наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 26
Гостей: 26
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:29
Xotinim bir oz o'ziga kelib olganidan keyin Xosiyat opani so'roqqa tuta boshladi. Endi angrayish navbati Xosiyat opaga kelgan edi. U butunlay esankirab qolgan, qizargan ko'yi bir menga, bir Barnoga qarar, keskin-keskin savollarga nima deb javob qilishni bilmay garang edi.
— Bu uyga qaytib oyog'ingizni bosmang, opa! — dedi Barno nihoyat Xosiyat opaning almoyi-aljoyi javoblarini eshitganidan keyin. — Men sizni butunlay boshqacha ayol deb bilardim.
Xosiyat opa xuddi shuni kutib o'tirgan shekilli, o'qday otilib uydan chiqib ketdi.
— Meni kechiring, — dedi Barno u ketganidan keyin sekin meni quchib, — dilingizni bilmasdan og'ritib qo'yibman. Endi soddalik qilmayman.
Men yengil nafas oldim-da, xotinimning yuzidan o'pib qo'ydim.
* * *
Shu kundan boshlab kechalari Nuralining uyini kuzata boshladim. Uning qaysi paytlari, kimlar bilan uyiga qaytib kelishini aniqladim. Albatta, bunaqangi sarsongarchiliklarsiz ham osongina uni tinchitib qo'yishim mumkin edi. Lekin nimagadir bunaqa qilgim kelmadi. Iloji boricha uning o'zi o'z oyog'i bilan tuzoqqa ilinishini istayotgandim. Buning uchun ozgina “yordam” berib yuborsam yetarli edi. U menga qarshi qancha pastkashlik qilgan bo'lmasin, baribir og'irroq jazo qo'llashga ko'nglim bo'lmayotgandi.
Nurali meni uzoq kuttirmadi. Poyloqchilik qilishimning to'rtinchi kuni u shefi bilan birga keldi — “Jiguli”da. Ular mashinadan tushishdi-da, yo'l bo'yida ancha vaqt gaplashib turishdi. Ora-sira “vokzal”, “ertaga” degan so'zlar ishlatildi. Shundan bildimki, yana “yuk” jo'natilishi mo'ljallanyapti.
“Nachora, mening gaplarimni qulog'ingga olmading. Endi boshqalar seni tarbiyalab qo'yishadi”, deya o'yladim-da, hali ular tarqalishmaslaridan burun uyga ketdim.
Nurali va uning yigitlari (bu paytda u atrofiga odam to'plab ulgurgan edi) shunaqangi qo'pol, sodda ish qilishardiki, har qanday odam ko'rib qolsa, ularning nima ish bilan shug'ullanishayotganini bilib olar edi. Vaqtning allamahalga yetishini kutib o'tirmadim-da, vagonning orqa tomonidan ularning yoniga bordim. Buni qarangki, to burnining tagiga yetgunimcha birontasi ham sezmadi. Bir xayol: “Balki men adashgandirman. Bu safar ular qoradori jo'natishmayotgandir. Shunchaki piyoz-miyoz yuklashayotgandir”, deb o'yladim. Yo'q, adashmagan ekanman. Kichik-kichik qutilarni vagonga yuklashmoqda edi ular.
— Hormanglar, yigitlar, — dedim iljayib, ularning ko'ziga ko'rinarkanman.
To'rtta yigiti bilan birga Nurali haykalday qotib qoldi. Birining qo'lidagi quti tushib ketdi.
— Mabodo qiynalib qolgan bo'lsanglar, yordamlashib yuborayin deb keldim, — dedim men yana o'zimni go'llikka solib.
— Qaysi go'rdan paydo bo'lding? — dedi nihoyat Nurali hushini yig'ib olgach.
— Ochiq mozordan.
— Bu yerda senga pishirib qo'yibdimi?!
— Shunaqa bo'lsa kerak-da. Shashlikning hidi kelaverdi. Ishtaham ochilib ketdi. Boray-chi, biron nima…
— Itdan bo'lgan! Hech sendan qutulmas ekanman-da! Qaerga borsam oyog'imning ostidan chiqasan! — dedi Nurali ovozini bir parda ko'tarib, keyin yigitlariga qaradi: — Tinchitinglar buni!
Nurali shunday buyruq bergach, o'zi mashinaga o'tirdi.
Yigitlar amrni kutib o'tirishgan, shekilli, birdaniga to'rtalasi ham menga tashlanishdi. Bittasining ozgina u yoq-bu yoqdan xabari bor ekan-u, lekin qolgan uchtasi dehqoncha urishishdan narini bilmas ekan. Shu boisdan rosa ermak qildim. To'g'risi, ancha ayadim. Imkon darajasida yumshoq urishga harakat qildim.
Bir payt qarasam, Nurali mashinani yurgizib, juftakni rostlash tayyorgarligini ko'rayapti. Bu paytda uning yigitlaridan ikkitasi yerda yumalab yotar edi. Qolgan ikkitasini ham ermak qiladigan bo'lsam, Nuralining qochishga ulguradigan cho'ti bor. Avval u yoq-bu yoqqa sakrayotganining iyagiga pastdan tepki tegdi, sherigi esa oddiy mushtdan quladi. Shundan keyin yugurib borib, mashinani orqaga haydayotgan Nuralining yoniga yetib oldim. Eshik qulf, oyna ko'tarilgan. Yerdan tosh oldim-u, oynani sindirib qo'ya qoldim.
— Sen mening jo'ramsan-ku, ikkalamiz shuncha birga o'qiganmiz-ku! Undan ko'ra, mashinaga o'tir. Qochib qolamiz! — dedi u qo'rquvdan ovozi qaltirab.
— To'xtat moshinani! — deya baqirdim unga.
U ahmoq esa gazni bosdi. Mashina oldinga siltandi. Men o'zimni chetga olib qoldim. Shu ondayoq qarsillagan ovoz eshitildi — mashina oldinda turgan betonga urilgan edi. Shartta eshikni ochdim. Nurali rulga boshini qo'ygancha qimirlamay o'tirardi. Darrov uning bo'yin tomirini tekshirdim. Yuragi baloday urib turibdi. Keyin uni mashinadan sekin tushirdim.
Peshonasini oynaga urib olgan, shekilli, qon oqmoqda edi. Shu payt vokzal idorasi tomondan shovqin eshitilib qoldi. Qarasam, uch-to'rtta odam biz tomonga yugurib kelayapti. Nuralini yerga yotqizib, o'zim pana joyga yashirindim.
Birpasda hamma yoqni vahima bosib ketdi. Odamlar soni ham ortib boraverdi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan militsiya, undan keyin “Tez yordam” mashinasi yetib keldi. Men ularni yashiringan holda kuzatishda davom etdim. Nurali va uning yigitlari “Tez yordam” mashinasida olib ketilganidan keyin ochiq turgan vagonni tekshirgan militsionerlar yashirilgan nashani ham topib olishdi. Shundan keyingina men uyga ketdim.
O'zim kutganimday, ertasiga hali tong otmasidan militsiya mashinasi uyimizning oldiga kelib to'xtadi. Otam bilan Barno hali uyg'onmagan, men esa hovlida yurardim. Mashinani ko'rishim bilan ko'cha tomonga yurdim. Shu bois meni militsionerlar chaqirib ham o'tirishmadi.
— Qani o'tir-chi, — dedi Bahodir aka stolni ko'rsatib. — Nimalar qilib yuribsan, bir boshidan gapir. Har qalay, oromimni buzib keldim. O'tgan safar hech qanaqangi so'roqqa tutmagandim. Chol o'lganida sen taxtaga borgansan. Bu safar vokzalda nimangni yo'qotganding? Barini bitta-bitta, hech narsasini qoldirmasdan gapir. Bitta iltimosim — yolg'on gapirma.
— Xo'p, — dedim-da, bo'lib o'tgan voqeaning hammasini gapirib berdim.
Faqat Barno bilan bog'liq gaplarni qo'shmadim. Gaplarimni diqqat bilan eshitib o'tirgan mayor cho'ntagidan sigareta olib tutatdi-da, o'ylanib qoldi.
— Shartmidi ular bilan mushtlashishing, bizga telefon qilib aytib qo'ysang olam guliston edi-ku. Sen chetda qolarding, — dedi bir ozdan so'ng.
— Unday qilganimda sotqinga aylanardim. O'zimni-o'zim kechirolmasdim, — dedim men.
— Lekin o'sha Nurali jo'rang seni sotdi-ku. Bizni Sobir mana shu ko'yga soldi, dedi-ku.
— Mayli, u nima desa shuni desin. Lekin men qilolmayman bu ishni!
— Endi masalaning ikkinchi tomoni, — deb Bahodir aka qo'lidagi sigaretasini kuldonga ezg'iladi. — Topilgan qoradorini jo'rang sening bo'yningga ag'darib turibdi. Sen ularni mashinada majburlab olib borgansan. Keyin nashani vagonga yuklatmoqchi bo'lgansan. Ular sening “uchirib” olmoqchi bo'lganingdan foydalanib qochishga tushgan, lekin sen o'zingning jismoniy imkoniyatingdan foydalanib, hammasini ushlab olib obdon do'pposlagansan. Hatto mashinaga minishga ulgurgan Nuraliniyam to'xtatib qolishga…
— Sizga ularning hammasi shunaqa deyishdimi? — dedim men o'zimni bemalol tutib.
Chunki Nuralining shunday deyishi mumkinligini avvaldan bilgan edim.
— Hammasimas, jo'rang jo'rang shunday dedi.
— Siz ishondingizmi?
— Ishonganimda so'roq boshqacha bo'lardi. Sen bilan men bunaqa qilib kabinetimda o'tirmagan ham bo'lardik. Aqling bor, bu yog'ini o'zing juda yaxshi tushunib olasan.
— Men endi nima qilayin?
— Senga bitta maslahat, uka, bunaqangi narsalarga ikkinchi aralashma. Narkotik bilan shug'ullanmasa undan nariga. Vaqti-soati kelib har kim qilgan ishi uchun javob beradi. O'tgan gal ham yo'l-yo'rig'ini qilib senga nisbatan “ish” ochib yuborishim mumkin edi. Lekin qilmadim. Bunisi ikkinchisi. Hozir ham dalil topaman desam, tiqilib yotibdi…
Men unga hech narsa demadim. Deydigan gapning o'zi yo'q edi. Bahodir akaning gapidan qilmoqchi bo'lgan ishlari sezilib turardi. Lekin u nega menga bunchalik muruvvat ko'rsatayotganligini tushunolmayotgan edim. U bilan oldi-berdim yo'q. Buning ustiga qarindosh ham emasmiz. Nima maqsadda mening yonimni olayapti? Ana shu narsa meni o'ylantirib qo'ygandi.
— Bo'pti, hozir mening vaqtim yo'q. Uyingga ketaver, hali sen bilan yana gaplashamiz, — dedi u va qo'lini uzatdi…
* * *
Uyga borsam, hamma yoqni vahima bosib ketibdi. Barno o'zini qo'yarga joy topolmay tipirchilab yuribdi. U meni ko'rishi bilan tutaqib ketdi.
— Qaerlarda yuribsiz?! Odam ham shunaqa bo'ladimi? Indamasdan ketib qolibsiz. Qo'shnilar sizni militsiya olib ketishganligini aytishganidan keyin yuragimiz chiqib ketdi. Otam yo'lga chiqqandi. Davleniyasi oshib ketib yiqilib qolayozdi…
— Qani otam?! — dedim Barnoning gaplarini oxirigacha eshitishga sabrim chidamay.
— Uyda yotibdi. Kiring tez! — dedi xotinim yig'lamoqdan beri bo'lib.
Категория: O'limga mahkum qilinganlar | Просмотров: 11 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dediktiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar