наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 50
Гостей: 50
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

17:10
Ziyoning xotini o'lganiga besh oy bo'lgandi. U mana shu davr ichida qanday kunlarni boshidan kechirgani o'zigayu yolg'iz Yaratganga ayon. Ayniqsa, qorong'i tunlardagi zadaliklarini aytmasa ham bo'ladi. Yolg'izlikning uqubatlari erkakni sinovdan o'tkazar, dunyoni ko'ziga bir tutam qilardi.

Xudo rahmat qilgur Ziynat aqlli ayol edi. Tuzukroq savodi ham bo'lmagan eriga ro'zg'or ikir-chikiridan tortib, xo'jalik yumushlari-yu, ko'chadan rizq topib kelish yo'llarigacha muallimlik qilardi. Bir ko'rgan odam bu xotin «Sho'rlik erkakni rosa minib olgan, shekilli», degan xulosaga borishi hech gap emasdi. Biroq Ziynat o'sha odamlarning aytganicha emas, bor-yo'g'i uyim-joyim deydigan, tadbirli, rom yasovchi oddiy bir erkakni ustalik darajasiga yetishishida mehnati singan, ko'cha-ko'ydagi kosasi oqarmagan, dangasa ulfatlariga qo'shilishiga tish-tirnog'i bilan qarshi bo'lgan vijdonli ayol edi. Ziyo xotinining aqlu farosatiga doimo tahsin o'qir, jin urgur, ba'zi bir aqli yetmagan masalalarni ham u bilan oson yechar, bunday paytlar xotinini oshkora maqtab taltaytirmasa ham, ichidan quvonib, shunday xotinga duch qilgan Parvardigorga hamdu sano aytardi.

Ro'zg'orida baraka bor edi Ziyoning. To'g'ri, ikki kishi nimani ham qoyillatib yeb-ichardi deyish mumkin, biroq yeyish-ichishni aytmaganda, ularning hamma ham orttira olmagan mo'maygina jamg'armasi va ko'pchilik orzu qilgan hashamdor uyi ham bor edi. Farzandsizliklariga kelganda, garchi bu baxtsizlik yuraklariga zahar sachratib, ich-etini kuydirib yursa ham bir-biriga ta'na qilishni o'ylamas, ayblamas, basharti shunday mavzu qo'zg'alguday bo'lsa ham qaysi biri bo'lmasin, darhol suhbat nishabini boshqa yoqqa burar va o'sha zahoti bu dilgirlik barham topardi.

Xullas, bu ko'rgilikka besh oy bo'lgandi. Ziyo xotini ikkisi ekkan va hozirda voyaga yetib qolgan teraklarni butab, rom yasashga mos xodalarni ajratayotgandi, ko'cha eshik tomondan kimdir uni chaqirdi. Ziyo eshik oldiga chiqdi. U yerda notanish chol va bola turardi. Ular bu yerlikka o'xshamasdi. Chol Ziyodan nimadir istar, biroq buni aytish uchun ikkilanardi. Lekin otaxon Ziyoning samimiy chehrasini ko'rib, tezda ikkilanishlarini yengdi va:

— Bu bola mening nabiram, — dedi sekin gap boshlarkan. — Ota-onasi bir bedavo darddan bu dunyoni tark etishgan. Sizni qora tortib kelyapman. Buni qarangki, oramiz ko'p uzoq emas ekan. Aks holda kela olmasdim. Yurishga menda mador qayda deysiz. Qarilik ham bir dard, inim. Erta nima bo'lamiz, yolg'iz O'ziga ayon. Bir badbaxtning qo'lida qolib, xorlikda umri o'tmasin, dedim. Agar yo'q demasangiz, shu bolani tarbiyangizga olsangiz, hunaringizni o'rgatsangiz.

Ziyo allanimalarni taroziga solib ko'rardi. Yolg'izlik azoblari va mazmunan mavhum kechmishi ko'z oldida dilgir chizgi chizardi. Biroq bu bilan bir qatorda chol aytgan o'tinchni ado qilish ham go'yoki qaqrab yotgan hayotiga savob suvlarini olib kelish bilan barobardek edi.

* * *

Ziyo shogirdi Muso bilan xotiniga qabr toshi qo'yib, uyga qaytib kelgandi. Shu kez ko'cha eshigi ochilib, eski ulfatlar bosh suqishdi. Bir paytlar xotini sabab ulfatchilikdan kechgan Ziyoning uyida yana og'aynilar diydori kezindi. Avvaliga nasihat kitoblarini varaqlashdi ular.

— Allohning rahmi kelsin senga, — dedi ulardan biri Ziyoning yelkasiga asta qo'lini qo'yarkan. — Keyin, men senga aytsam, dunyoda bir sen emassan xotini o'lgan odam. Bunga hadeb uyga ko'milib olib, aza tutishning hech bir hojati yo'q. Oldingi bo'ydoqlik davring, shu xolos. Eng asosiysi, avvalgi huda-behuda bolaga o'xshatib seni so'rab-so'roqlovching yo'q. Bizning kunimizdan ko'ra, agar taqqoslansa, sening kuningning o'lsa, o'ligi ortiq.

— Bu dunyoda erkinlikdan ham azizroq narsa bor ekanmi? Sening kuningga tushsam yo'q, demasdim…

Gurung shu tariqa davom etarkan, ulfatlardan biri kutilmaganda stol ustiga to'q etkizib shisha qo'ydi. So'ng cho'ntagidan qurt chiqardi. Buni ko'rgan Ziyo bir qalqib tushdi. Hozirdan bu ish?.. U kimdandir hadiksiragandek atrofga betoqatlik bilan, xuddi yosh bolalarga o'xshab mo'ltillab qaradi. Ko'z oldidan Ziynat o'tdi. Ulfatlar Ziyoning holini tushunishardi. O'sha kuni Ziyo ichdi. Musoning ko'zicha ichdi va mast bo'ldi. Ulfatlari tarqagach, qorni och go'dakka o'xshab o'pkasi shishguncha ovunmadi.

Muso dastro'molchasiga tugilgan onasidan qolgan qutini yana bir bor ushlab ko'rdi. Chiroyli va bejirim tilla baldoq edi u. Onaning unga qoldirgan yagona merosi! Muso bu buyumning qadri qancha, qiymati qanchaligini bilmasa-da, azizligini, mo''tabarligini yaxshi tushunardi.

Muso sarxushligi arigan ustozining qoshiga keldi.

— Kecha aytgan davlatingizga mana buni ham qo'shib qo'ysangiz, — dedi iltijo bilan. — Men bu qimmatbaho narsani yo'qotib qo'yishim mumkin. Bu onamdan yodgorlik.

— Men senga davlatim bor dedimmi hali? — deya hovliqdi Ziyo.

Muso kulib qo'ydi :

— Hatto ko'rsatdingiz ham!

Ziyoning hayrati zo'raydi, ichidan bir narsa chirsillab uzilganday ichki ingroq va og'riq sezdi o'zida.

— Yo'g'-e! — dedi ishonmay. — Nahotki sen bularni ko'rib indamay turding? Meni chuv tushirishing, ularni olib qo'yishing ham mumkin edi-ku?!

Muso hayratli ko'zlarini ustoziga tikdi, lablari biroz qimtildi.

— Bu ishni men qila olmayman, — dedi Muso ko'zlari javdirab. — Bunday ish qilgan shogirdni qasam urmay qolmaydi.

Ziyo baldoqqa qo'l uzatarkan:

— Endi yiqqan-terganimiz birga bo'ladi, — dedi va Musoning peshonasini silab qo'ydi.

Oradan kunlar o'tardi. Tol xodalar qurib yotar, biroq Ziyo dastgoh oldiga kelay demas, qo'li ishga bormas, endi u xuddi ulfatlari izmida qolgandek har kech sarmast qaytar, shu paytlar xotinini eslab o'pkasi to'lar, o'z-o'zicha xotini bilan gaplashar, telbanamo qiliqlar qilar va har kimnikida mardikorchilik qilib horigan Musoning tinchgina orom olishiga xalal berardi.

Bir gal Muso ishdan qaytganida ustozi yerga bag'rini bergancha yotar, ko'rinishidan hiyla ahvoli tang, ko'zlari yig'idan qizarib ketgandi. Bugun u ichmagan, bil'aks, har kungidan ham hushyor edi. Uning yig'lamsirab aytayotgan gapi uyidan o'marib ketilgan bor-budi va Musoning onasidan qolgan omonati edi. Muso ustozini bir zum kuzatib turdi. U hamon g'ujanak bo'lgancha yotar va tinmay yelkalari silkinardi. Musoning ustoziga juda rahmi kelib, uning qoshiga cho'k tushdi:

— Pulingiz ko'p edimi?

Ziyo bosh irg'adi:

— Yarmini ichib tugatgandim. Qolgani ham olam jahon edi.

— Bu ishni ulfatlaringizdan bo'lak birov qilmagan, — dedi Muso ishonch bilan.

Ziyo birdan Musoga o'girildi.

— Ular qachon olgan bo'lishi mumkin?

— Albatta, sarxush paytingiz, — dedi Muso, — axir siz keyingi paytlar ichsangiz, o'zingizni bimay qolayotgandingiz.

— Men ularning olganini isbotlay olmayman, — dedi Ziyo kinoyali ohangda. — Qanday qilib «Sizlar o'g'irlagansizlar», degan gapni aytaman?!

Muso ustozining qo'llaridan mehribonlik bilan tutdi va dedi:

— Bas, endi ularga avvalgidek eshigingiz yopiq. Men buyurtma olib keldim. Yog'och va xodalar tayyor. Pullarni joyiga qo'ymasak, hademay qashshoqlik eshik qoqadi.

Ziyo shogirdiga baqraygancha qarab qoldi. Xotinining o'gitlari quloqlari ostida qayta jaranglaganday bo'ldi.

Oradan yillar o'tdi. Ziyo va Musoning ishlari avj olgandan-oldi. Biroq Ziyo hamon uzoq yillar xotini ikkisi to'plagan jamg'armasi va Musoning omonatini esdan chiqara olmasdi. Keksalik eshik qoqqan, oyoqlaridan mador ketayotgandi Ziyoning. Usta Ziyo kunlardan bir kun shogirdini yoniga chaqirdi va:

— Jamg'armamiz qancha bo'ldi? — deya so'radi. — Sen men aytgan baldoqni sotib olgandirsan, axir marhuma onangdan ikkimizning ham qarzimiz bor?

Muso jamg'armaning hisobini ustoziga aytdi. Ziyo esa shogirdiga hayrat bilan qaradi. Unga shu ko'yi:

— Sen yanglishayapsan, — dedi qat'iy. — Buncha bo'lishi mumkinmas, mening taxminimcha, sen aytgan pul ikki hissa ko'p-ku!

Muso bir zum jiddiy turdi, so'ng kulimsiradi. Ustoziga yaqin keldi. Garchi uyda ikkisidan bo'lak hech kim bo'lmasa ham Muso ustozining quloqlariga pichirladi. Ziyo avvaliga shogirdi aytgan so'zni anglolmadi. Keyin birdan sergak tortdi. Ko'zlari hayratdan kattalashdi. Shogirdini urishib berishni ham, maqtashni ham bilmay hayron edi. Tillari kalimaga kelmasdi. Biroz o'tib, zo'r-bazo'r hayajonini bosdi va:

— Obbo seni-ey! — dedi hamon quv ko'zlarini o'ziga tikib turgan shogirdiga. — Shunchalar bilimdon ekansan, qoyil? Xudo rahmat qilgur Ziynatimdan ham o'tding-ku sen. Hali o'g'ri o'zim edim, degin?!

Bu gapdan ikkisi ham baravar kulib yuborishdi…

Tursunmurod
Категория: Detektiv | Просмотров: 29 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: detektiv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar