наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:30
Bir haftadan keyin Bahodir aka meni yoniga chaqirdi. Bu paytga qadar otam ancha o'ziga kelib qoldi. Garchi otamning o'zi nima voqealar ro'y berganligini so'ramagan bo'lsa-da, o'zim yotig'i bilan, qog'ozga o'rab, voqeaning janjal qismini qisqartirib, Barnoga tegishli joylarini olib tashlab gapirib berdim. “Unda gapirgilik nimasi qoldi?” dersiz. Gap topildi. Sinfdosh do'stimni men yomon yo'ldan qaytarmoqchi bo'lganman. Naqadar balandparvoz gaplar-a! Lekin vaqti kelsa, shunaqangi gaplar ham kerak bo'lar ekan. Xullas, otamning bir oz bo'lsa-da, ko'ngli joyiga tushdi. Bahodir akaning yoniga borayotganligimni esa aytmadim. Bir jo'ramnikida ishim chiqib qolganligini bahona qilib uydan chiqib ketdim.
Bu safar meni mayor ochiq yuz bilan qarshi oldi.
— Tinchgina yuribsanmi? — deya so'radi men bilan ko'rishganidan keyin. — Yoki boshqa “bayram”ni tayyorlashni o'ylayapsanmi?
— O'zim bayram bo'p qolganman, aka, — dedim men unga.
— Ha, senga o'xshagan odamning oddiy hayotga ko'nikishi og'ir bo'ladi. Agar uch-to'rt yil o'zingni ushlab yursang, boshqalardan farqing qolmaydi. Lekin bunaqa bo'lishini hatto men xohlamayman. Zerikarli hayotning kimga keragi bor, to'g'rimi?
Men indamay boshimni qimirlatib, uning gapini tasdiqladim.
— Endi ishga o'taylik, — deya u gapini davom etkazdi. — Jo'rang qulog'ini ushlab ketadi. Hayronman, nimaga ishonib shunaqa ishlar qilib yuribdi? Anavi akaxoni umuman hech narsani bo'yniga olmadi. “Men unaqangi bemaza bolani mutlaqo tanimayman”, deb turib oldi. Nokaslikni qara, ancha-muncha tanishlari bor ekan, birortasini ham aralashtirmadi. Hechqisi yo'q. Hali uniyam vaqti-soati keladi. Jo'rangam bir balo qilib yo'lini topib ketadi. Lekin uyidagilarga qiyin bo'ldi… Mayli, qo'yaver u yog'ini, sening masalangni nima qilamiz?
— Men bironta ayb ish qildimmi?
— Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda… Hazil. Jiddiy masalaga kelsak, oshna, bizam robotmasmiz. Bola-chaqa bor, xotin bor, shularning oldida yallo qilib yurishni xohlaymiz. Hozir hamma o'zini biznesga urib ketdi. Kimni ko'rma — tadbirkor. Nima, shular qilgan ishni biz eplolmaymizmi? Eplaymiz. Undan keyin odamlarning tinchligini kim saqlaydi? Zo'ravonlarning oshig'i olchi bo'p ketadi-ku. Shuning uchun kerak bo'lsa, uxlamasdan ishlashimizga to'g'ri keladi… Bularni aytishimdan maqsad: endi sen ham o'zingni taroziga solma…
Men o'zimni go'llikka solib, Bahodir akaga savol nazari bilan qaradim. Vaholanki, nima demoqchi ekanligini juda yaxshi bilardim.
— Senga qilgan yaxshiliklarimni aytib o'tirmayman. Minnat bo'p qoladi. Qisqasi, opergruppaga qo'shilasan… Qo'rqma, har kuni ishga kelishing shart emas. Anavi kinolar bo'ladi-ku, hah sabil qolgur, oti nimaydi?.. Shoshganda labbay tilga kelmaydi. Shu-da, ishqilib, kaskadyorlar o'ynab beradi eng qiyin joylarini. Senam xuddi shunday qilasan. Mabodo, hecham unday bo'lmasin-u, lekin oddiy odamning bajarishi qiyin ish chiqib qolsa, yordamga kelasan. Yo'q demassan, har qalay, shu o'rtada senam nafas olasan. Tirikchilik qilasan. Tinchlik seniyam qiziqtirsa kerak?
— Agar shunaqa bo'lsa, mayli.
— Ana, kelishib oldik.
Bahodir akaning yonidan chiqqanimdan keyin men bajarishim kerak bo'lgan ish umuman bo'lmasa kerak, deb o'ylagan edim.
Xato qilgan ekanman, oradan o'n besh kun o'tmasdan kechki ovqatni endi yeb bo'lganimda “elchi” kelib turibdi. Yaxshiki, otamga meni militsiyaga ishga olishganini aytib qo'yganim (albatta oddiy xodim sifatida, aslida nimani bajarishimni bilganida hech qachon otam rozi bo'lmasdi. Shuningdek, Barno ham), yo'qsa, “bu bola yana biron nima boshlabdi”, deb o'ylab, qon bosimi tag'in oshib ketishi mumkin edi.
Mashinaga chiqayotganimda ortimdan Barno mung'ayib qarab qoldi. Xuddi meni oxirgi marta ko'rayotganday. Ichikdim. O'yladimki: “Ishqilib, mendan xavotir olaverib bolani bir balo qilib qo'ymasaydi…” Shu o'y xayolimga kelganidan shaytonni so'kdim. Xayolimdan hamma bemaza narsalarni chiqarib tashladim.
Yaxshi bir odatim bor. Buni hali aytmagan edim. Yomonroq narsa xayolimga kelib qolsa, birdan moviy dengizni, suzayotgan delfinlarni ko'z oldimga keltiraman. Xuddi ular bilan birga suzayotganday his qilaman. Shu bilan xayolimga ega chiqmoqchi keraksiz narsalar nari suriladi. Hozir ham dengizu, delfinlar “yordam”ga keldi.
— Bahodir aka voqea joyida kutib turibdi, — dedi haydovchining yonida o'tirgan, to'lacha, sariq mo'ylov militsioner.
Men “tushunarli” degandek boshimni irg'ab qo'ydim. Shu bo'yi biz jim ketdik.
Militsionerlarning qovoqlari soliq edi. Demakki, o'ta jiddiy bironta hodisa ro'y bergan. Aks holda, har xil jinoyatlarni ko'raverib diydasi qotib ketgan bu odamlar, hech bo'lmaganda, o'zaro gaplashib ketishardi.
Mashina rayon markazidan o'ttiz chaqirimcha uzoqlashganidan keyin qizil “Ikarus” avtobusining yonida to'xtadi. Avtobus atrofida yigirmadan ziyod odam va anchagina militsiya kiyimidagilar o'ralashib yurishardi.
— Yaxshiyamki, uyingda ekansan, — dedi Bahodir aka meni ko'rishi bilan salom-alik ham qilmasdan. — Avtobusning dabdalasini chiqarib ketishibdi.
— Kim? — dedim men avtobusga qarar ekanman.
— Kimligini bilganimda seni chaqirib ham o'tirmasdim. Qisqasi, to'rt kishi avtobusni to'xtatgan, ulardan biri militsiya kiyimida bo'lgan. Hammasi qurollangan, — shunday deb Bahodir aka asabiy holda yerga tupurdi. — Menimcha, kimdir bu avtobusda savdogarlar ketayotganligini ularga aytgan. Yoki ularning o'zlari buni oldindan bilgan. Xullas, qurol o'qtalib, hamma savdogarning bor-yo'g'ini tortib olishgan… Bitta baquvvatroq yigit bor ekan, qarshilik ko'rsatibdi. Padaringga la'natlar, otib tashlashibdi. Yaxshiki, ikkala o'q ham yalab o'tibdi. Tirik qolgan… Xullas, voqeaning qisqacha tafsiloti shu. Hozir qorong'ida ko'rinmaydi. Mana bu tomonda, — deya mayor qo'li bilan sharq tomonni ko'rsatdi, — tog' bor. Menimcha, unga yetguncha qirq-ellik kilometr yo'l bosish kerak. Qora “Jiguli”da bosqinchilar shu yoqqa ketishgan.
— Qancha vaqt o'tdi? — deya so'radim boshini ushlab o'tirgan, yo'lto'sarlarning go'rlariga g'isht qalab yig'layotgan, tinimsiz sigareta chekayotgan odamlarga bir-bir qarar ekanman.
— Ikki soatcha.
— Yashirinishga ulgurishgan. Hozir borishimiz befoyda.
— Shunaqa deb o'ylaysanmi? Menimcha, unchalik ham uzoqqa ketishga ulgurishmagan. Chunki hamma GAIlarga allaqachon xabar jo'natilgan. Buni ular ham yaxshi bilishadi, shuning uchun katta yo'lga chiqisholmaydi. Toqqa borguncha bironta ham qishloq yo'q. Undan naridayam. Demakki, birorta uyga yashirinishning iloji ham yo'q. Hammayoq yalanglik. Moshina chirog'i uzoqdan ham ko'rinadi… Xullas, uka, tavakkal qilish kerak, izi sovimasdan orqasidan tushish kerak. Sen bilan birga to'rtta kishi ketadi.
— Ketdik unda, — dedim men.
— Zarurat tug'ilib qolsa, ishlatasan, — deb Bahodir aka qo'limga lattaga o'ralgan to'pponcha tutqazdi. — Buni senga bo'ynimga juda ko'p narsani olib berayapman. Agar birov senga qurol berganimni bilib qolsa, kallam ketishi aniq. Shuning uchun, iltimos, juda zarur bo'lmasa, buni ishlatma. Keyin ularning hammasi tiriklayin qo'lga tushishi zarur.
— Men bilan bilan birga borayotganlarda bormi bu matohdan? — deya so'radim iloji boricha jilmayishga harakat qilib.
— Bor.
— Unda buni o'zingizda qoldiravering. Kerak bo'p qolsa, o'shalarnikidan foydalanamiz.
Toqqacha bir soatdan ziyod yurdik. O'nqir-cho'nqir, tuproq yo'l gohida soyga enar, balandga chiqar, ba'zan mashina toshlar ustida shunaqangi dukirlay boshlar ediki, iching to'kilib qolishi hech gap emas. Bunaqangi yurishda atrofni kuzatib borish, yo'lto'sarlar ortidan quvish u yoqda tursin, toqqa yetib olishning o'zi katta qahramonlik edi.
Nihoyat qop-qora bo'lib ko'rinib turgan toqqa yetib bordik. Yo'l tugadi. “Endi qayoqqa boramiz?” degandek haydovchi mashinani to'xtatib, menga qaradi.
Men mashinadan tushdim, hammayoq zimiston, hech narsa ko'rinmaydi.
— Kelayotganimizda yonga ketadigan bironta yo'l ko'rmadinglarmi mabodo? — deya so'radim mashina ichida o'tirganlardan.
Ular bir ovozdan: “Ko'rmadik”, deya javob qaytarishdi. “Qayoqdan ham ko'rishsin, — deya o'yladim men o'zimning bergan savolimga o'zimning kulgim qistab, — atrofiga qarasa ko'radi-da”.
— Orqamizga qaytganimiz ma'qul, bu tomonlarga kelishmagani aniq, — dedi mashina orqasida o'tirganlardan biri.
— Baribir atrofni bir ko'zdan kechiraylik, balki bironta yo'l bordir, — dedim men.
Shu gapimdan keyin haydovchi mashinadan tushdi-da, mening yonimga kelib:
— Ikki kishidan bo'lib bo'linamiz-da, ikki tomonni ko'rib chiqamiz, mashina yurishi mumkin bo'lgan yo'lni topib olsak, bo'ldi. Shu yoqqa qarab yuramiz, — deb maslahat ohangida so'z qotdi.
Maslahatlashganimizdan so'ng haydovchi mashinada qoldi. Biz to'rtalamiz ikkiga bo'linib, ikki yoqqa ketdik.
Qo'l chiroqda yerni yoritib yaxshilab qarab ketdim. Hamma yoq tosh bo'lganligi uchun hech qaerda iz ko'rinmasdi. “Agar shu yerga kelishgan bo'lishsa, albatta bironta iz bo'lishi kerak. Uchib ketishi mumkinmas”, deya o'ylar edim. Adashmagan ekanman. Tog' yonbag'irlab bir oz yurganimizdan keyin ozgina tuproqli joyda mashina g'ildiragining iziga ko'zim tushdi.
— Bo'ldi, — dedim yonimdagi sherigimga, — ular shu tomonga yurgan. Demak, oralarida bu yerlarni yaxshi biladigan odam bor.
«Niva» yoniga qaytib keldik. Bizga qarama-qarshi tomonga ketgan ikki militsionerni ham chaqirib oldik-da, yana yo'lga tushdik.
Yo'l asta-sekin tog' orasiga boshladi bizni. Adashmasam ikkita soylikdan o'tganimizdan keyin jildirab oqayotgan irmoq ro'paramizdan chiqdi.
— Shu yerda to'xtating, — dedim men haydovchiga.
O'zim eshikni ochdim-da, pastga tushdim. Tog' boshlangan joyga nisbatan bu yer ancha salqin ekan. Etim junjikdi. Shunday esa-da sekin jilg'aning oldiga borib, undan narini qo'l chirog'im bilan tekshirdim. Yo'q, bu yerdan mashina o'tmagan. Agar o'tganida, jilg'aning narigi tomonidagi toshlar ho'l bo'lardi. Nam havoda ularning ikki soat ichida qurib ketishi mumkin emas. Balki adashayotgandirman. Toshlar allaqachon qurishga ulgurgandir. Lekin ichki bir sezgim buni inkor etib turar, negadir yo'lto'sarlarning bu jilg'ani kechib o'tmaganligiga ishonchim komil edi. “Juda aqlli ish qilingan; hamma narsaning yaxshigina hisobini olgan odam ularni boshqarib yuribdi”, deya o'yladim. Va birdan ortimga qaytib, boyagina chetlab o'tilgan qoyaning yoniga bordim. Buni qarangki, aynan qoyaning biz kelgan tomonga ko'rinmaydigan, ya'ni orqasida bitta mashina bazo'r sig'adigan so'qmoq bo'lib, u boshqa soy tomonga olib ketar edi. Lekin ro'parada qop-qora bo'lib ko'rinib turgan ulkan qoya yo'lning uzoqqa bormasligidan dalolat berib turardi (Oysiz tunda qoyani birdaniga ko'rish mushkul edi. Faqat diqqat bilan qaralsa, uning qop-qora “jussa”sini payqash mumkin bo'lardi).
— Ikki kishi shu yerda qolsin. Qolganlar men bilan boradi, — dedim mashina ichida sigareta tutatib o'tirgan sheriklarimga (Darvoqe, biz haqiqatan ham sherik edik. Maqsadimiz bir bo'lganidan keyin, sherik bo'lamiz-da).
Garchi Bahodir aka ularga: “Shu bola nima desa, gap-so'zsiz bajarasizlar”, degan esa-da, mening buyrug'im militsionerlarga bir oz erish tuyildi. Ehtimolki, oralarida “kim bo'libsan-u, bizga buyruq berasan”, deya o'ylaganlari ham chiqar. Biroq bu haqda bahslashib o'tirishning mavridi emasdi. Shu boiski, istar-istamay, ensasi qotib mashinadan tushgan yigitlarning qovoq-tumshuqlariga e'tibor bermadim.
Yo'l asta-sekinlik bilan yuqorilab borar, bu yurishni qiyinlashtirardi. Bu ham kamday yomg'ir tomchilay boshladi. Avvaliga men bilan birga ketayotgan ikkala yigit ham asta-sekin ortda qola boshlashdi. Ochig'i, ularga ichim achidi. Bir xayolim: “Shu yerda poyloqchilik qilib turinglar”, deya qoldirmoqchi ham bo'ldim. Keyin o'ylab qarasam, agar bunaqangi salqin havoda yurib turishmasa, sovuq qotishi mumkin ekan. Shu boisdan ham indamadim.
Yomg'ir tezlasha boshladi. Osmonga bir qarab oldim-da, “sen kamlik qilib turganding-da”, deya ko'nglimdan o'tkazib qo'ydim. Yaqin-atrofdan birorta panaroq joy qidirib ko'rdim. Bizdan yigirma qadamcha narida nimadir qorayib ko'rindi. “Balki, yomg'irdan yashirinadigan joy bordir”, degan o'yda qadamimni tezlatdim. Ammo to'satdan yangragan qahqaha ovozi meni joyimda to'xtatib qo'ydi. Sekin ortimga burilib, boshlarini eggancha oyoqlarini bazo'r sudrab bosib kelayotgan sheriklarimga qo'lim bilan “to'xtanglar” ishorasini qildim. Lekin ular ko'rishmadi. Boshlarini egib olgan bo'lsalar, qayoqdan ham ko'rishsin. Qaytanga meni urib o'tib ketishlariga oz qoldi.
— Tiss, — dedim ko'rsatkich barmog'imni labimga qo'yib past ovozda, — yetib kelganga o'xshaymiz.
Yigitlarning ikkalasi ham birdan yonlaridan to'pponcha chiqarishdi.
— Sizlar shu yerda turib turasizlar, men sekin borib ko'rayin-chi, — deb tayinladim-da, o'zim oyoq uchida yurib, ovoz kelgan tomonga yaqinlashdim.
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 8 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar