наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 67
Гостей: 67
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:16
— «Men bilan prokuraturada ishlayotgan odamlar buerda nima qilib yurganimni tushuna olmay hayron. — deydi angarsklik Viktoriya Rostova. — To'g'risi, o'zim ham bilmayman… Rahbariyat haligacha mening zimmamda nima ish bor ekanini aytgan emas…»





IZSIZ YO'QOLGANLAR





Baykal yaqinidagi maktabda o'qiydigan uch o'quvchi yo'qolishi butun maktab ma'muriyatini oyoqqa turg'azdi. Muallimlar chor tarafga chopib bolalarni qidira boshlashdi. Afsuski, o'rmonda ham, boshqaerlarda ham yo'q. Xuddi bolalar osmonga uchib chiqib ketishgandek… Ayniqsa, Vika Rostova hammadan ko'proq qayg'urardi. U bolalardan biri Pashkani ikkinchi sinfdan yoqtirar, uning shkafda ilingancha qolib ketgan kurtkasini bag'riga bosgan ko'yi unsiz yig'lardi. Hozir-hozir topilishini shu qadar istardiki…

Shu payt Vika sezdiki… Negadir o'rnidan qimirlay olmayapti. Keyin ko'z o'ngida maktab emas, qandaydir jarlik namoyon bo'ldi. Jarda bo'lsa, o'sha yo'qolgan uch bola. Oralarida Pashka ham bor. Bolalardan biri oyog'ini sindirib ham olibdi. Hammalari jardan chiqishga zo'r berib harakat qilishar, ammo uddasidan chiqa olishmasdi…

Vika ularga yaqin borib yordam bermoqchi bo'ldi. Shu ondayoq jarlik ko'zdan g'oyib bo'lib, Vika o'zini yana sinfxonada ko'rdi…

Qiz aniq bildi. Bolalar turganerni ilgari ham ko'rgan. Tezda o'qituvchilarga xabar berdi. Ular avvaliga ishonishmadi. Biroq Vika hammasini aniq-tiniq aytib bergandan so'ng hammalari yig'ilib o'sha jar tomon yugurishdi. Qarangki, haqiqatan bolalar jarga tushib ketib chiqishning ilojini topolmayotgan ekan. Ko'pchilik bo'lib ularni tortib olishdi.





SINGAN TAQDIR





O'sha-o'sha Vika o'zining bo'layotgan va bo'lib o'tgan hodisalarni ruhan ko'ra olish qobiliyati haqida umuman o'ylamadi. Hammasi esidan chiqdi. Agar bir voqea hayotida to'satdan sodir bo'lib qolmaganda…

Maktabni bitirgach, Vika institutga kira olmadi. Uy-joylar boshqarmasiga ishga kirdi. Ana o'shaerda o'zining umr yo'ldoshini topdi. Oradan bir yil o'tib ular turmush qurishdi. Tez orada qiz ko'rishdi…

Bir kuni Vika isitmalab yotib qoldi. Bazo'r qizchasini uxlatib o'zi ham karavotga cho'zildi. Eri ishdan kech kelishini aytgani uchun xavotir olmayotgan bo'lsa-da, negadir uyqusi kelmadi. Hozir eri yonida bo'lishini shu qadar istardiki…

Bir mahal ko'ziga kutilmagan manzara ko'rina boshladi. Eri begona ayol bilan bir to'shakda yotardi. Qaysi uy, qaysi kvartira, qaerda ekanigacha aniq ko'rdi. Tanidi. Jonholatda o'rnidan turdi-da, uxlab yotgan qizini ham, istimasini ham unutib o'sha uy tomon chopdi. Zinalardan ko'tarilib o'sha eshik ro'parasiga kelganda eri o'ynashini o'pib xayrlashayotgan ekan…

Ikki oy o'tib ular ajrashib ketishdi. Oila buzildi. Shu kungacha o'zi faxrlanib yurgan yaqin kelajak va boshqacharoq aytganda, devor ortidagi hodisalarni oldindan ko'ra olish qobiliyati Vikani baxtsiz qilib qo'ydi.





TOPILDIQ





… Kunlarning birida Vika avtobusning zinasidan tushayotib to'satdan turtinib ketdi. Xayriyat, hech qaeri latemadi. Qorong'ida timirskilanib sumkasini olmoqchi bo'lgandi, qo'liga boshqa narsa ilindi. Qarasa, katmon. Ichi to'la pul, kredit kartochkasi… O'ylanib liftga kirdi. Shu tobda yana ko'ziga kutilmagan manzara ko'rina boshladi. Ana, notanish bir erkakni yo'lak bo'ylab yetaklab borishdi-da, katta bir tsexga olib kirishdi va stanokka boylab qo'yishdi. Vika o'ziga kelgach, darhol militsiyaga xabar berdi. Ularga voqea joyini ham aytdi.

Albatta, militsiya ishonmagan bo'lardi. Lekin o'n daqiqalar avval bir yirik tijoratchining xotini qo'ng'iroq qilib, erini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketishganini, evaziga katta pul talab qilishayotganini aytgandi. Militsiya xodimlari Vika aytgan manzilga bir zumda yetib borishdi. Haqiqatan o'sha tashlandiq zavod tsexida tijoratchi bog'langan holda turgan ekan. Banditlarni tutishdi…

Bir kuni Vikaning nomiga prokuraturadan chaqiruv qog'ozi keldi. Hayron bo'ldi. «O'sha voqea bo'yicha guvohlikka chaqirishayotgan bo'lishsa kerak» deb o'yladi. Bordi. Ko'rsatilgan kabinetga kirgach… Qotib qoldi. Ro'parasida o'sha, bir paytlar o'zi ko'ngil bergan Pavel turardi. Ma'lum bo'lishicha, Pavel bu yerda prokuror yordamchisi bo'lib ishlarkan…

U o'g'irlab ketilgan tijoratchi ishi bilan shug'ullana boshlagach, uni kim topganini aniqlagan. Bu albatta Vika bo'lib chiqqan.

— Senda ajoyib qobiliyat bor! — dedi Pavel hayajon ichida. — Kel, prokuraturada ishla!..

Vika rozi bo'ldi. Oradan olti oy o'tib ular turmush qurishdi. Hozir Vika ham, Pavel ham birgalikda juda baxtli hayot kechirishyapti. Prokuraturada ishlashi ham qo'l keladigan bo'ldi. Vika o'zidagi Xudo bergan qobiliyat yordamida ko'plab azoblangan insonlarning dardlariga malham bo'lyapti.
Категория: Detektiv | Просмотров: 38 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar