наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 53
Гостей: 53
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:15
To'rt misra she'r alami





Esimda, o'shanda uch yoshda edim. Dadamning beshta xotini bo'lib, onam ikkinchisi edi. Kunlarning birida dadam meni yoniga chaqirdi. Bir tizzasiga meni, ikkinchisiga o'gay ukalarimdan birini o'tqazdi-da, so'radi:

— Xo'sh, bolalar, kim meni she'r aytib xursand qiladi?

Suyunib ketdim. Dadamga men ham she'r bilishimni ko'z-ko'z qilgim kelib birinchi qo'l ko'tardim.

— Qani, boshla!

Men bir muddat taraddudlanib turdim-da, she'r ayta ketdim.

— Chirog'imiz piligi,

Pastga qarab tortadur.

Nega dadam bizlarga,

Ters burilib o'tadur?..

She'r aytishdan to'xtaganim hamono kutilmagan hodisa yuz berdi. Dadam meni zarda aralash tizzasidan tushirdi va shunchalar kuchli nafrat bilan qaradiki…

Men ko'zlarimdan duv-duv yosh oqqancha yugurib chiqib ketdim…

O'sha-o'sha qalbimning bir chetida dadamga nisbatan nafrat uchqunlaydigan bo'ldi. Chunki men hech qachon o'zim dunyoda hammadan ko'proq yaxshi ko'radigan dadamdan bunday munosabatni kutmagandim.





Qurtlagan olma





Oradan yillar o'tdi. Mastura degan jajjigina singlimning bir kuni olma yegisi kelibdi. Nima qilishni bilmay, singlimni ergashtirgancha yana dadam yashaydigan uy tarafga o'tdim. Hovlisida olma daraxti bor edi. Tagiga bir donagina qizil olma to'kilibdi. Shosha-pisha qo'limga oldim. Olmaning yarmisi qurtlagan ekan. Singlim qurtlaganiga-da qarab o'tirmay, olmani tortib oldi va ishtaha bilan yeya boshladi. Shu tobda qaerdandir dadam paydo bo'ldi. Men undan sog'inch izhorlarini, singlim ikkimizni quchib erkalashlarini kutib qizardim. Afsuski, bu gal ham umidlarim sarobga aylandi.

— Senlar isrofgarchilikdan boshqasiniyam bilasanlarmi o'zi? — o'shqira ketdi dadam. — He yo'q, be yo'q olmaga tosh otishga uyalmaysanlarmi? He zumrashalar!..

Bunisi endi oshib tushdi. Unga yig'lamsiragancha qarab turdim-da, daf'atan singlimning qo'lidagi qurtlagan olmani olib tomorqaga irg'itdim va Masturani yetaklagancha uyga kirib ketdim…

O'lay agar, hozir yoshim 18 ga yetgan bo'lsa-da, aniq bilaman. Dunyoga kelib hali o'zim pushti kamaridan bo'lgan dadamdan ko'rganlarimni o'zgalardan ko'rmadim.

Ishqilib, hech kim o'z ota-onasidan hech qachon yomonlik, alam, nafrat ko'rmasin!
Категория: Hayotiy | Просмотров: 25 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar