наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:31
Kichkinagina g'or (o'ra deyish ham mumkin) yonida mashina turibdi. Mashinaning usti brezent bilan yopilgan. Enkayib bordim-da, mashinaning orqasiga biqinib olgancha g'orni kuzatdim.
Moychiroqning xira yorug'ida besh kishining gavdasi yaqqol ko'rinib turardi. Ne ajabki, ulardan ikkitasi ayol edi. Bundan ham ajablanarlisi, o'sha ayollardan biri qiyofasida men Chayonning “tilla baliqchasi” bo'lmish Shohsanamni tanidim…
Ko'zlarimga ishongim kelmas edi. “Qayoqdan kelib qoldi bu qiz, nega bularning orasida yuribdi? Chayonning changalidan qutulganiga hech qancha bo'lmadi-ku! Odam ham shunchalik tez o'tmishini unutib qo'yadimi?” degan o'ylar girdobida yaxshilab razm soldim. Ko'zlarim adashishini juda-juda istayotgan edim shu mahal.
— Oldik, — dedi davra qurib o'tirganlardan biri, — birinchi ovimiz baroridan kelganligi uchun ichamiz!
— Ichamiz! — dedi uning yonida o'tirgan “ov”i baroridan kelganlardan biri.
— Mening “zakuskam” boshqacha bo'ladi, — dedi uchinchisi.
Ularning hammasi qo'llaridagi piyolalarni baravariga ko'tarishdi. Uchinchi yigit nimani “zakuska” qilarkan, deb qarab tursam, u piyolasini “oqlab” bo'lgach yonida o'tirgan Shohsanamning labiga labini bosdi…
— Og'aynilar, — dedi u o'pichni nihoyalaganidan keyin, — bu bundan bu yog'iga meniki bo'ladi. Uylanaman. Mana, birinchi ovimiz haqqi-hurmati men buni xotin qilaman!
— Ho, — dedi ikkinchi qiz erkaklarnikiga o'xshagan guldurak ovozda, — osonlik bilan shunday ketvorgan narsaga ega chiqmoqchimisiz, yaxshi yigit?
— Men buni yaxshi ko'rib qoldim. Tamom, endi egasi menman. Oppoq qiz, tushundingizmi?
— Shunaqa deng, buni ko'ramiz hali. Har qalay, o'g'irlab ketmassiz?!
— He-he-he, kasbimizning oti nima? O'g'irlikmi? Odam o'g'irladik nima-yu, pul o'g'irladik nima? Foyda ko'rsak bo'ldi-da.
Ortiq ularning gaplarini eshitishga sabrim chidamadi. Qolaversa, menga hamroh bo'lib kelgan ikkala yigit yomg'irda ivib tamom bo'layozgandi. “Uchta yo'lto'sar yoniga ikkita qizni olib, o'zlariga in qurib olishibdi. Bularning to'rtinchi sherigi qaerga yo'qoldi ekan? Har qalay, bular yomg'irdan pana joyda maishat qilib o'tirib, u suvga tushgan mushukday tashqarida dovdirab yurmasa kerak”, degan xayolga borib yon-atrofni kuzatib chiqdim. Poyloqchi hech qaerda ko'rinmadi. Shunda guldurak ovozli qiz o'g'il bola kiyimida ekanligi e'tiborimni tortdi. To'rtinchi bosqinchi kim bo'lganligini darrov anglab yetdim.
Qo'qqisdan bostirib borganligim ishrat qilayotganlarni karaxt qilib qo'ydi. Bir zum hammasi menga baqraygancha qotib qoldi. Menimcha, ularning o'zlari avtobusga hujum qilishganida boshqalar xuddi shunday ahvolga tushgan bo'lishsa kerak. Shu yerda bir narsaga amin bo'ldim. Odam boshqalar bilan doimiy ravishda mushtlashib yursa, xuddi ko'knoriga o'rganganiday o'rganarkan. Ayniqsa, buni birinchi ikkita yigitni urayotgan mahal his etdim. Kuchimga yana qo'shimcha yovvoyi kuch kelib qo'shildi. Buning qanchalik dahshat ekanligini bir o'ylab ko'ring-a!
Biri chotini ushlagancha tipirchilib qoldi. Ikkinchisi yuziga tekkan mushtdan orqasiga quladi. Uchinchisi tashqariga ikki qadam bosganidan keyin yiqildi. Qizlar esa o'sha qotganicha qolishdi. Men Shohsanam xayol qilgan qizni o'rnidan turg'azib, yaxshilab basharasiga qaradim. Haqiqatan ham adashgan ekanman. Bu mutlaqo boshqa ekan.
Hovliqib yetib kelgan ikki hamrohim bosqinchilarning qo'llarini kishanlashdi. Keyin tintuv boshlandi. Bitta “Kalashnikov” avtomati va ikkita to'pponcha, ikki quti o'q-dori topildi. “Topildi” deyishim sal boshqacharoqday, aslida, qurollar qidirilgani ham yo'q. Shundoqqina bosqinchilar dasturxonining yonida turardi. Faqat yo'lto'sarlar karaxtlanib qolganlaridan qurol ishlatishga ulgurishmagan edilar. Tortib olingan pullarning qaerdaligini esa qizlarning o'zlari so'ramasimizdan burun aytib berishdi. Aftidan, ular qattiq qo'rqib qolishgan edi.
Orqaga “zo'ravon”larning mashinasida qaytdik. Rulga o'zim o'tirishimga to'g'ri keldi. Ikki marta “tulpor” sirpanib ketib hammaning yuragini yorayozganligini hisobga olmaganda, omon-eson bizni «Niva»da kutib turganlar yoniga yetib oldik.
Bahodir aka meni mahkam bag'riga bosdi-da:
— Rahmat, qarzingni darrov uzding, — dedi iljayib.
— Endi erkindirman, bemalol yurishim mumkindir?! — dedim kinoya aralash.
— Bo'lmasam-chi, kerakli odamga aylanding-qolding, — deya javob qildi Bahodir aka ham hazil aralash.
Uyga borganimda tun yarmidan oshgan edi. Lekin Barno uxlamabdi. Qaerdandir eski bir kitobni topib olib, o'qib o'tirgan ekan. Meni ko'rishi bilan o'rnidan sapchib turib bo'ynimga osilarkan:
— Endi meni bunaqa tashlab ketmaysiz-a, to'g'rimi? — deya yig'lab yubordi.
— Shungayam yig'laysanmi? Maslahatchi sifatida chaqirishgan ekan…
— Baribiram. Men qo'rqdim. Tinchgina yashaylik, xo'pmi?
— Sen hech narsadan xavotir olma. Bundan bu yog'iga hech kim bizning tinchligimizni buzolmaydi. Hali ko'rasan, kechasi bilan kelmasam ham xavotir olmay uxlayverasan.
— Hecham-da, — deb Barno teskari o'girilib oldi, — topvogandirsiz-da o'zingizga bittasini… Shunga kechasi bilan kelmayman, deyapsiz.
— Hech kim sening bir tola sochinggayam arzimaydi.
Maqtov kimga yoqmaydi deysiz. Barno ham darrov o'ziga keldi. Boshqa bu mavzuga qaytmay, qornim och-to'qligini so'radi. Ishonasizmi, uning gapidan keyingina ochlikda itni ortda qoldiradigan darajada ekanligimni sezdim. Bo'lmasa kechki ovqatni yeb uydan chiqqan edim. Menimcha, tog' havosining ta'siri bo'lsa kerak.
— Iloji bo'lsa tezroq, yo'qsa oshxonaga borib ovqatni qozon-pozoniga qo'shib yeb tashlayman, — dedim men.
Barno go'zal tabassumini menga hadya qilgach, tashqariga chiqdi…
Oradan bir qancha vaqt o'tdi. Barno ikkalamiz intiqib kutgan vaqt ham yetib keldi. Uni to'lg'oq tutdi. Bu paytda quyosh endi-endi ufqqa yonboshlay boshlagan, chug'urchuqlar chirillashib juftlarini inlariga chorlab, uxlash tayyorgarligini ko'rishayotgan edilar. Men esa oyog'i kuygan tovuqdayin tipirchilab qoldim. Barnoning ingrayotganligini ko'rib, unga qo'shilib yig'lab yuboray deyman, so'ng hovliga yugurib chiqaman, yana uyga kiraman. Mening bunaqangi tentirayotganligimni ko'rgan otamning fig'oni chiqib ketdi.
— Hov bola! — dedi baqirib. — Bor, moshina-poshina topib kel, dovdiramay!
Bizdan ikki uy narida Eshpo'lat aka yashar edi. Yoshi qirqlardan oshib qolgan, lekin ko'rinishidan o'ttizga kirganga ham o'xshamaydigan, nihoyatda xushchaqchaq, bironta iltimos bilan borsang, imkoni bo'lsa, yo'q demaydigan bu odamning “Moskvich”i bor edi.
— Sen uyingga borib, kelinni tayyorlab tur, hozir men yetib boraman, — dedi u iltimosimni eshitganidan keyin.
Men qanot bog'lab uyga yetib keldim. Barnoning to'lg'og'i avj olibdi. Uning jon alpozda baqirayotganligini eshitib badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Iloji bo'lganida uni o'zim ko'tarib tug'ruqxonaga yugurgan bo'lardim.
Hartugul Eshpo'lat aka ko'p hayallamadi. Darvozaga mashinani to'g'rilab, ketma-ket signal berdi.
Barnoni oppoq xalatli hamshiralar olib kirib ketishganlaridan keyin tashqarida yurak hovuchlagancha u yoqdan-bu yoqqa borib kelib yurdim. O'n besh, yigirma daqiqa, yarim soat o'tdi. Falonchi o'g'il yo qiz tug'di, deb hech kim aytmadi. Menga o'xshab uch-to'rt yigit yurgan edi, ularga tezda yangilik yetkazildi. Oppoq xalatli qizlar chiqib, suyunchisini olib ketishdi. Ammo menga qolganda… Men ham besh-olti so'm atab turibman… Barnodan keyin kelgan uchtasining xotini erini xursand qilib uyiga jo'natib yubordi. Nihoyat, ikki soatlar chamasi o'tganidan so'ng: “Tolipova Barnoning kimi bor?” — dedi oppoq xalatli hamshira oynali eshikni ochib, atrofga olazarak boqar ekan. Yuragim “shig'” etib ketdi. Axir boshqalarga: “Falonchayeva qiz tug'di!” deya quvonch bilan e'lon qilar edi hamshira. “Ishqilib, tinchlik bo'lsin”, degan o'yda, xuddi gunohkor odamday:
— Men, — dedim.
Nazarimda, ovozim juda past chiqqanday bo'ldi. Shu boisdan yana bir bor takrorladim.
— Yuring men bilan, — dedi oppoq xalatli qiz.
Uning birgina shu gapidan keyin men ado bo'layozdim.
— Tinchlikmi?!
— Tinchlik, sizni glavvrach so'rayapti, — dedi hamshira menga o'girilib, qoshlarini chimirar ekan.
Undan boshqa narsa so'ray olmadim. Qo'rqdim so'rashga. Bironta yomon gap aytib yuborsa o'zimni bosolmay qolishim mumkin edi.
Bosh vrachning xonasi tug'ruqxonaga kirilganidan keyin yo'lak bo'ylab chap tomonga yurilsa beshinchi eshik ekan. Bunday o'ylab qaralsa, bir daqiqaga ham qolmasdan yetib olinadi. Lekin nazarimda shunchalik uzoq yurdikki, ancha vaqt o'tib ketganday bo'ldi.
Ko'zoynagini peshonasiga qo'yib olib allambalo qog'ozlarni ko'rib o'tirgan bosh vrach menga ko'zi tushgan hamon o'rnidan ham turmay ro'parasidagi stolni ko'rsatib:
— O'tiring, — dedi mayin ovozda.
Uning yumshoqqina gapidan men battar titrab ketdim. Ko'nglimda Barnoga biron nima bo'lganligiga shubha qolmadi. Ich-etimni yeyayotgan esam-da, umid bilan oq xalatli kishi ko'rsatgan joyga omonatgina o'tirib, savol nazari bilan unga qaradim.
Bosh vrach shoshilmasdan qog'ozlarini taxlab, stolning bir chetiga qo'yganidan keyin menga yuzlandi:
— Uka, gap bunday, hozir xotiningizning oldiga kirasiz. To'g'risini aytsam, u tug'ishga ancha qiynalayapti. Bitta usul qoldi. Shuni qo'llab ko'ramiz. Agar shundayam o'zi tug'olmasa, operatsiya qilishga to'g'ri keladi…
— O'zi… o'zi yaxshimi? — dedim men do'xtir hali gapini tugatmasidan burun hayajonimni bosolmay.
— Yaxshilikka, yaxshi. Lekin tug'ish erkaklar o'ylaganchalik osonmas… Hozir gapni cho'zib o'tirmaylik. Men aytgan narsani qilasiz. Boshqa iloj yo'q. Tug'ib olsin, keyin hamma narsani tushuntirib beraman. Ungacha g'ing demay aytganimni qilib turasiz. Albatta, sog'lom xotin bilan bola kerak bo'lsa.
— Kerak!.. Kerak, do'xtir!
— Turing, ketdik.
Men o'sha damda nimalar sodir bo'layotganligini anglash ahvolida emas edim. Yuragimni qattiq qo'rquv egallab olgan. Ichimda xotinimning eson-omon ko'z yorishini Xudodan iltijo qilardim.
Tug'diriladigan xona yoniga borganimizdan keyin:
— Xotiningizning bosh tomonida turib, uning sochlarini silang, dalda bering. Hammasi osongina o'tib ketishini aytib turing. Tushundingizmi? — dedi do'xtir.
Men “ha” degandek boshimni qimirlatdim.
— Unda ichkariga kiring, esingizdan chiqarmang, bola bilan xotin ko'proq sizga kerak.
To'rt devoru poli kafellangan sovuqtob xonaning derazaga yaqinroq joyidagi maxsus yelim karavotda Barno shiftga qaragancha ingrab yotar, uning yonida semizdan kelgan (to'lachadan emas, aynan semizdan kelgan), yoshi qirqlar atrofidagi oq xalatli ayol:
— Ering bilan birga bo'lishni qotirasan. Tug'ishga kelganda… — deya baqirib men tomonga qaradi-yu, qoshlari chimirilib ketdi.
Yaxshiki orqamdan bosh vrach kirib kelgani, yo'qsa kim biladi bu ayol meni boshqa yelim karavotga yotqizib tashlarmidi. Uning birgina qosh chimirib qarashidan nihoyatda qahrli ekanligi shundoqqina ko'rinib qolgandi.
Bosh vrach yelkamdan turtdi. Turtki mazmun-mohiyatini tezda ilg'ab, Barnoning tepasiga bordim-da, yuzlari-yu sochlaridan siladim.
— Hammasi yaxshi bo'ladi!.. Darrov o'tib ketadi… Hech narsadan qo'rqma, men yoningdaman!..
Bunga javoban Barno ingradi. Yuzi shunchalik ayanchli tus oldiki, yig'lab yuborayozdim. “Yo Xudo, o'zing ko'mak ber! Agar shunaqa bo'lishini bilganimda mutlaqo yukli qilmagan bo'lardim”.
— Bo'yin tomirlarini silang, — dedi qahri qattiq ayol menga.
— Hozir, bir minutga qolmay o'tib ketadi, qiynalmaysan ham, — deya dovdiragancha ayol aytgan yumushni bajara boshladim.
O'sha lahzada Barnoning tepasida Qozog'iston cho'lida yo'liqqan, so'ng Bo'riboy cholning jasadi ustida ko'rinish bergan kampir paydo bo'ldi. Yuragim tovonimga tushib ketayozdi. Titroq bosdi. Peshonamdagi ter qoshim oralaridan o'tayotganida u yerdagilarni ham o'ziga qo'shib kattalashganidan keyin, kipriklarim orasini yorib o'tib ko'zimga tushdi va u yerdan yosh bo'lib oqib chiqdi.
Kirayotganimda sovuqdayin tuyilgan xona nihoyatda isib ketganday bo'ldi, nafas olishim qiyinlashdi. “Nahot endigi safar bu kampir jon olgani kelgan bo'lsa?!” degan sovuq o'y miyamga urilib, uni haydamoqqa shaylandim.
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 7 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar