наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:34
Soqol-mo'ylovimni o'stirayotganimdan Barno hayron bo'ldi.
— Nima qilayapsiz? — dedi u bir oqshom. — Shu paytdan qarilikni bo'yningizga olmoqchimisiz?
— Nega bunaqa deyapsan? — dedim men hayron bo'lib.
— Soqol-mo'ylovingizni olib yuring. Ko'rgan odam bangi deb o'ylaydi.
— Shu soqolga ozgina erkinlik bermoqchiman. Bechora qiynalib ketdi. Har ikki kunda qirtishlanadi. Buyam umid bilan ko'karadi-ku.
— Unda menga yaqinlashmang, — deya Barno teskari o'girilib yotib oldi.
— Juda yaqinlashamiz-da. Hozirdan boshlaymiz buni…
— Yuzimni shilib achitib yuborayapti…
— Yana ozgina o'ssa muloyimlashib qoladi.
— …
Ertasiga ko'chaga chiqqanimda ko'rgan tanish-bilishlar ham mendagi o'zgarishdan ajablanishdi. Otam esa: “Bugundan qoldirmay olib tashla, hali men qo'yganim yo'g'-u, senga balo bormi?” — deya dakki berdi. Shundan keyin sartaroshga borib ozgina u yoq-bu yog'ini kuzab oldim.
Qulman ota masjidining atrofida aylanib yurishim uchinchi kuni Bahodir aka aytgan yigitlarning e'tiborini tortdi. Ulardan biri meni tanir ekan.
— Sobirbek, — dedi yonimga kelib, — o'zingizmisiz?
Bir qarashdayoq men ham uni tanidim. Bizdan bir sinf yuqorida o'qigan, rayon markazining chekkasida turardi. Yoshligida juda nimjon edi. Sinfdoshlari ko'p qiynardi uni. Ammo to'qqizinchi, o'ninchiga o'tganidan keyin birdaniga o'zgarib ketdi. Bo'yi o'sib, ovozi do'rilladi. Gapini birovga berib qo'ymaydigan yigit bo'ldi. Eshitishimga qaraganda, fizika o'qituvchisini urgan ham ekan. O'shanda qamalib ketishiga ozgina qoluvdi.
Hozir u ham menga o'xshab soqol-mo'ylov qo'yibdi. Lekin soqol qurg'ur siyrak ekan, echkiga o'xshab qolibdi. Ammo ustidagi chopon, oyog'idagi mahsi-kalish ancha salobatli qilib qo'yibdi.
— Machitga keluvdim, hamma dindor bo'p ketayapti. Shunga menam oxiratimni o'ylab… Gunohimiz ko'p-da, aka, — dedim ko'rishish uchun qo'limni cho'zib.
U menga qo'lini bermadi, balki quchoqlab ko'rishdi-da:
— Siz menga quvonchli gapni aytdingiz. Dinga kirgan har bitta odamni ko'rsam, dilim yayrab ketadi. Lekin birodar (ha, u aynan shunday dedi), bu masjidga kelib chakki qilibsiz. Bu yerga kelayotganlarning tili bilan dili boshqa-boshqa, — deya qo'lini siltadi.
— Nega unaqa deyapsiz? — dedim men go'yo o'zimni hayron ko'rsatib.
— Bunisini keyin sizga aytib beraman. Men sizni juda yaxshi bilaman. Siz haqingizdagi gaplardan ham xabardorman. Keling, bunday qilamiz. Ertaga xuddi shu mahal mana shu joyda ko'rishaylik. Sizni o'zimning qadrdon birodarlarim bilan tanishtirib qo'yaman. Undan keyin hammamiz birgalikda namoz o'qiymiz, kelishdikmi?
Men shunda ham sir boy bermay go'yo o'zimni ikkilanayotganday ko'rsatib, bir masjidga, bir ro'paramdagi odamga qarab qo'ydim.
— Ey, birodari aziz, — dedi u yelkamga qo'lini qo'yib, — g'aflatda qolmang. Siz nihoyatda irodali odamsiz. Niyatingiz ham yaxshi-yu, lekin noto'g'ri joy tanlab qo'yibsiz-da. Xudoning karomatini qarangki, meni sizga vaqtida duch qildi. Shu boisdan siz hech bir tortinmay, ikkilanmay ertagacha kuting. Namoz o'qish qonun-qoidalari bilan o'zim tanishtirib qo'yaman. Asosiysi, dilingiz ham, tilingiz ham pok bo'ladi. Haqiqat yo'lidan ketayotganingizga o'zingiz iymon keltirasiz.
Shu gaplaridan keyin men uning aytganlariga ko'ndim, hatto qatorlariga qo'shib olishlari uchun bir oz yolvordim ham. U xursand bo'ldi. Chaqnagan ko'zlari shundan dalolat berardi. Menam xursand bo'ldim. Ammo mening xursandligim ichimda mustahkam yashiringandi. Yuz tuzilishim, ko'zimda esa hayrat barq urib turardi. Shu bilan biz xayrlashdik va men endi ortimga burilib ketayotganimda u to'xtatib qoldi:
— Sobirjon, birodar, — dedi salmoq bilan, — mening ismim bir oz o'zgargan… Toshtemir desangiz, do'stlarimiz kimni atayotganligingizni bilmay qolishadi. Shuning uchun Ahmad deb chaqirsangiz.
— Xo'p, — dedim uning binoyidek ismini o'zgartirib olganidan ensam qotgancha.
Ertasiga kelishilgan vaqtda Ahmad bilan ko'rishdik. U xuddi kechagiday meni mahkam bag'riga bosdi ko'rishayotganimizda. Mana shunday paytda uning qandaydir jinoiy guruhning a'zosi ekanligiga ishonging ham kelmay qoladi.
Biz masjidning sharqiy tomonidagi eski, tor ko'cha bo'ylab taxminan ikki yuz metrcha yurganimizdan keyin o'ng tomondagi ko'k darvoza oldida to'xtadik. Ahmad atrofga bir qur nazar tashlaganidan keyin, darvozani sekin taqillatdi.
Boshiga salla o'ragan, Ahmadga o'xshab mahsi-kalish kiygan, soqol-mo'ylovli sariqdan kelgan odam darvozaning kichik tavaqasini ochib:
— Assalomu alaykum, birodarlar, — dedi o'ta yumshoq ovozda va ko'rishish uchun quchog'ini ochdi.
Hovli uzog'i bilan uch sotixlar chiqar, uylar past qilib qurilgan, tomi shiferlanmaganligidan bo'lsa kerak, yomg'ir-qor yog'averganidan devorlarining yuqori qismining suvog'i ko'chib tushgandi. Eni ikki metr ham kelmaydigan ayvonning chirog'i osilib turgan esa-da, qorong'i bo'lishiga qaramay, uni hech kim yoqmagan edi. Balki u allaqachonlardir kuyib qolgan-u, almashtirishga hafsala qiladigan odam bo'lmagan.
— Marhamat qilsinlar, — deya bizni izzat-ikrom bilan to'g'ridagi uyga boshladi kutib olgan odam.
Ahmadning orqasidan ko'rsatilgan uyga kirishim bilan zax hidi dimog'imga gup etib urildi. Biroq bildirmaslikka harakat qilib uyda o'tirgan ikki kishiga salom berdim. Ular salomimga qiyomini keltirib alik olishganlaridan keyin xuddi Ahmad va bizni darvozaxonada kutib olgan, u aytmoqchi, «birodar»iday bag'rilariga bosib ko'rishishdi. Va to'rdan menga o'tirishga joy ko'rsatishdi. Devorlarning ohaklanganiga ancha bo'lgan ekan. Eskirib ketibdi. Lekin tokchaga taxlangan ko'rpalaru to'shalgan gilamning yangiligi shundoqqina ko'rinib turardi. Biz so'rashib bo'lganimizdan so'ng ular o'rinlaridan turib, namoz o'qiy boshlashdi. Men ham qatorga turdim. Va hali namoz o'qishni to'laligicha bilmasam-da, ularning ortidan “dumalab” qo'yaverdim. Namoz so'ngida yana xuddi boyagidek ko'rishildi. Undan so'ng dasturxonga osh tortildi.
Taxminan uch soatga yaqin gaplashib o'tirgan esak-da, na Ahmad, na uning birodarlari jinoyatchilik haqida gapirishdi. Shu mahal men o'zimning qilmoqchi bo'lgan ishimdan uyalib ham ketdim. Shunday qilib tun yarimlab qolganida Ahmad ikkalamiz uyga qaytdik. Yo'lda u menga birodarlarini bittama-bitta tanishtirib ketdi. Darvozani bizga ochganining ismi Amin, kirganimizda birinchi ko'rishgani Fozil, keyingisi Abdulla ekan.
— Sizning ismingizni birodarlarga aytgan edim. Shuning uchun so'rashmadi. Umuman, biz ichki odat qilib olganmiz. Mehmon kelsa uning ism-sharifi so'ralmaydi. Balki oldinroq yoki keyinroq bilgan odam aytib beradi… Sobirjon, sizning bizga qo'shilganingizdan birodarlar xursand bo'lishdi. Ochig'i, dovrug'ingizni eshitganimizdan beri ko'rish niyatida yurgan edik, — dedi Ahmad gapirayotganida men tomonga har-har zamon nigohini tashlab qo'yib.
— Men ham oddiy odamman. Boshqalardan deyarli farqim yo'q.
— Farqingiz katta… Kamtarligingiz yaxshi odat.
— Kechirasiz, — dedim men gapni boshqa tomonga burish niyatida, — machitlarda bosh mulla bo'ladi. Sizlarning oralaringizda kim…
— Men sizning nima demoqchiligingizni tushundim, — deya deya u birdan mening gapimni bo'ldi. — Shu o'rinda bitta xatoingizni aytib o'tay. Machit demang. Omilar shunaqa deyishadi. Aslida, masjid. Siz so'ramoqchi bo'lgan odam men bo'laman. Birodarlar: “Yoshingiz ulug'. O'zingiz bosh-qosh bo'lasiz”, deyishdi. Shunga ko'ra, o'zim imomlik qilib turibman. Namoz o'qiyotgandayam shu sabab, oldinda turaman… Suhbatning yaxshi tomoni shunda-da, gaplashib sizning ko'changizga ham kelib qoldik.
— Uyga kiramiz. Choy-poy ichib, yana gaplashamiz, — dedim men mulozamat ko'rsatib.
— Yo'q, birodar, men borayin. Vaqt ham allamahal bo'p qoldi. Qolgan gaplarni ertaga gaplashamiz. Hali sizga aytishim kerak bo'lgan gaplar ko'p.
Men tong otguncha uxlamay shiftga baqrayib yotdim. “Birodar”larning har bitta harakatini ko'z oldimdan o'tkazdim. Agar ularning lahjasini hisobga olmaganda, shubhali hech narsa anglamadim. Haqiqatan ham gap-so'zlari g'alati edi. “Birodar”, mayli, bunisi onda-sonda bo'lsayam, quloqqa chalinib turadigan so'z, lekin “taqsir”, “afandim” deyishlari nihoyatda ensamni qotirdi. Yana ular so'zlarni shunaqa talaffuz qilishardiki, “dod” deb yuborging keladi. “Ahli fuqaro zulmat eshigidan chiqolmay arosatda yuribdi. Vazifamiz, charog'on go'shalarni ularga namoyon etmoq” va hokazo gaplar. Bularni eshitganimda kulgidan o'zimni zo'rg'a tiyib turdim.
Ertasiga “birodar”larda ozgina o'zgarish sezildi.
Bir hafta mobaynida sinaldim. Sinovda ekanligimni ularning yoniga qatnayotganligimning ikkinchi kuniyoq sezgandim. Mening oldimda “birodar”lar ochiqcha gaplashmas, bir-biriga aytishi zarur bo'lgan sirli gaplarni imo-ishoralar bilan tushuntirishardi. Va albatta, bunday harakatlar e'tiborimdan chetda qolmas edi. Shuncha ovoragarchilik qilmay, maqsadlarini darrov bilib olish imkoniyatim bor edi. Lekin shoshilgim kelmadi. Hamma gapni o'z ixtiyorlari bilan aytishlarini istadim. Va nihoyat, ular “yorilishdi”.
— Biz birodarlarga odam yetkazib berishimiz kerak, — dedi Ahmad namozdan keyin, menga nigohini qadab. — Manzilga hammaning birdek yetib olishida sizning yordamingizga muhtojmiz.
— Men nima ishni bajarishim kerak?
— Tojikiston tog'larida yer yuzini hidoyatga boshlaydiganlar tayyorgarlik ko'rishyapti. Siz, o'zingizdagi jismoniy imkoniyatingizdan foydalanib, ularga yo'lboshchi bo'lasiz. Siz bilan birga Abdulla hamda Amin ham boradi.
Nazarimda, ular bunga avvaldan kelishib olishgan edilar. Chunki Ahmad gapirayotganida qolganlar mendan sira ko'zlarini uzishmadi.
— Faqat uchalamizgina ketamizmi? — deya so'radim men o'zimni go'llikka solib.
— Albatta, yo'q. Ketadigan yana besh kishini men tayyorlab qo'yibman. Ular buyruqni kutib turishibdi.
— Men ularning birontasini ham ko'rganim yo'q-ku.
— Bugun ko'rasiz. Yana biror soat ichida beshalasi ham keladi. Yo'lga ertaga tongda chiqiladi.
— Hali mablag'imiz yo'q-ku, — deya gapga aralashdi Abdulla.
— Xotiringiz jam bo'lsin, taqsir. Uning rejasini kuni bilan tuzib chiqdim. Olloh, shubhasiz, biz tomonda. Shunday ekan, ishimiz o'ngidan kelishi aniq. Birodarlar bizga pul jo'natishlari uchun, avvalambor, biz xizmatni qilib qo'yishimiz kerak. Ya'ni, u yoqda yetarli miqdorda odamga ega bo'lmog'imiz darkor. Biz bo'lsak haligacha bor-yo'g'i oltita odam jo'natdik, — deya Ahmad men tomonga yuzlandi: — Sobirjon, bu ishda siz o'zingiz bilmagan holda bizga yordam berib yuborgansiz.
— Qanday qilib? — dedim men hayron bo'lib.
— Siz tarbiyalagan ikkita bola hozir Olloh yo'lida xizmat qilayapti, Tojikistondagi birodarlar bilan birga.
Men go'yo hech narsadan xabarim yo'qday, ajablanib unga termildim.
— Sherzod bilan Elyor sizning qo'lingizda tarbiya topgan ekan. Aqlli, farosatli bolalar. Siz to'g'ringizda ko'p gapirishgandi. Iloji bo'lsa, ertaroq safimizga qo'shib olishimizni taklif qilishgandi. Farishtalar omin deyishgan ekan. Mana, biz bilan birgasiz, — dedi u mamnunlik bilan.
Mening ichimdan qirindi o'tdi. Koshki edi bular o'sha maqtalayotgan norasida go'daklarning otalari hozir qay ahvoldaligini bilsa.
— Mablag' masalasiga kelsak, To'ychi boyvachchani hamma tanisa kerak, — deya gapini davom etkazdi, Ahmad. — U g'ayridin. Aroq sotib, boyib yotibdi. Unaqalarni biz nafas olayotgan zamindan supurib tashlamog'imiz zarur. Xullas, o'shaning pullaridan bir ozini tortib olamiz.
— Qanday qilib? — dedi birdan Abdulla ko'zlari chaqnab. Aftidan, bosqinchilikka ishtahasi baland edi.
— Bugun tunda… U yerga borganimizda Sobirjon boshliqlik qiladi. Chunki menga nisbatan uning uquvi balandroq. Ko'p narsani boshidan o'tkazgan…
“Boshqa hech narsani xohlamaysanmi? Bu gaping bilan Sobir har kuni birovlarning uyiga talonchilikka kirib yuribdi, demoqchimisan?” degan o'y xayolimdan zumda o'tdi.
— Menimcha, bunaqangi ishni ertaroq qilganimiz ma'qul edi. Endi kech bo'ldi. Meni tag'in o'zini chetga olayapti, degan xayolga bormangizlar-u, lekin to'g'risiyam shu. Agar biz bugun uning uyiga bostirib borsak, tabiiy, hali tong otmasidan burun hamma yoq shov-shuv bo'p ketadi. Bu bizning ketishimizni qiyinlashtiradi. Chunki hamma tomon tekshir-tekshirga aylanadi, — dedim men.
— Unda nima qilishimiz kerak? — dedi Ahmad menga nigohini qadab.
— Mening ozgina jamg'armam bor edi. Armiyadan qaytayotganimda yo'l-yo'lakay yig'ib kelgandim. Olloh kechirsin, ba'zi bir ishlarni qilishga ham majbur bo'lganman. Xullas, shuni ishlatsak. U yoqqa, birodarlar oldiga, borganimizdan keyin hammasini surishib ketamiz.
Hammaning yuzida birdan tabassum paydo bo'ldi. Abdulla o'rnidan turib yonimga keldi-da:
— Birodar, turing, sizni bir bag'rimga bosay, — dedi jilmayib.
Shundan keyin qolganlar ham birma-bir tashakkurnomasini bildirdi menga. So'ng Ahmad ikkinchi masalaga o'tdi:
— Tojikistondan kelgan xabarga ko'ra, bizning oblastimizdan anchagina odam ularning safiga borib qo'shilibdi. Bu degani, oblast kundan-kunga qo'ldan chiqayapti. Bugun tong otishi bilan kabutar uchiraman…
— Qanaqa kabutar? — dedim men uning gapini bo'lib.
Gapimga Ahmad kuldi. Meni soddalikda aybladi, so'ng g'urur bilan:
— Bizning davlat pochtasiga ishonmay qo'yganimizga ancha bo'lgan. Xat tashuvchi kabutarlar ulardan ishonchliroq.
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 10 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar