ydim. U yana bundan bir necha daqiqa avvalgiday harakatga tushgandi. Men esa boyagiday ehtiros asiri emasdim.
— O'zingni bos, — dedim sochidan ushlab boshini ko'kragimdan ko'tarar ekanman. — O'ylaganingni men bajarolmayman. Garchi qo'limdan kelgan taqdirdayam. Sen hamshira sifatida kelgansan. Vazifangni bajar, bo'ldi… Tarixingdagi odamlar mening oldimda ip esholmasligi mumkin. Chunki o'zimni sen o'ylaganchalik ojiz deb hisoblamayman. Buni senga yarador bo'lsam ham isbotlashim mumkin, lekin hozir sen bilan birga bo'lishni istamayman. Maftunkorsan, go'zalsan, lekin xotinimni, o'g'limni haddan ziyod yaxshi ko'raman…
Uning sochlarini qo'yib yubordim. Qanday sekinlik bilan tizzalab o'tirgan bo'lsam, xuddi shunday o'rnimdan turdim. Olga xuddi sehrlanganday menga tikilib turardi. Endi meni uning his-tuyg'ulari-yu, xohish-istagi mutlaqo qiziqtirmasdi. Ayyuhannos solib yig'lagan taqdirdayam uning ko'nglini xotirjam qilmasdim.
Uyga kirib ketgunimcha u ortimdan termilib qoldi. Ichki bir sezgi bu haqda miyaga xabar berdi. Uy eshigini ochib ortimga yashirincha (o'zim uchun bu g'alati,

kulgili holat edi) qarab olganimda ham uning menga qadalgan nigohini ko'rdim.
Karavotga cho'zilib yotganimdan keyin yengil tortdim. Bo'lib o'tgan voqealarning hammasini xayolimdan chiqarib tashlamoqchi bo'ldim. Ammo uddasidan chiqolmadim. Olganing aft-angori, ko'z yoshlari ko'z o'ngimda aylanaverdi. Bechora qizga ichim achidi. Shu onda birdan xayolimga “Olga achchiq ustida o'zini suvga otib yuborsa-ya”, degan o'y yashin tezligida urilib o'rnimdan turib ketdim. Deraza yoniga shoshib borib tashqariga qaradim. Olga hamon eshikka termilgancha o'tirardi. Sochlari to'zg'igan, qo'llari beholgina yelkasiga ilinib turibdi.
Tez-tez yurib xona to'ridagi shkafni ochdim. Allanimalarni qidirgan bo'ldim. Biroq ko'nglim tusagan narsa topilmadi. Stakanlar, idishlar, yana allambalolar… Eshigini qarsillatib yopdim-da, muzlatgichni ochib ko'rdim. Ikkita aroq, ozgina kolbasa, sir, ko'kat bor ekan. Hammasini olib, tashqariga chiqdim. Olganing yoniga borgunimcha u miq etmadi. Hatto menga burilib qarab ham qo'ymadi. Ko'zini eshikka qadab turaverdi. Men esa lom-mim demasdan qo'limdagi narsalarni dasturxon ustiga qo'ydim.
— Nega kelding? — dedi Olga hamon o'sha alpozda.
— Sen bilan o'tirgani, ichgani keldim. Yayrab o'tiraylik-da, — deya javob qildim, iloji boricha o'zimni sho'x ko'rsatishga urinib.
— Qo'y, ichmaymiz endi, seni to'liq tushundim. Mening o'zimgayam yoqmagan qiliqlarim uchun kechir. Lekin odam qattiq o'ksinar ekan, — dedi u va bir oz o'ylanib turgach: — Mayli, ozgina ichaylik. Boshqa ichmaymiz. Keyin sening qon bosimingni o'lchab ko'raman, — deya qo'shib qo'ydi.
Uning gapiga men kulib yubordim.
— Noto'g'ri gapirib qo'ydimmi? Yo kiyimim yirtilibdimi? — dedi hayron bo'lgan Olga.
— O'zi ichib yuribman. Yana ichmoqchimiz, bunday paytda qon bosimini o'lchab bo'larkanmi?
— Boshqa aytadigan gapim yo'q edi. Gapirdim qo'ydim-da… — dedi Olga mening stakanlarni to'ldirishimga qarab o'tirarkan.
Qiz mendan ro'shnolik chiqmasligiga to'la amin bo'lganidan keyin butunlay boshqa gaplardan gapirdi. Gapiga latifa ham qo'shildi. Birgalashib kulishdik. Shu bilan kun ham kech bo'ldi. Batinkov bilan Petkadan esa hamon darak yo'q. Ular ataylabdan bizni tashlab ketishganga o'xshar edi. Bezovtalanib yo'lga tez-tez qarab qo'yayotganimni ko'rgan Olga beparvo qo'lini siltab:
— Bugun kelishmaydi. Bilishimcha, o'ta muhim ish bilan ketishgan. Ertaga kelishsayam katta gap, — dedi.
Mening shubham ikki hissa oshdi. Nimalarni mo'ljallashgan ular? Turli savollar tinmay miyamni parmalardi. Keyin xuddi Olga kabi hammasiga qo'l siltadim. “Amallab tuzalib olsam bo'ldi, hech kimga ham bildirmasdan juftakni rostlab qolaman”, deya o'yladim.
— Nega qotib qolding? — dedi Olga kulib, — men bilan tunni birga o'tkazishga qo'rqyapsanmi?
— Yo'g'-e, men shunchaki, har doim atrofimda odamlar ko'p bo'lardi, shunga ko'nikolmayapman.
— Ayollar bilan gaplashayotganingdayam ko'p bo'larmidi odamlar?
— Menimcha toming ketib qolgan bo'lsa kerak.
Olga shu gapimni kutib turgan ekan. Birdan xandon otib kulishga tushdi. U kulayapti-yu, sigareta qurg'ur ham o'zining ishini qilishga tushib ketgan — ora-chora uni yo'taltirib qo'yyapti, bundan shundog'am qizarib ketgan qizning yuzi ko'kimtir tus ola boshladi.
— Anavinga qara! — dedim men birdan ko'l tomonni ko'rsatib baqirarkanman. — Maxluq!
Olga birdan kulishdan to'xtadi. Qo'rqa-pisa ortiga burilib ko'lga qaradi. Ammo u yoqda hech narsa yo'q, edi.
— Men ko'rmayapman-ku, — dedi ovozi qaltirab.
— Aldadim… Aldadim, — dedim iljayib.
— Jinni, yuragimni chiqarib yuboray deding! — deya Olga mening ustimga o'zini otdi. Agar o'zimni olib qochmaganimda yaramning tag'in dabdalasi chiqardi. Biz hazil-huzul qilib bir-birimizni turtib o'ynoqlashga tushib ketdik. Olga dasturxondagi ko'katlarni boshiga qo'ydi, og'zini qiyshaytirib: “Har qanday maxluqdan ham dahshatliroq jonzotman”, deya o'zicha qiliq qildi. Ammo bularning bari bizga ancha qimmatga tushishini o'shanda bilmagan ekanmiz…
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 10 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar