наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 44
Гостей: 44
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:32
Shu payt Barno:
— A-a-a!!! — deya chinqirib yubordi. Uning ovoz to'lqinlari hali havoga singib ulgurmay unga “Inga!” degan ajib bir tovush ulandi. Men birdaniga xotinimga qaradim. Uning lablari bir oz titragan, oqarib ketgan yuzida nim tabassum bor edi. Sochlari esa jiqqa ho'l bo'lgandi. Bularning bariga e'tiborsiz qaradim. Men uchun muhimi, kampir uning joniga chang solgan-solmagani edi. Birinchi safargi kampirning tashrifi meni saqlab qolgandi. Bunga menda zarracha ham shubha yo'q. Lekin u Bo'riboy cholning ustida paydo bo'lganida nimani ayon qilganini hali-hanuz anglab yetmagandim. Agar u o'shanda ham menga yordam berib ketgan deb hisoblasam, unda bularning bari bekorga bo'lmagan, evaziga nimadir talab qilgan. Bir paytlar o'qituvchimiz: “Hayotda bironta ham voqea-hodisa o'z-o'zidan ro'yobga chiqmaydi, unga nimadir sabab bo'ladi. Va albatta, har qanday narsa, agar u senga yaxshilik keltirsa, qarz evaziga beriladi. Shuningdek, mo''jizalar ham”, degandi. Evaziga Barnoni beramanmi? Yo'q, hech qachon! “Yo'qol”, demoqqa shaylanib, kampir turgan joyga nigohimni tashladim. Ammo u g'oyib bo'lishga ulgurgan ekan.
— O'g'il muborak, yigit, — dedi boyagi qahri qattiq ayol.
Unga yuzlandim. Yo alhazar, u bir daqiqaning ichida munis, mehribon ayolga aylanibdi.
— Rahmat, Barno yaxshimi? Barno eson-omon…
— Ko'rib turibsiz, ona-bolaning ikkalasi ham soppa-sog', — dedi ayol mening dovdirayotganligimdan kulib va chaqaloqni Barnoning qorni ustiga qo'ydi. Ingalab yig'layotgan go'dak darrov ovunib qoldi.
— Xayriyat!..
— Endi siz chiqib ketavering. Ha, aytgancha, uzoq ketib qolmang, keraksiz, — deb u yonidagi sherigiga sirli qarash qilib qo'ydi.
Tashqi eshik yonida meni bosh vrach kutib turgan ekan. Men yoniga borganimdan keyin qo'limni siqdi-da:
— Tabriklayman, — dedi jilmayib va o'zining xonasiga boshladi.
Kirib avvalgi joyimga o'tirganimdan keyin u bir piyola choy uzatdi, so'ng:
— Endi gaplashib olsak ham bo'laveradi, — dedi.
— Nima haqda? — dedim men chuqur nafas olib.
Aslida, uning nima demoqchi ekanligini sezganday edim. To'g'rirog'i, gumon qilib turgandim. Ya'ni, “uka, o'zing ko'rding, xotining ancha qiynaldi. Biz ham ko'p ter to'kdik. Mana, omon-eson qutulib oldi. Bu yog'iga ko'nglingdan chiqarganingga ozgina qo'shib berasan. Bizniyam tirikchiligimiz shu…” va hokazo. Ammo kutilmaganda u boshqacha gapni boshlab yubordi:
— Sizga to'g'risini aytay, bugun men eksperiment o'tkazdim. Ochig'i, bunchalik muvaffaqiyat keltiradi deb o'ylamagandim!
— Qanaqa “eksperiment”? Men tushunmayapman!
— Bu usul aslida jahonda allaqachonlardan beri qo'llanib kelinadi.
Men uning yuziga anqayib qarab qoldim. Bosh vrachning qanaqa usul haqida gapirayotganligini mutlaqo tushunmayotgandim.
— Bo'pti, boshidan boshlayman. Kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, baribir meditsinaga aqlingiz yetmaydi. Ilgarilari homilador ayol tug'ayotganida uning yoniga yaqinlaridan birontasi yo'latilmasdi. Ayolning tug'ishiga xalaqit beradi, deyishardi. Vaholanki, unday emas. Qaytanga yordam beradi. Bu Yevropada allaqachon isbotlangan. Buni hamma biladi. Lekin siyosatga to'g'ri kelmasdi. Chunki agar lozim bo'lib qolsa, chaqaloq almashtiriladi. Albatta, bunday voqealar kamdan-kam sodir bo'ladi… Keyingi “sahna” hammasidan dahshatli. Ya'ni, bola tug'ilganidan keyin uch kun mobaynida onasiga berishmaydi. Bu vaqt mobaynida go'dak boshqa ayol suti bilan oziqlanadi. Bilasizmi, nima uchun?
— Bilmayman…
— Millatni nogironlashtirish uchun. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilgan taqdirda ham go'dakka birinchi marta qanaqangi onaning suti berilsa, u kelajakda xuddi shunaqangi bo'lib voyaga yetadi. Aytaylik, sut aqli noqis, piyonista, chekuvchi, ichiqora, baxil onaniki bo'lsa, chaqaloq ham voyaga yetganidan keyin xuddi shu amallarni qiladi. Shuning uchun, agar e'tibor berib qarasangiz, ba'zan odam havas qiladigan oilalarda bemaza bolalar voyaga yetadi…
— Mening bolamgayam birinchi marta begona sut emizdirilarkan-da…
— Sizga aytdim-ku, eksperiment o'tkazayapmiz deb. Yarim soatlar ichida xotiningiz palataga o'tkaziladi, undan keyin yoniga chaqalog'iga joy qilib beramiz. Xullas, hammasi joyida bo'ladi…
Bosh vrachning xonasidan chiqqanimdan keyin ham uning gaplari qulog'im ostidan ketmadi. Xayolimda kampir, qulog'im ostida bosh vrachning gaplari, telbavor ketib borarkanman:
— Sobir! — degan ovozdan cho'chib tushdim.
Qarasam, tug'ruqxona hovlisida otam, Abdukarim aka, qaynonam turibdi.
— Nima bo'ldi?! — dedi men hali gapirishga ulgurmasimdan ko'zlari kosasidan chiqqudek, yuzlari qizargan, hayajon bosgan qaynonam. Qolganlar ham shu ahvolda.
— Yaxshi, — dedim men ko'zimni yerga tikib, — o'g'il!..
— Onasiyam, bolasiyam yaxshimi?! — hamon hayajonda edi Abdukarim aka.
— Ikkalasiyam yaxshi.
— Bo'masa nimaga buncha suvga tushgan mushukday kelayapsan? Nimaga ichkariga chaqirishibdi?
— Suyunchi berayotganimda bosh vrach ko'rib qoldi. Keyin medsestrani koyidi. Meni xonasiga olib kirib, ancha boshimni qotirdi. Shunga ozgina kayfiyatim buzilgandi, — deb men otamning so'rog'iga javob qildim.
Ochig'i, shuncha yolg'onni birdan to'qib tashlayman, deb o'ylamagan ham edim.
— Hammayam suyunchi beradi-da. Shunga shunchamikin! Endi bu betingdan buzilgur medsestralar qizim bechoraga zug'um qiladi-da. Shuni o'ylamabsiz-da, kuyov. Medsestralarni aybdor qilmaslik keragidi…
— Qachon qarama, ming'ir-ming'ir. Hech shu qilig'ing qolmadi-qolmadi-da. Aytayapti-ku, hammasi yaxshi deb. Medsestralaram odam. Tushunadi. Bu glavvrach ko'rsin demagan-ku. O'zim gaplashib qo'yaman. Qizing bilan nevarang yaxshi bo'lsa bo'ldi, — deya xotinini gapirtirmay qo'ydi qaynotam.
Shundan keyin biz ketmoqchi bo'ldik. Lekin qaynonam ko'nmadi. “Qizimni ko'rmaguncha ko'nglim tinchimaydi”, deb turib oldi. Noiloj yana besh daqiqacha kutishimizga to'g'ri keldi.
Tug'ruqxonadan og'zi qulog'ida chiqqan qaynonam avval eri-yu otamni nabira bilan tabrikladi. Keyin menga ham: “O'g'il muborak bo'lsin!” dedi.
Oradan bir hafta o'tganidan keyin Barnoni o'g'lim bilan birga olib keldik. Hamma bir ovozdan o'g'limning menga o'xshashligini aytishdi. Lekin men chaqaloqqa qancha tikilmayin, o'zimga tegishli bo'lgan alomat topolmadim. Boshqalar uning menga qaerini o'xshatishayotganligiga hayron edim. Otam unga omadsiz bo'lmasin, baxtsizlikka yo'liqmasin degan o'yda Baxtiyor deb ism qo'ydi. Barno tuqqunicha ko'p siqilgandi. Albatta, bularning bariga men sababchiman. Shu boisdan “o'g'limda bironta nuqson yo'qmikin”, degan o'yda uni tez-tez mahallamiz do'xtiriga ko'rsatib turdim. Hartugul gumonlarim isbotini topmadi. Baxtiyorni har safar tekshirgan do'xtir uning sog'lomligini gapirib maqtardi.
Kun ketidan kunlar, oylarni quvib oylar o'taverdi. Chaqaloq asta-sekin kattarib, qiliqlar chiqara boshladi. Avval u bilan ko'proq otam o'tiradigan bo'lsa, endi men ham qo'limdan qo'ymay qo'ydim (Baxtiyor bir-ikki oyligida tushirib yubormayin deb uni kamroq ko'tarardim). Uyga keldim deguncha birdan ko'tarib olaman. U qiyqirib kuladi. Men maza qilaman. Ana shu kezlari hamma tashvishlar menga unut bo'ladi. Hatto Bahodir aka ham meni bezovta qilmasdi.
Vokzaldagi ishimni yana boshladim. To'g'ri, u avvalgiday daromad bermasdi. “Raqobatchi”lar ko'paygandi. Ular arzimagan pul evaziga vagondagi yuklarni tushirib tashlashar edi. Shunday esa-da: “Karvon ko'p, rizqi boshqa”, degan xayolda ishlayverardim. Oradan, chamasi, yetti oycha vaqt o'tganidan keyin atrofimga yaxshilab qarasam, zamondan ortda qolib ketayapman. Menga o'xshab faqat qora mehnat bilan shug'ullanayotganlarning kuni o'tadi-yu, lekin yayrab yashashiga imkoniyatlari yo'q. O'zim ham o'tgan vaqt mobaynida menga qo'chqorday o'g'il sovg'a qilgan Barnoga tuzuk-quruq biron nima olib bermabman. “Agar zamon shu taxlit davom etadigan bo'lsa, oilamdagilar qiynalib qolishadi”, deb o'ylab Barnoga:
— Men ham savdogarlik bilan shug'ullansammi? — deb maslahat soldim bir kuni.
— Avval biron marta ham bunaqangi ishni qilib ko'rmagansiz, qiynalib qolmaysizmi, buning ustiga, bizda ortiqcha mablag' ham yo'q, — dedi xotinim xavotirlanib.
Erkak zoti hamma narsaga chidashi mumkin. Buni necha-necha marta sinovdan o'tkazganman. Lekin o'zingga yaqin bo'lgan ayolning bechoravash o'tirishi oldida chidolmas ekansan. Shart o'rnimdan turdim-da, tashqariga chiqdim. “Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Barno menga umrimni xor qilib o'tkazasan, deb turmushga chiqqani yo'q. U boshqalardan baxtli yashashga haqli va shunday ham bo'ladi”, degan qarorga keldim-da, qaytib uyga kirdim. Beshikni asta tebratib, ma'yus alla aytayotgan Barnoning yoniga tiz cho'kib, uni quchoqladim.
— Mana ko'rasan, hammasi yaxshi bo'p ketadi!..
— Haliyam yomon emas, — dedi Barno kulib. — Boshqalardan qaerimiz kam?
— Lekin baribir mening ko'nglim to'lmayapti. Qandaydir, boshqacha yashashimiz kerak.
— Xo'sh, qanaqa ekan?
— Menam u-bu narsa olib kelib, bozorda sotaman. Asta-sekin boyiymiz.
— Bozorda hozir yo'q narsaning o'zi yo'q. Allaqachon bozorni to'ldirib tashlashgan.
Xuddi shu mahal mening xayolimga g'aroyib o'y keldi. “Axir boshqalarga nisbatan mening imkoniyatim katta-ku. Men Rossiyadan odamlar olib kelolmayotgan narsalarni arzon bahoda keltirishim mumkin-ku. Nega oldinroq shu narsa xayolimga kelmadi? Bekorga birovlarning yuklarini belim chiqqudek bo'lib yuklab-tushirib yuribman. Qancha umrni bekorga o'tkazib yuboribman-a! To'xta, Aleksandr Petrovichning yoniga borsam-chi! Unda Masha bilan tag'in ro'baro' kelaman. Uylanganligimni eshitsa fig'oni falakka ko'tarilmaydimi?.. Balki u ham allaqachon turmushga chiqib ketgandir… Shoshma, Aleksandr Petrovich menga kim bo'libdiki, xohlagan paytimda borsam yordam beradigan? Allaqachon meni esidan ham chiqarib yuborgandir…”
— Nega o'ylanib qoldingiz? — dedi bir mahal Barno.
— A-a, yo'q, o'zim shunday… Barno, balki haqiqatan ham omadim kelib qolar. Nima deb o'ylaysan? Hozir savdogarlik bilan shug'ullanayotganlarni kuzatsam, kundan-kunga ahvollari yaxshilanib borayotganday.
— Hammasimas. Oxirgi marta kelganida ayam qo'shnimizni gapirib qoldi. Bechora to'rtta molini sotibdi savdogarlik qilaman deb. Ketma-ket uch marta olib kelgan narsalari o'tmabdi. Hozir yeyishga noni yo'q emish. Buning ustiga, har kuni uyida janjal deydi.
— Falonchi shunaqa bo'pti, deb qo'l qovushtirib o'tirolmaymiz-ku.
— Otam bilan gaplashing, ruxsat bersa, shug'ullaning.
Shu bilan Barno ikkalamizning tadbirkorlik to'g'risidagi gapimizga nuqta qo'yildi. Otamga maslahat solish uchun qulayroq payt qidirib yurgan kunlarimning birida esa (so'nggi paytlarda otam negadir tez asabiylashadigan bo'lib qolgan. Ozgina yoqmaydigan gap aytib qo'ysam birdan “yonib” ketardi), maktabda karate bilan shug'ullanayotgan bolalardan ikkitasining otalari kelib qoldi. Birining yoshi oltmishlarda, ikkinchisi ellikning nari-berisida bo'lsa kerak. Ularga bir qarashdayoq g'am-g'ussaga botganligini ko'rish mumkin edi.
— Kelingizlar, — deya ularning istiqboliga yurdim.
— Senmi Sobir? — dedi yoshi ulug'rog'i.
— Ha, menman, — dedim ularning qanday tashvish bilan mening yonimga kelganligiga hayron bo'lib.
— Seni ancha izladik!..
— Tinchlikmi?
— Tinchlikmas-da…
— Nima bo'ldi?
— Birovga aytishgayam bo'maydigan narsa bo'ldi, uka… — dedi ikkinchi odam yig'lamoqdan beri bo'lib.
— Ochiqroq ayting.
— Sening to'garaging bor ekan-ku maktabda. O'shanga ikkovimizniyam bolamiz qatnardi. Elyor bilan Sherzod, — dedi yoshi ulug'roq kishi.
— Yaxshi bolalar. Eng chaqqonlariyam shu ikkovi. Lekin bir oydan beri nimagadir kelmay qo'ydi. Bolalardan so'rasam, qaergadir o'qishga jo'natibsizlar…
— Hamma balo shunda-da, uka. Ular bilan birga sening karatengga qatnashadigan Abdulla ismli bola bor ekan-ku. Yoshi sal kattaroq, — dedi ko'zidan oqa boshlagan yoshini ro'molchasi bilan artgan yoshi ulug'roq kishi.
— Ha, bor edi, qo'shni rayondan…
Gapimni oxirigacha yetkazmasimdan ko'cha tomondan otam kelib qoldi. Darvozaxonadan bir oz biz tomonga qarab turdi-da:
— Eshqobil, senam bormisan, qaerdan kep qolding? — dedi jilmayib.
Eshqobil deganlari mening oldimga kelganlarning yoshi kattarog'i bo'lsa kerak. Lekin u otamga javob qilmadi. Boshini egdi, shuning barobarida ko'zidagi yoshini tag'in artib, burnini ham tortib qo'ydi. Otam bu odamning shunchaki kelmaganligini bildi chog'i, tez-tez yurib kelib Eshqobil akaning yelkasiga qo'lini qo'ygancha:
— Tinchlikmi, oshna? — deya so'radi hadik aralash.
— Boshimga tashvish tushib qoldi. O'zimning yog'imga o'zim qovurilib yuribman. Nima qilarimni bilmay ich-etimni yeb o'tiribman. Manavi, — dedi u yonidagi odamni ko'rsatib, — mening qo'shnim bo'ladi. Oti G'ani. Shu ikkovimiz bolalarimizni o'z qo'limiz bilan jahannamga tashlab qo'yibmiz.
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 7 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dedektiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar