наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 54
Гостей: 54
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:18
Mansurning ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi.

O'n yil bir yostiqqa bosh qo'ygan zavjasi Sanobar daf'atan saraton xastaligiga uchradi-yu, bir oy ham yashamay, jon taslim qildi. Mansur besh yashar qizchasi Salomat bilan yolg'iz qoldi. Ammo Sanobarning birinchi hayiti o'tar-o'tmas, ammasi To'lg'onoy aya masalani ko'ndalang qo'ydi.

— Ota-onang bo'lsa, men aralashib o'tirmasdim, — deya gapni uzoqdan boshladi To'lg'onoy aya. — Nima qilayki, ular yo'q. Ikki birday xolangdan umid qilmasak ham bo'ladi. Ro'zg'orini, o'z bolalarini deydi. Sening haqingda qayg'urishga vaqtlariyam bo'lmaydi.

— Nima demoqchisiz, amma? — Mansur toqati toq bo'lib To'lg'onoy ayaning gapini kesdi. — Xolalarimning nima dahli bor? Nima gap o'zi? Munday tushuntiribroq gapirsangiz-chi!

To'lg'onoy aya baribir maqsadga o'tishga shoshilmadi. Jiyanining betoqatligidan eshitilar-eshitilmas, nolib oldi-da, so'rining bir chetida o'tirgancha oppoq qog'ozga nimalarnidir chizayotgan Salomatga yer ostidan razm soldi. Nazarida qizaloq ancha cho'kib qolgandek edi. Jiyanining bolasi bu qadar mung'ayib o'tirishi bag'rini ezdi, ro'molining bir uchiga ko'z yoshlarini artib oldi-yu, qaytadan Mansurga tikildi.

— Eh, jiyanim-a, — deya xo'rsiniq aralash so'z boshladi To'lg'onoy aya. — Qara, Salomat qizing juda cho'kib qopti. Unga qarasam, yuragim ezilib ketyapti.

— Nima qilay, amma? — dedi norozilanib Mansur. — Menga qolsa, Sanobarni o'lsin dermidim? Bizlarni g'aflatda qo'yib o'ldi-ketdi.

— Xo'sh, endi bir umr so'qqabosh bo'le-eb o'tasanmi? Qizing ona mehriga zor bo'ladimi?

— Qiziqsiz-a, amma! Axir, mening qo'limda emas-ku onasini tiriltirib olish!

— Senga tiriltir demayapman. Salomatni o'yla, biror esli-hushli, tovonidan o't chaqnaydigan, qizingga onalik qila oladigan ayolni topib uylangin demoqchiman!

— Nima? — Mansur ammasining kutilmagan gapini eshitib, beixtiyor o'rnidan turib ketdi. — Uylan deysizmi? Sanobarimning murdasi sovimasdan-a?

— E, nega qaysarlik qilasan? Sanobarning o'lganiga olti oydan o'tdi. Erkak kishi olti oydan keyin uylansa bo'laveradi. Qara, hayhotday hovli huvillab yotibdi. Ayol bo'lsa, hammayoqni chinniday qip qo'yadi, Salomatni oq yuvib, oq taraydi. Seniyam issiq-sovug'ingdan xabardor bo'ladi.

— Kerakmas, — dedi Mansur qo'l siltab. — Men hech kimni Sanobarga o'xshata olmayman. Qo'ying shu gaplarni!

— Boshida shunday tuyiladi, — bo'sh kelmadi ammasi. — Vaqt o'tsin, o'xshatib qolasan. O'xshatgandayam…

— Bas, — deya gapni kesdi Mansur. — Men eshitishniyam istamayman. Iltimos, meni qiynamang!

— Ko'nmay qaergayam borarding, — To'lg'onoy aya g'udrana-g'udrana, tandirxonaga yo'l oldi. — Bir-ikki kun tanangga kengashgin, o'shanda ko'ramiz!..

* * *

Oradan bir hafta o'tdi. Mansur negadir qiziga boqsa, ammasining tanbehi yodiga tushar, qiz bolaga albatta ona mehri kerakligiga qattiqroq ishonib borardi. Faqat Sanobarning ma'yus chehrasi ko'z o'ngida gavdalanganda, o'zini kechirilmas gunohga yo'l qo'yayotgan banda kabi ezgin his etardi. Lekin taqdir yozug'idan qochib bo'lmaskan. To'lg'onoy aya kunlarning birida hovliga kirib keldi-da, Mansurni tezlay boshladi.

— Senga Oyxon degan shaharlik bir ayolni topdim, — dedi u og'zining tanobi qochib. — U sho'rlikning ham eri avariyaga uchrab halok bo'lgan ekan. Hozir narigi mahalladagi Orzi tulnikida o'tiribdi. Sal qarindoshchiligi bormi, bilmayman, ishqilib, gohi-gohida Orzi xolanikiga kelib-ketib turarkan. Bo'l tez, ishni pishitib keldim. Qani, bir ko'rishib gaplashinglar-chi, zora yulduzlaring yulduzlaringga mos chiqib qolsa!.. Uf-f, Mansurvoy, nega bo'shashasan? Qara, Salomatingning rangida rang qolmagan. Ichiga yutadi-da qiz sho'rlik! Hech qursa o'shani o'ylagin! Oyxon juda fahm-farosatli, ta'bi nozik juvonakan. Salomatni kaftida olib yuradi nasib bo'lsa!..

Mansur bu safar ammasiga qarshi hech narsa deya olmadi. Yotoqqa kirdi-da, Sanobar ikkovlarining devorga osig'liq suratiga bir muddat tikilib turdi. So'ngra eshitilar-eshitilmas, pichirladi.

— Kechir meni, Sano, — dedi u vujudi titrab. — Nima qilayotgan bo'lsam, Salomatingni o'ylab qilyapman. Sen go'ringda tinch yotgin! Ranjimagin, bezovtalanmagin! Har qanday vaziyatdayam, baribir mening qalbimda faqat o'zing yashaysan! Kechir!..

Shundan so'ng picha ko'ngli taskin topgan kabi kiyimlarini almashtirib tashqariga chiqdi. Hovlida uni Salomatni bag'riga bosgancha ammasi kutib turardi.

* * *

Oyxon haqiqatan jozibali, kelishgan, istarali ayol edi. Ayniqsa, buni Mansur chimildiqqa kirgan tunda aniq sezdi. Oyxonning tafti, sirli boqishi uni go'yo o'n yil ortga qaytargan-u, ayni chog'da rahmatli Sanobarning qarshisida o'tirgandek hayajonlanardi.

«Yana bir marta kechir, Sano, — ko'nglidan o'tkazdi Mansur Oyxonni bag'riga bosarkan. — O'sha gapim gap. Qalbim seniki. Uni hech bir begona ayol egallay olmaydi. Ishon, hozir faqat tanamgina Oyxonning ixtiyorida qoldi. Vujudim esa sen bilan birga. U hech qachon o'zganiki bo'lmaydi. Nima qilayki, Salomatimning bir marta yayrab kulishini senga bo'lgan sadoqatimga almashishga majbur bo'ldim. Bugun ko'rsayding qizimiz dugonalariga qanchalik maqtanganini! Chidolmay, yig'lavordim, Sano! Onaga yuragi oqib ketgan ekan qizimizning!..»

Oradan qancha vaqt o'tdi, Mansur bilmasdi. Shuni idrok etardiki, Oyxon uxlab qolgan, o'zi esa hanuz Salomat bilan xayolan tillashgancha shiftga tikilib yotardi. Shu tobda nimadir shig'illagani qulog'iga chalinib, dast o'rnidan turdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, shundoq ostonada Sanobar turardi. U nuqul yig'lar, har yig'laganda nozik jussasi qalqib, egnidagi oppoq harir libosi hilpirardi.

— Sen? — Mansur qo'rqa-pisa o'rnidan turdi-yu, Oyxonni uyg'otib yubormaslik uchun oyoq uchida borib Salomatga yaqinlashdi. — Axir… Sen haligiday… Sen… Tirikmiding?..

— Essiz siz bilan o'tkazgan umrim, — beixtiyor tilga kirdi Sanobar. — O'ldi-o'chdi deganlari shumidi? Ayting, sizga nima yomonlik qiluvdimki, bugun begona ayolning qo'yniga kirdingiz? Qizingizning ahvoli, orzu-umidlari bilan qiziqib ko'rmadingizmi avval? Shunchalik bag'ringiz toshmidi? Meni aldab yurganmidingiz hali? Qaysi aybim evaziga bunday yo'l tutdingiz? Axir, Salomatim yig'layverib pishib qoldi-ku! Yostig'i ho'l bo'ldi-ku! Hayf-e siz erkaklarga!..

— To'xta, — Mansur azbaroyi asabiylashganidanmi, qisqa vaqt ichida qora terga botgandi. Sanobarning gina-kuduratlari qalbini ezib, to'satdan uni bag'riga oldi. Shundoq yonboshda uxlayotgan Oyxon ham ko'ziga ko'rinmadi. Qo'rqmadi, Bir muddat Sanobarni quchgancha tek turib qoldi. Yo'q, uni quchog'idan bo'shatishga juda qo'rqdi. Bo'shatsa, xuddi g'oyib bo'ladigandek, qattiqroq quchdi.

— Hozir hammayog'ingizni tirmalab tashlayman, — deya qulog'iga tahdidli shivirladi Sanobar. — Shunday tirmalaymanki, menga xiyonat qilganlaringizga pushaymonlar yeysiz.

— M-menga qara, — dedi o'zini sal qo'lga olib Mansur. — Sira tushuna olmayapman. Sen… Olti oy burun rixlat qilganding, seni o'zim mana shu qo'llarim bilan qabrga qo'yganman. Hozir… Q-qanaqasiga mening qarshimda paydo bo'lding? Haligi… Kiyimlarni qaerdan olding?..

Sanobar javob o'rniga Mansurning badanini o'tkir tirnoqlari bilan tirmalay boshladi. Mansur bunday yoqimsiz og'riqni hech qachon tanasida tuyib ko'rmagandi. Negaki, Sanobar hayot ekanida uni umuman tirmalamasdi. Tirnoqlari ham hozirgidek o'tkir emasdi.

— Voy jonim, — joni og'riyotgan bo'lsa-da, pichirlab ingradi Mansur. — T-tirnog'ing yo'g'idi-ku tirikligingda. Sal o'ssa, qaychilab tashlarding…

— Men u dunyoda emasman, — dedi nihoyat Sanobar tirmalashdan to'xtab. Shu asnoda qonyuqi barmoqlarini Mansurning og'ziga yaqinlashtirdi. — Suyukli erim xiyonat qilsa, meni unutib, yuzimga oyoq qo'yib boshqa bir ayolni erkalasa, qanday ketaman u dunyoga? Yo'q, keta olmayman. Qachonki siz qaytadan faqat meni deb yashay boshlaysiz, men xotirjam ketishim mumkin.

— Axir… — Mansur tirnoqlar zahri qolgan tanasida kuchli og'riq tuygani sayin, vahima, dahshatga tushib borar, kalovlanishdan nariga o'ta olmasdi. — Sen… Q-qanaqasiga…

— Bas qiling, — qonyuqi barmog'ini uning labiga bosdi Sanobar. — Men ertaklarga ishonmayman. Shunday ekan, so'z bering, Oyxonning javobini berishga ont iching! Aks holda tungi uyqularingiz harom bo'ladi. Keyinchalik bundanam battar azoblarni ko'rasiz.

— J-jonim… — titrab arang so'z boshladi Mansur. — R-rashk qilyapsanmi? Rostdana-a?.. Men…

— Mayli, so'z bermasangiz o'zingiz bilasiz, — dedi Sanobar Mansurning savollariga e'tibor qilmay. — Endi men ketaman! Tanangizga yaxshilab kengashing! Agar aytganimga ko'nmay qaysarlik qilsangiz, ertaga tag'in kelaman.

— Aytganingni qilsam-chi?

— Unda kelmayman. O'zingiz qabrim tepasiga borib, haqimga duo o'qiysiz. Shunda men tinchlanaman, taqdirga tan beraman-u, boqiy dunyoga jo'nayman. Ketishimdan oldin sizni yana bir marta tirmalayman!..

Mansur javob berishga ulgurmadi. Bu galgi tirmalash oldingilaridan ming chandon yoqimsiz, kuchliroq edi.

Mansur og'riqqa chiday olmay, bor ovozda baqirdi.

— Va'da berama-an! Tirmalama-a-a-a!!!

Hayqirig'i Mansurning o'zini ham oyoqqa turg'azdi…

Uyg'onib ketib, jonholatda o'rnidan turdi.

Oyxon ham bu hayqiriqdan uyg'onib, qo'rquv iskanjasida dag'-dag' titrardi…

Mansur yugurib borib derazadan tashqariga qaradi. Hech kim yo'qligiga amin bo'lgach, ortga qaytdi.

Tush ta'sirida chamasi o'n daqiqa tek turib qoldi. Keyin esa nimadir yodiga tushgandek, ko'ylagini yechdi.

Shundagina ko'ylakning ba'zi joylarida qon qotib qolganini ko'rdi.

— Voy, kim tirmaladi sizni? — Oyxon Mansurning tanasidagi tirnoq izlarini ko'rib yig'lab yubordi. — O'yib tashlabdi-ku hammayog'ingizni! Men… Hozir… Malham topib…

— To'xtangiz, — dedi Mansur nimalarnidir idrok etgan kabi sergaklanib. — Malham shart emas… Bilasizmi… Enam rahmatli bolaligimda farishtalar haqida tez-tez gapirib qolardi. Emishki, farishtalar erkakni kimdandir qizg'onsa, kimgadir rashk qilsa, uyqu orasida kelib badanini tirmalab qochisharkan… Kechiring, aftidan sizga arzirli er bo'la olmaydigan ko'rinaman.

— Bu nima deganingiz? — Oyxon hech vaqoga tushunmay, Mansurga baqraydi. — Yomon tush ko'rdingizmi?

— Ha, ammo bu yomon tushmas… Rahmatli xotinim tushimga kiribdi… Menga qarang, tushungan ayolsiz, hammasini to'g'ri qabul qila olasiz. Sanobar meni sizga qattiq rashk qilyapti. Kechasi bilan tushimga kirib urishib chiqdi… Yana bir marta kechiring! Men sizga mehr bera olmayman. Sanobarni go'rida tik turg'azib qurgan hayotim hech qachon tatimaydi. Faqat qarg'amang meni! Siz bilan ajrashishdan bo'lak ilojim yo'q!..

Ertalab azonda Oyxon bu hovlini tark etdi. Mansur esa shu tobda allaqachon Sanobarning qabri tepasida o'tirar, marhuma bilan telbalarcha so'zlashar, tillashardi.
Категория: Detektiv | Просмотров: 47 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar